Tarbiyachi: - To’g’ri, qosh va kipriklar ko’zimizga chang kirishidan himoya qiladi. Ammo ko’zimizni kir qo’llar bilan ushlab bo’lmaydi.
Tarbiyachi: - Bitta o’ziga 32 qorovul, qani gap nima haqida ketyapti, kim aytadi?
3-bola: - Opajon, og’zimizdagi tilga 32 tish qorovul, to’g’ri topdimmi?
Tarbiyachi: - Ziyrak ekansan, savolga bir zumda javob topding. Bilasizlarmi, tish bizga ovqatlarni chaynashimiz uchun kerak bo’ladi. Faqat ularni har kuni chayqab, tishlarimiz ozodaligiga e’tiborli bo’lishimiz kerak.
Bola: - Bog’cha opa, men tishlarimni har kuni ikki marta tozalayman.
Tarbiyachi: - Sen juda to’g’ri qilarkansan, hammangiz ham undan o’rnak olinglar. Bolajonlar, bugun qaysi a’zo haqida gaplashmadik?