Asosiy qism. II-BOB.MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA INKYUZIV TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH UCHUN SHART-SHAROITLARNI YARATISH 2.1. MAKTABGACHA TA’LIMDA INKLYUZIV TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH. Mamlakatimizda ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda.Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’limdan teng foydalanishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYAMaktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash ko’zda tutildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida 2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. MUHOKAMA 2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’limini 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari) tasdiqlandi. Konsepsiya erishilgan natijalar, maqsadli ko‘rsatkichlar va tegishli davrga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlardan kelib chiqqan holda 2022-yildan boshlab har yili tasdiqlanadigan alohida “Yo‘l xaritasi” asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilandi. Konsepsiya ikki bosqichda amalga oshirish, jumladan: 2020 — 2022-yillar davomida: inklyuziv ta’lim tizimi sohasidagi normativ baza takomillashtirish; inklyuziv ta’lim tizimi uchun malakali pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta va malakasi oshirish; inklyuziv ta’lim joriy etilgan muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishi, ular maxsus moslamalar (ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich vaboshqalar), zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlanishi; inklyuziv ta’lim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalar joriy etish; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv o‘qitishning mazmun-mohiyatini tushuntirish orqali aholi o‘rtasida ijobiy ijtimoiy muhit shakllantirish; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kamsitish, ularga salbiy muomalada bo‘lishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirish; inklyuziv ta’lim tizimi tajriba-sinov tariqasida alohida ta’lim muassasalarining faoliyatiga joriy qilish; 2023 — 2025-yillar davomida: inklyuziv ta’lim tizimi bosqichma-bosqich boshqa umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy qilish; alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olish huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirish; inklyuziv ta’limda o‘qitish usullari takomillashtiriladi hamda ta’lim jarayoniga individuallashtirish tamoyillari bosqichma-bosqich joriy etish; inklyuziv ta’lim jarayonida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga, ularning jismonan sog‘lom va baquvvat shakllanishiga qaratilgan choralar ko‘rish; o‘quvchilarning jismoniy va aqliy ehtiyojidan hamda ta’lim muassasalarining geografik joylashuvidan kelib chiqib alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari soni optimallashtirish belgilab qo’yildi.
NATIJA Inklyuziv ta’lim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo‘lishlari uchun oilada yashashlari va o‘z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta’lim tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan har qanday maktabda ta’lim olishi, o‘zlashtirishda qiynalayotgan bo‘lsa, o‘qish va yozishga o‘rganish uchun maxsus yordamga ega bo‘lishi, darslarga qatnamay qo‘ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko‘rsatilishini kafolatlaydi. XULOSA Maktabgacha ta’lim tizimida inklyuziv ta’limning ahamiyati shundaki, imkoniyati cheklangan bolalarni ilk yoshlaridanoq sog’lom bolalar qatoriga qo’shib sifatli ta’limolishini ta’minlagan holda bolada ruhiy va jismoniy hissiyotlarini va haraktlarini rivojlantirishdir. Inklyuziv ta'limda imkoniyati cheklangan bolalarga nima beradi? -o‘z imkoniyatini o‘zi uchun kashf etish imkonini beradi - mustaqil harakatlanish birgalikda, hamkorlikda ishlash imkoniyati orqali yuzaga keladi; -dunyoqarashi kengayadi, hayotiy tajribasi oshadi; -o‘qishga bo‘lgan ehtieji va qiziqishlari ortadi; -O‘zini barcha bilan bir xil his qila boshlaydi; -Ilgari sezilmagan imkoniyatlari ochiladi; -Yotsirash, yakkalanish kabi xususi yatlari yo‘qoladi. Inklyuziv ta'lim sog‘lom bolalar hayotiga qanday ta'sir ko‘rsatadi? -O‘zlariga o‘xshamagan tengdoshlari va ularning hayoti, ehtiyojlarini his qiladilar; -Tengdoshlariga g‘amxo‘rlik hissi uyg‘onadi; -Ularni qo‘llab-quvvatlash, yordam berishga intilish –insonparvarlik hissi tarbiyalanadi; -O‘quvchilarda atrofdagi insonlarga, imkoniyati cheklanganlarga pozitiv munosabat, o‘zaro hurmat tarbiyalanadi -Yoramga muhtoj insonlarga e'tibosizlik qilmaydigan shaxsga aylanadilar -Hozirda mamlakatimizda inklyuziv ta’limga yo’naltirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari kun sayin ko’payib va takomillashib bormoqda.