Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish.
Bolaning rivojlanishida uning boshqa bolalar bilan bo‘ladigan muloqati muhim ahamiyatga egadir. Tengdoshlariga bo‘lgan qiziqishlari bolada kattalarga bo‘lgan qiziqishidan biroz keyinrok bir yoshning oxirlarida paydo bo‘ladi, biroq u borgan sayin, ayniqsa, bog‘cha yoshi davrida mustahkamlanib boradi.
4-5 yoshli bola uchun eng og‘ir jazo - bu uni o‘z tengdoshlari bilan
muloqotda bo‘lishidan maxrum etishdir. Bolalar guruhiga tushib qolgan
davrdan boshlab bolaning individual rivojlanishini uning "bolalar
jamiyati" a’zolari bilan bo‘lgan munosabatlarini hisobga olmay ko‘rib chiqish va o‘rganish mumkin emas.
YA.A.Kamenskiy bog‘cha yoshidagi bolalar guruhini odamlar ijtimoiy birligining ilk pog‘onasi, "kurtagi" deb hisoblaydi.
Bolalar o‘z tengdoshlari jamoasiga intiladilar. Biroq, har doim ham
ular tengdoshlari bilan ijobiy munosabatlar o‘rnatishga erishavermaydilar. Ba’zi bolalar guruhda ancha faol bo‘lib, o‘zlarini go‘yo "suvdagi baliqday" his etadilar. Ayrimlari anchagina noqulaylikni, o‘zlariga nisbatan ishonchsizlikni, boshqalarga tobelikni his etadilar. Nega shunday? Tengdoshlar bilan bo‘lgadigan ijobiy munosabatlar bolada birdamlik hissini kuchaytirib, uning guruhga qattiq bog‘lanib qolishiga sabab bo‘ladi. Biroq, ijobiy munosabatlarning yo‘qligi bolani tushkunlika solib, uni xavotirlanuvchi yoki agressiv qilib qo‘yishi mumkii. Bu esa unda bolalarga, umuman, odamlarga nisbatan salbiy munosabatni shaklantirishi, ularni yakkalanuvchanlikka moyil qilib qo‘yishi ham mumkin.
Dostları ilə paylaş: |