Mаktаbgаchа tа’lim vа bоshlаng’ich tа’lim fаkulteti mаktаbgаchа tа’lim metоdikаsi kаfedrаsi



Yüklə 181,86 Kb.
səhifə8/15
tarix29.05.2022
ölçüsü181,86 Kb.
#59931
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Saydullayeva Nigora

Pedagogik jihatlari. Pedagogik nuqtai nazaridan, multimedia
texnologiyasining MTMlari ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbig’i, ularga kompyuter
asosida yangicha texnologik yondashuv hisoblanadi. Shuning uchun, multimediali
kompyuter texnologiyasining o’ziga xos belgilari, xususiyatlari va tamoyillari
mavjud: asosiy belgilari - texnik vositalardan foydalanish, tarbiyalanuvchilarning
bilimini aniqlash mezonnini ishlab chiqish, ta’lim samaradorligini oshirish,
monitor ekraniga qarab va undagi materiallardan foydalanib bilim olishdan iborat.
Multimediali kompyuter texnologiyasidan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish
bir vaqtning o’zida bolalarning kompyuter savodxonligini shakllanishiga ham olib
keladi.
Masalan, an’anaviy ta’lim texnologiyasida kompyuter faqat texnik vosita
sifatida qaraladi, multimediali kompyuter texnologiyasida esa u ko’rgazmali
vositadan tashqari "ta’lim manbai" sifatida mujassamlanadi, ya’ni o’rganiladigan
material oldindan kompyuter xotirasiga kiritilgan bo’ladi. Ushbu material
tarbiyachining an’anaviy metod bilan mashgulot o’tkazish bo’yicha tuzgan
ishlanmasiga o’xshaydi.
MTM tarbiyalanuvchilari monitor ekranida namoyish etiladigan materiallarni
o’rgana borsalar va kompyuterdan foydalanish bo’yicha yetarlicha ko’nikma hosil
qilsalar, maktabda boshlang’ich sinfda informatika fanini o’rganishiga, kelajakda
esa akademik lisey yoki kasb-xunar kollejlari va oliy o’quv yurtida kompyuterdan
foydalana olish malakasiga tuliq ega bo’ladilar. Shu bilan birga,
tarbiyalanuvchilarning kompyuterdan foydalanish jarayonida mantiqiy tafakkurlari
rivojlanadi, bilim olishga xavaslari va ishtiyoqlari ortadi, dunyoqarashlari
shakllanadi.
Psixologik jixatlari. Bolalarning yoshini va fikrlash darajasini, ta’lim
materialini xotirasida saqdash imkoniyatini hisobga olish, kompyuter bilan
ishlaganda ko’z toliqishining oldini olish, bolalarning xotirasini rivojlantirish,
diqqatini barqarorlashtirish, ta’lim materiallariga qiziqishini orttirish, xis-hayajonli
hissiyot uygotish, kompyuterda ishlash qobiliyatini o’stirish kabilar ham
multimedia texnologiyasini ta’limda qo’llanishning psixologik jihatlarini tashkil
etadi. Monitor ekranida tasvirni ko’rganda hamda tovushni eshitayotganda bola
miyasining ikkala yarim shari bir vaqtda ishlaydi va obyekt obrazi bir vaqtda
qabul qilib olinadi.
Animasiyali ma’lumotlarning insonga ta’siri katta bo’lib, undan MTMlari
ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish bolalar diqqatini ko’proq jalb qilish
xususiyatiga ega. Multimediali ta’lim bir vaqtning o’zida ham ko’rish, ham
eshitish orqali bilim olish uchun samarali ekanligi hayotiy tajribada allaqachon
isbotlangan. Zero, xalqimizda "yuz marta eshitgandan, bir marta ko’rgan yaxshi"
degan maqol bor. Psixologiyada ham bir vaqtning o’zida bolaning ham ko’rish,
ham eshitish organlaridan foydalanish orqali bilim berish, ular tomonidan
materiallarni o’zlashtirishning yuqori bo’lishi uchun kafolatli ekanligi
ta’kidlanadi. Bu borada akademik S.S.G’ulomov va boshkdlar quyidagilarni
ta’kidlaydi: "Agar o’quvchilar berilayotgan materiallarni ko’rish (video) asosida
qabul qilsa, axborotning xotirada saqlab qolinishi 25-30 % ga oshadi. Bunga
qo’shimcha sifatida o’quv materiallari audio, video va grafika ko’rinishida
mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqdab qolish 75 % ga
ortadi ".
Psixologlarning ta’kidlashicha, bolalar asbob-uskunalarga, texnik qurilma va
transport vositalarining modellariga, o’yinchoqdarga juda qizikuvchan bo’ladi.
Shu bilan birgalikda, o’rganilayotgan o’quv materialiga bo’lgan qiziqishlarini ham
orttiradi. Bolalarning bilim olishlarga ishtiyoqlari kuchayadi, fikrlash doiralari
oshadi.
Asosiy tamoyili, kafolatlangan yakuniy natija, ta’limning mahsuldorligi,
to’g’ri va teskari aloqaning mavjudligi, ta’lim maqsadining aniq shakllanishidan
iborat. Shuningdek, pedagogik tajriba natijalari multimedia vositalaridan MTMlari
ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishning didaktik tamoyillari qatoriga:
dasturlashtirish, ilmiylik, moslik, jadallik, ta’lim maqsadlarining o’zaro
bog’liqligi, ko’rgazmalilik qobiliyatini o’stirish kabilar ham multimedia
texnologiyasini ta’limda qo’llanishning psixologik jihatlarini tashkil etadi.
Monitor ekranida tasvirni ko’rganda hamda tovushni eshitayotganda bola miyasining ikkala yarim shari bir vaqtda ishlaydi va obyekt obrazi bir vaqtda
qabul qilib olinadi.


Yüklə 181,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin