«Bu yerda nima ortiqcha?» metodikasi
Ushbu metodika 4-5 yoshgacha bo’lgan bolalarga mo’ljallangan. Bu
metodika bolalarning obrazli, so’z-mantiqli tafakkur protsessining analizi, aqliy va
umumlashtirish operatsiyalarini tadqiq qiladi. Metodikada bolalarga har xil
predmetlar tasvirlangan rasmlar tavsiya qilinadi va quyidagicha ko’rsatma beriladi:
«Har bir rasmda tasvirlangan 4 ta predmetdan biri ortiqcha. Diqqat bilan rasmga
qarab, qaysi bir predmet ortiqcha va nima uchun ortiqcha ekanligini tushuntirib
ber».
Topshiriqni bajarish uchun 3 daqiqa vaqt beriladi.
Natijalarni baholash.
10-ball- bola o’ziga berilgan topshiriqni 1 daqiqadan kam vaqtda bajarib, har
bir rasmdagi ortiqcha predmetni nima uchun ortiqcha ekanligini sharhlab bera olsa;
8-9 ball- bola topshiriqni 1 daqiqadan 1,5 daqiqagacha to’g’ri bajara olsa;
6-7 ball- bola topshiriqni 1,5 daqiqadan 2 daqiqagacha to’g’ri bajara olsa;
4-5 ball- bola topshiriqni 2 daqiqadan 2,5 daqiqagacha to’g’ri bajara olsa;
2-3 ball- bola topshiriqni 2,5 daqiqadan 3 daqiqagacha to’g’ri bajara olsa;
0-1 ball- bola 3 daqiqa mobaynida topshiriqni to’g’ri bajara olmasa.
59
Taraqqiyot darajasi haqida xulosa:
10 ball -juda yuqori
8 -9 ball -yuqori
4 -7 ball -o’rtacha
2 -3 ball -past
60
0—1 ball -juda past
«Rasmlarda qanday predmet yetmaydi» metodikasi
Bu metodika 3-4 yoshgacha bo’lgan bolalarning tafakkurini tashxis qilish
uchun mo’ljallangan. Topshiriqni bajarishdan oldin bolaga rasmlar ko’rsatiladi va
ushbu tasvirlar to’liq bo’lishi uchun qandaydir predmetning yetishmasligini, bu
predmetlar rasmning pastki qismida tasvirlanganligi aytib o’tiladi. Bola rasmdagi
tasvirlar to’liq bo’lishi uchun zarur predmetlarni topib ko’rsatib berishi kerak.
|