Makaron xamirini tayyorlash. Xamir tayyorlash jarayoni ingredientlarni (suv, un va qo’shimcha mahsulotlar) dozalash va xamir qorishdan iborat.
Ingredientlarni dozatorlar yordamida kiritiladi. Dozatorlar un va qo’shimchalar eritilgan suvli aralashmani qorish qozoniga taxminan 3:1 nisbatda to’xtovsiz berib turadi. Qorish qozonida un va suvning intensiv aralashuvi boradi, namlanish va un qismlarining shishish jarayoni sodir bo’ladi, bu esa shartli ravishda makaron xamirini qorish deb ataladi. Makaron xamiri qorib bo’linganda non va biskvit xamirlaridan farqli ravishda ko’pgina namlangan (tarqoq) birlashmagan guvalachalardan va ushoqlardan iborat.
Dostları ilə paylaş: |