Maktabgacha pedagogika


Inklyuziv ta'lim uchun 5 yillik reja: jamiyat va maktablar imkoniyati cheklangan bolalarni qabul qilishga tayyormi?



Yüklə 209,5 Kb.
səhifə4/8
tarix21.10.2023
ölçüsü209,5 Kb.
#159073
1   2   3   4   5   6   7   8
Nilufar

1.2. Inklyuziv ta'lim uchun 5 yillik reja: jamiyat va maktablar imkoniyati cheklangan bolalarni qabul qilishga tayyormi?
Oxirgi paytda inklyuziv ta'lim tushunchasi tez-tez tilga olinmoqda, ko‘pchilik bu tushunchani nogironligi bor bolalarning sog‘lom bolalar bilan bir maktabda, bir sinfda o‘qishi, bir partada o‘tirishi deb tushunadi xolos."Aslida, faqat bu emas. Inklyuziv ta'lim hamma bolalarning bir xil maktab va bir xil sinfxonada – bir xil sharoitda ta'lim olishini anglatadi. Ya'ni imkoniyati cheklangan bola sog‘lom bolalar bilan bir xil e'tiborda o‘qiy olishi kerak. Kam ta'minlangan oilaning farzandi kambag‘al oiladan bo‘lgani uchun ta'mirlanmagan maktabga borishi kerak emas", – deydi O‘zbekiston Nogironlar uyushmasi raisi Oybek Isoqov.
O‘zbekistonda oilaviy sharoitidan qat'i nazar, barcha bolalar davlat umumta'lim maktablariga qatnaydi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan. Faqat xohlovchilar o‘z yonidan pul to‘lab xususiy maktablarda o‘qishi mumkin. Lekin imkoniyati cheklangan bolalarning boshqa sog‘lom bolalar bilan teng sharoitda o‘qiyotgani haqida maqtanib bo‘lmaydi. Bu borada muammolar ko‘p. 2020 yil 13 oktyabrda qabul qilingan «Alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarorida bu boradagi asosiy muammolar sanalgan:
alohida ta'lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ayrim ta'lim muassasalarida ular uchun to‘siqsiz muhit va imkoniyatlar yaratilmagan;
alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta'lim muassasalari zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitishga mo‘ljallangan uskuna va jihozlar bilan to‘liq ta'minlanmagan;
alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv ta'lim tizimining mazmun-mohiyati haqida jamoatchilik o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish yo‘lga qo‘yilmagani natijasida ota-onalar alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan farzandlarini umumta'lim muassasalarida o‘qitishi mumkinligi haqida yetarli ma'lumotga ega emas;
alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni inklyuziv ta'limga jalb qilish bilan bog‘liq muammolarni hal etish masalalariga mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan yetarli e'tibor qaratilmayapti;
pedagogika yo‘nalishidagi OTMlar o‘quv dasturlariga inklyuziv ta'lim berish metodikasiga oid fanlar kiritilmagan;
pedagogika va metodika fanlariga oid darsliklarda inklyuziv ta'lim dasturlari kiritilmagani, shuningdek, bo‘lajak pedagoglarning alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar jalb qilingan ta'lim muassasalarida amaliyot o‘tamayotgani ularning kasbiy tayyorgarlik sifatiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.
Shunday vaziyatda 86 ta ixtisoslashtirilgan maktabda 21,2 mingdan ortiq, sanatoriy turdagi maktab-internatlarda 6,1 mingdan ortiq, uy sharoitida esa 13,3 ming nafar o‘quvchi uyda ta'lim oladi. 2020 yil statistikasiga ko‘ra, O‘zbekistonda 3,2 mingdan ortiq umumiy o‘rta ta'lim maktablarida 13 ming nafarga yaqin o‘quvchilar inklyuziv ta'lim bilan qamrab olingan.
Prezident qarori bilan 2025 yilgacha inklyuziv umumta'limni bosqichma-bosqich joriy etish masalasi qo‘yilgan. Bunda imkoniyati cheklangan bolalarning maktablarga kelishi uchun to‘siqsiz muhit yaratish, yangi quriladigan maktablarni xuddi shunday sharoitlar bilan qurish, pedagog kadrlar tayyorlash, o‘quv bazasini takomillashtirish kabi vazifalar belgilangan. Keyingi o‘quv yilida shaharlarda va Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan umumta'lim maktablarida inklyuziv ta'lim tizimini joriy qilish, tayanch korreksion sinf ochish reja qilingan.
Ayni paytda ixtisoslashtirilgan maktablarda dars berayotgan o‘qituvchilar O‘zbekistonda maktablarda hali to‘laqonli inklyuziv ta'lim muhiti, kerakli sharoit, o‘quv qo‘llanmalar, kadrlar bo‘lmasdan turib, 5 yilda inklyuziv ta'limga o‘tilishi reja qilinayotganidan xavotirda. Ularning aytishicha, ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘zida nogironligi bor shaxslarning harakatlanishi uchun sharoit yaratilganiga ko‘p bo‘lmadi, darsliklarda muammolar bor.
«Hozir Qurilish vazirligi tomonidan manfaatdor vazirliklar bilan hamkorlikda alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun to‘siqsiz muhit va imkoniyatlarni yaratish maqsadida ular o‘qiyotgan ta'lim muassasalarining binolari va jihozlariga qo‘yiladigan talablar ishlab chiqilmoqda. Unga ko‘ra, inklyuziv ta'lim sinov tariqasida joriy etilishi belgilangan umumta'lim maktablari inklyuziv ta'limga jalb etiladigan bolalar ehtiyojiga ko‘ra jihozlanadi.
Zamonaviy maktablarga qo‘yiladigan talablar hamda ular asosida umumiy o‘rta ta'lim muassasalarini baholash metodikasi va tartibida ham alohida ta'lim ehtiyojiga muhtoj o‘quvchilar sifatli ta'lim olishi uchun yetarli sharoitlar yaratish o‘z aksini topgan.
2021-2022 o‘quv yilida alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning 24 foizini inklyuziv ta'lim bilan qamrab olish rejalashtirilgan. 2025 yilga borib bu ko‘rsatkich 40 foizga yetishi nazarda tutilgan. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan bittadan umumta'lim maktabida alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun boshlang‘ich tayanch korreksion sinflari ochilishi belgilangan. Bunday sinflarga diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi (DeGS), disleksiya va autizm tashxisi qo‘yilgan bolalar qabul qilinadi.
Ta'lim tizimiga inklyuziv amaliyotni tatbiq etish bo‘yicha pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlarining o‘quv rejalariga ta'lim-tarbiyaga oid maxsus o‘quv mashg‘ulotlarini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilgan. Bundan tashqari, umumta'lim maktablari psixologlari tomonidan o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida har qanday zo‘ravonlik, tazyiq va kamsitishlarga qarshi treninglar o‘tkazilib kelinmoqda.
Rejalarga qaralsa, hammasi chiroyli: 2025 yilgacha bo‘lgan maqsadlar ham xuddi konsepsiyadagidek amalga oshirilsa, imkoniyati cheklangan bolalar boshqalar singari bir xil sharoitda ta'lim olishi kerak, ularga darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yetmay qolishi kerak emas. Bunday bolalar ham sog‘lom bolalar kabi qiynalmasdan maktabga borishi, kelajakda o‘z yo‘lini osonroq topishi mumkin. Jamiyat ham imkoniyati cheklangan shaxslarga begonadek ajablanib qaramaydi.Faqat konsepsiya to‘liq amalga oshishi qat'iy nazoratga olinishi, hech narsa qog‘ozda qolib ketmasligi kerak va Xalq ta'limi vazirligi ixtisoslashgan maktab o‘qituvchilarining xavotirlariga e'tibor berib ularni eshitishi, jamoatchilikning fikrlarini ham o‘rganib borishi maqsadga muvofiq.


Yüklə 209,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin