Maktabgacha pedagogika



Yüklə 209,5 Kb.
səhifə1/8
tarix21.10.2023
ölçüsü209,5 Kb.
#159073
  1   2   3   4   5   6   7   8
Nilufar


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
SIRTQI BO‘LIM


Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 306 -guruh talabasi
Abdullayeva Nilufar Dilshod qizining

“MAKTABGACHA PEDAGOGIKA”


fanidan

KURS ISHI MAVZUSI:


Inklyuziv ta`limni tashkil etish


Ilmiy rahbar: Sultonova Nurxon Anvarovna
Qo‘qon -2023 yil

MUNDARIJA


KIRISH…………………………………………………………………………..4
I-BOB. INKLYUZIV TA’LIMNING TASHKIL ETILISHI VA UNING ISTIQBOLLARI.
1.1. Inklyuziv ta’limda individual xususiyatlar………………………………..10
1.2. Inklyuziv ta'lim uchun 5 yillik reja: jamiyat va maktablar imkoniyati cheklangan bolalarni qabul qilishga tayyormi?………………………………..19

Asosiy qism.


II-BOB.MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA INKYUZIV TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH UCHUN SHART-SHAROITLARNI YARATISH
2.3.Maktabgacha ta’limda inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish……………..23
2.2.Inklyuziv ta’limning ta`lim tarbiya jarayonidagi ahamiyati………………..26


XULOSA VA TAVSIYALAR………………………………………………….30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..35

Kirish.
Hozirgi O‘zbekiston barcha sohalarda va jahon tendensiyalari asosida jadal rivojlanib bormoqda. Shu bilan birga ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. Milliy ta’lim siyosatining zamonaviy va amaliy yo‘nalishlaridan biri inklyuziv ta’limni rivojlantirishdir. Buning uchun alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni jamiyatga qo‘shilib ta’lim olishlari uchun bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 13-oktabrda qabul qilingan “Alohida ta’lim olish ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Mazkur hujjatda mamlakatimizda inklyuziv ta’limni rivojlantirish imkonini beruvchi qator huquqiy va tashkiliy vazifalar belgilab berilgan. 
2020-2025-yillarda inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi va “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi. Unda maxsus ta’limga muhtoj bolalar ta’limini tegishli davrgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. Konsepsiya ikki bosqichda amalga oshiriladi:
2020-2022-yillarda:
Inklyuziv ta’lim tizimi sohasidagi normativ baza takomillashtiriladi;
Tizim uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlanadi, qayta tayyorlanadi va malakasi oshiriladi;
Inklyuziv ta’lim joriy etilgan muassasalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanadi, ular maxsus moslamalar (ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta’minlanadi;
Sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalar joriy etiladi;
Imkoniyati cheklangan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv o‘qitishning mazmun-mohiyatini tushuntirish orqali aholi o‘rtasida ijobiy ijtimoiy muhit shakllantiriladi;
Ularni kamsitish, salbiy muomalada bo‘lishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
Inklyuziv ta’lim tizimi tajriba-sinov tariqasida alohida ta’lim muassasalarining faoliyatiga joriy qilinadi.
2023-2025-yillarda:
Inklyuziv ta’lim tizimi bosqichma-bosqich boshqa umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy qilinadi;
Har bir bolaning inklyuziv ta’lim olish huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
O‘qitish usullari takomillashtiriladi hamda ta’lim jarayoniga individuallashtirish tamoyillari bosqichma-bosqich joriy etiladi;
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga, ularning jismonan sog‘lom va baquvvat shakllanishiga qaratilgan choralar ko‘riladi;
O‘quvchilarning jismoniy va aqliy ehtiyojidan hamda ta’lim muassasalarining geografik joylashuvidan kelib chiqib ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktab va maktab-internatlar) soni optimallashtirilishi belgilab qo‘yildi.
2021/2022-o‘quv yilida tajriba-sinov tariqasida:
Shaharlar hamda Toshkent shahri tumanlarida joylashgan bittadan umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilinadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan bittadan umumta’lim maktabida alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarni ochiladi.
Mazkur ta’lim tizimi bo‘yicha erishilgan ijobiy tajriba respublikaning boshqa hududlarida ham bosqichma-bosqich tatbiq etiladi.
Inklyuziv sharoitda o‘quvchilarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish va boshqalar. 
Bolalarning qobiliyatlari va har qanday holatidan qat’i nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etilishi kerak. Ma’lumki, maxsus ta’lim aqliy, jismoniy tashqi ko‘rinishga muvofiq amalga oshirilsa, inklyuziv ta’lim bolaning qobiliyati va imkoniyatlariga koʻra belgilanadi hamda inklyuziv ta’lim bolaga yo‘naltirilgan va moslashtirilgan, yo‘riqnomali, barchaga mo‘ljallangan o‘quv dasturi asosida o‘qitiladi. Bunday ta’limning o‘ziga xos muhim jihati shundaki, bolalar va o‘qituvchi bir birlaridan o‘rganishadi hamda muammolarni birgalikda hal etishadi. Bunday ta’lim albatta bir tomonlama bo‘lmaydi. Imkoniyati cheklangan bolada o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirish, ko‘nikma va qobiliyatini rivojlantirish, yoshligidan o‘rganishni rag‘batlantirishda oilaning o‘rni muhim hisoblanadi. Inklyuziv ta’lim jarayonida ota-onalar bilan ishlash ham muhim masalalardan biridir. Ta’kidlash joizki, alohida ehtiyojli ota-onalarga ularning farzandlari jamiyatning bir bo‘lagi boʻlish huquqiga ega ekanini tushuntirish, bu ishonchni ularning ongiga yetkazish kerak. Mamlakatimiz ta’lim tizimida bu masalaga alohida e’tibor qaratiladi. 
Inklyuziv maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi qanday sifatlarga ega boʻlish kerak? Inklyuziv ta’limda o‘qituvchining kasbiy mahorati bosh omil hisoblanadi. Avvalo o‘qituvchi inklyuziv tafakkurga ega boʻlish va ta’lim sifati mas’uliyatini oʻz zimmasiga olishi shart. 
Inklyuziv ta’limning vazifasi bolalarning qobiliyati va holatidan qat’iy nazar, ularga sifatli ta’lim berishdan iboratdir. Shu bilan birgalikda, imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy rivojlanishga ega bo‘lishlari uchun oilada yashashlari va oʻz tengdoshlari bilan oddiy maktabda tarbiya va ta’lim olishlarini ta’minlash zarurligini nazarda tutadi.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda inklyuziv ta’limning ahamiyati shundan iboratki, alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni ilk yoshidanoq oddiy bolalar qatorida sifatli ta’lim olishlarini ta’minlagan holda bolada ruhiy va jismoniy hissiyotlarini hamda harakatlarini rivojlantirishdir.
Inklyuziv taʼlim imkoniyati cheklangan bolalarga nima beradi:
Oʻz imkoniyatlarini oʻzlari uchun kashf etadilar;
Oʻzlarini barcha bilan bir xil hisoblay boshlaydilar;
Taʼlim olishga bo‘lgan qiziqishi ortadi;
O‘zlarida mustaqil harakatlanishga bo‘lgan ishonch ortadi;
Dunyoqarashi kengayib, hayotiy tajribasi ortadi.
Inklyuziv ta’lim bu -davlat siyosati bo’lib, nogiron va sog’lom
bolalar o’rtasidagi to’siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar,
(ayrim sabablarga ko’ra nogiron bo’lgan) o’smirlar rivojlanishda uchraydigan
nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga
moslashtirishga yo’naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo’shishni ifodalovchi
ta’lim tizimidir.
Inklyuziv ta’lim alohida yordamga muhtoj bolalarni normal
rivojlanishdagi bolalar bilan teng xuquqlilik asosida ta’lim tarbiya olishlarini
taminlaydi. Shuning uchun ham ahamiyatlidir.
Tavsiyalarda barcha bolalarning ta’lim olish muhitini o’rganib maxsus
ehtiyojli bolalarning ta’limiy ehtiyojlariga umumiy baho beriladi. Asosiy
ma’no shundaki, sog’ligining yomonlashuvi yoki rivojlanishining orqada
qolishi sababli alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni ham mumiy ta’lim
jarayoniga kushish mumkin. Inklyuziv ta’limda, ta’lim berishning diqqat
markazida bola turadi (o’quv rejasi emas) deb bu jarayonga yondashadi.
Ushbu yondashuvlar bolalar xar xil sharoitda o’qiydi , rivojlanadi,
ma’lumotni xar xil tezlikda qabul qiladi degan e’tirofga asoslanadi. Ular xar
bir bolaning shu qatorda maxsus ehtiyojli bolalarning ham ehtiyojlarini
qondiradigan ta’lim muxitini yaratib berishga qaratilgan.
Mazkur tavsiyalarning maqsadi - maktablarni maxsus ehtiyojli
bolalarnig ehtiyojlariga javob beradigan qilib moslashtiradigan jarayonni qo’llab–
quvvatlash. «Moslashtirish» deganda nafaqat maxsus ehtiyojli bolalarni
maktabga bemalol borib kelishi, balki shu qatnashdan kandaydir foyda
olishi va optimal o’quv rejasining mavjudligidir. Maktab muxiti
moslashuvchan bo’lib, bola ta’limdagi tartibga moslashishi kerak deb taxmin
qilinmasdan, alohida xar bir bolaning ehtiyojlarini qondirishi kerak.
«Inklyuziv ta’lim” o’z maqsadidan kelib chiqqan holda bir qator
quyidagi vazifalarni hal etadi:
- inklyuziv va integrasiyalashgan ta’lim tizimi haqida ma’lumot berish;
-inklyuziv ta’limning huquqiy asoslarini ochib berish;
-inklyuziv ta’limni joriy etish oldida turgan muammolarni o’rganish va
bu muammolarni xal etish yo’llarini izlab topish;
-inklyuziv ta’limni qo’llab-quvvatlashnig asoslarini o’rganish;
-inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish tamoyillarini taxlil qilish;
ish tajribalarini taxlil qilish kabilardan iborat.
Shu maqsadni amalga oshirish uchun biz tadqiqotimizning maqsadini va
ustivor vazifalarini belgilab oldik.

Yüklə 209,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin