Pryaniklar ishlab chikarish.
Pryaniklar unli qandolat mahsulotlaridir.
Tayyorlash usuliga ko’ra 2 turga bo’linadi :
Qaynatma pryaniklar;
Sovuq usulda tayyorlangan pryaniklar.
Har bir usulda tayyorlangan pryaniklar nachinkasiz va nachinkali tayyorlanadi. Ustiga shakar siropi, shokalad glazuri, yong’ok urug’i sepiladi .
Pryaniklar ishlab chiqarish asosiy bosqichlari:
Xamir qorish;
Xamirga shakl berish;
Pishirish;
Bezaj;
Quritish;
Qadoqlash.
Qaynatma pryaniklar uchun xamir uch fazada tayyorlanadi .
Unni pishirib qaynatma tayyorlash.
Qaynatmani sovutish.
Qaynatma bilan reseturadagi qolgan xom ashyoni qorish .
Qaynatma tayyorlash uchun avval tarkibida shakar bo’lgan xom ashyodan sirop tayyorlanadi. Buning uchun shakar, patochka, asal qaynatish uchun qozonga solinib, namligi 19-20 % bo’lgunga qadar suv qo’shib haroroati 70-75 gradusgacha isitiladi. Hosil bo’lgan sirop bug’ pardasi, kurakchalari bo’lgan qoruvchi mashinaga solinadi va xarorati 68 gradusgacha sovigach, un solinadi. 10-15 minut so’ng qaynatma tayyor bo’ladi. Qaynatma 28-30 gradusgacha sovugach, qoruvchi mashinaga qolgan xom ashyo solinadi va 30-60 minut davomida qorishtiriladi . Tayyor xamir namligi 20-22 % bo’lishi kerak.
Pryanik xamiriga shakl berish asaosan FPP mashinasida qoliplanadi yoki kulda bajariladi, xamda pishirish uchun ko’prok tonelli gaz pechlar ishlatiladi.
Pishirish davomi qaynatma pryaniklar uchun 210-220 gradus haroratda 7-12 min, sovuq usulda tayyorlangan pryaniklar uchun 200-210 gradus haraoratda 7-12 min. SHakar siropi pishirish qozonda suv bilan 1:0,4 nisbatda 110-114 gradus haroratda pishirib tayyorlanadi va 85-90 gradus haroratgacha aylanadigan qozonda 1-2 minut davomida aralashtiriladi. 130-150 gradus haroratda quritish qaerasi 90 sekund quritilib, konveyerli shkafga o’zi sovitish uchun 5-10 soat qo’yiladi .
Dostları ilə paylaş: |