Quritilgan mahsulotlarni sovutish. Bu jarayon - quritgichdan chiqayotgan mahsulotlar yuqori temperaturasini upakovka qiluvchi bo’lim havo temperaturasigacha tushirish uchun kerak bo’ladi. Agar makaron mahsulotlarini sovutmasdan upakovka qilinsa, namlikning bug’lanishi upakovkada davom etadi, bu esa upakovkalangan mahsulot massasining kamayishiga olib keladi, nam o’tkazmaydigan upakovkalarda esa - uning ichki sirtida namlikning kondensasiyalanishiga olib keladi.
Ko’proq quritilgan mahsulotlarni mahsus bunker yoki kameralarda sekin sovutish afzal.
Sovutilgan mahsulotlardan yaroqsizini ajratiladi, bunda ularning sifatiga qo’yiladigan talablarga javob bermaydigan mahsulotlarni olib tashlanadi, so’ng mahsulotlarni upakovka qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |