Mahsulotlarni quritish. Quritishdan maqsad - mahsulotlarning shaklini mustaxkamlash va ularda mikroorganizmlar rivojlanishini oldini olish. Bu texnologik jarayonning eng ko’p vakt talab qiladigan va eng ma’suliyatli bosqichi hisoblanib, mahsulotlarning mustahkamligi birinchi navbatda mana shu bosqichning tug’ri olib borilganiga bog’liq.
Juda intensiv quritish quritilgan mahsulotlarda yoriqlar (darzlar) paydo bo’lishiga olib keladi, juda sekin quritish esa, ayniqsa namlikni yo’qotishning birinchi bosqichida mahsulotlarni ochib qolishiga va mog’orlab qolishiga olib keladi.
Hozirgi vaqtda makaron korxonalarida makaron mahsulotlarini konvektiv quritish, ya’ni mahulotlarni qizdirilgan havo bilan shishirishdan foydalanilmokda.
Dostları ilə paylaş: |