Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə77/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

Nazorat savollari:
1. Rahbarlik tushunchasiga ta’rif bering
2. Rahbarlikning qanday uslublari bor va ularga ta’rif bering
3. Rahbar vaqtining taqsimlanishi qanday ahamiyatga ega
4. Liderlik nima
5. G.Kuns va S.O.Dannellar liderlik haqida qanday fikrlar bildirgan
11-MAVZU: MAKTABGACHA TA’LIM BO’YICHA METODIK ISHLARNI TASHKIL QILISH
REJA:


1. O’zbekistonda maktabgacha ta’lim bo’limlari tomonidan maktabgacha ta’limga rahbarlik qilishning nazariy asoslari
2. Maktabgacha ta’lim bo`limlari va ularning tuzilishi.
3. Maktabgacha ta’lim bo`limlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini nazorat qilish.


Qo’llaniladigan ta’lim texnalogiyalari: dialogli yondashuv. Muommoli ta’lim.aqliy hujum metodi, Venn diagrammasi, T- sxemasi, FSMU, Baliq skleti, o’z-o’zini nazorat qilish.
Tayanch tushunchalar:
Metodik-dasturiy - uslubiy dasturiy hujjat.
Tipovoy shtat – Na’munaviy ish joyi.
Koordinatsiya qilish - muvofiqlashtirish.
Pedagogik bilimlar - bola tarbiyasiga oid bilimlar.
Nazoratchi - nazoratchi-metodist.
Operativ - tezlikda, bir zumda, izchillikda.
Obyektiv - xolisona.
Maslahatlar - yakkama-yakka va jamoa maslahatlari.
Seminar - praktikumlar, seminar mashg'ulotlari


1.O’zbekistonda maktabgacha ta’lim bo’limlari tomonidan maktabgacha ta’limga rahbarlik qilishning nazariy asoslari
O'zbekistonda maktabgacha ta'limi bo'limlari asosan 1917-1918-yillarda tashkil etila boshlandi. 1917-yil 20-noyabrda Ma’orif Xalq komissarligi "Maktabgacha ta'lim" yuzasidan dekloratsiyani e'lon qildi. Bu dekloratsiyada "bolalarni ijtimoiy-tekin tarbiyalash bolaning birinchi tug'ilgan kunidan boshlanadi” deyilgan edi. Maktabgacha ta'lim butun Xalq Ma’orifi tizimining birinchi bo'g'ini va tarkibiy qismi bo'lib qoldi. 1919-yilda qabul qilingan dasturda davlat tizimida maktabgacha ta'limning tutgan o'rni aniq belgilab berildi. Qabul qilingan dasturning 12-bo‘limida Xalq Ma’orifi sohasida quyidagi vazifalar qabul qilingan edi. Birinchidan, ijtimoiy tarbiyani yaxshilash va xotin-qizlarni ozod qilish maqsadida maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmoqlarini: yaslilar, tashkilotlar va shunga o'xshashlarni vujudga keltirish haqida yozilgan edi. Bu yillarda Xalq Ma’orifi Komissarligi oldida davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmoqlarini vujudga keltirish, metodik ko'rsatmalar ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash va boshqa mas'uliyatli vazifalarni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi. 1918-yil 20-oktyabrda Turkiston Ma’orif Xalq Komissarligi qoshida respublikadagi maktabgacha ta'lim sohasida barcha tadbirlarni amalga oshirish uchun ma'muriy organ sifatida "Maktabgacha ta'lim bo'limi" tashkil qilindi. Shu yillarda viloyat Xalq Ma’orifi bo'limlarining ko'pchiligi qoshida maktabgacha kichik bo'limlar tashkil etilgan edi. Bu tadbir Butun Respublikada maktabgacha ta'limning jonlanishiga yordam berdi. Maktabgacha ta'lim bo'limlarining ishi uch asosiy yo'nalishida olib borildi:
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari ochish, ularni binolar, mebel va jihozlar bilan ta'minlash; Maktabgacha ta'lim xodimlari, shu jumladan, mahalliy millatlardan kadrlar tayyorlash, ota-onalar o'rtasida tashviqot-tushuntirish ishlari olib borildi.
Maktabgacha ta'lim Nizomi ishlab chiqilib, unda: "Maktabgacha ta’lim bo'limi 3 yoshdan 8 yoshgacha bo'lgan maktabgacha ta'lim tashkilotlariga boshchilik qiladi, mavjud tashkilotlar ishining borishini kuzatadi, yangi maktabgacha ta'lim tashkilotlari, yaslilar, bolalar uylari, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun umumiy yotoqkabinetlar, bolalar yozgi koloniyalari ochadi, maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari, enagalar va umuman o'sha aytilgan tashkilotlar- ning ta'lim-tarbiya qismiga xizmat ko'rsatish uchun kadrlar tayyorlash maqsadida kurslar tashkil qiladi”. Ushbu Nizomni ishlab chiqish maktabgacha ta'lim tashkilotlari ishlarini, shuningdek, mashg'ulotlarning taxminiy dasturini va maktabgacha ta'lim tashkilotida suhbatlar o'tkazish hamda taxminiy kun tartibi tuzishda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Ma’orif Xalq komissarligining maktabgacha ta'lim bo'limi va viloyat Xalq Ma’orifi bo'limlarining maktabgacha ta'lim instruktorlari tashkilotlari, mahalliy kengashlar va xotin- qizlar bo'limlari yordamida katta tashkiliy ishlar olib bordilar. Ular maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun binolar qidirib topib, bolalarga xos mebel tayyorlash uchun ustakabinetlarga buyurtmalar taqsimlar, tarbiyachilar bilan ta’minlar edilar. O'sha vaqtda o'rta maktabni bitirgan qizlar (qisqa yo'l-yo'riq, ko'rsatmadan so'ng) o'qituvchilik, onalar maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qabul qilinar edi. Turkiston Respublikasining maktabgacha ta’lim xodimlari uchun 1921-yil aprel oyida bo'lib o'tgan anjumani muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Bu anjumanda mahalliy, ya'ni mahallalar bolalarning maktabgacha ta'lim tashkilotlariga jalb etish juda sust olib borilayotganiga, qishloq joylarda maktabgacha ta'lim tashkilotlarga borishi zarurligi ilgari surildi. Bu ishlarda Xalq maorifi bo'limlari oldiga quyidagi vazifalar yuklatildi:
-Tub joy aholi uchun mavjud ayol rahbarlar boshchiligida darhol maktabgacha ta'lim tashkilotlari ochish;
-Tub joy xotin-qizlarini amaliyotchilar sifatida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ishlashga keragicha jalb etish;
-Namunali bolalar tashkilotlari qurishga;
-Ota-onalar uchun yig'ilishlar o'tkazish va ularni choyga chaqirib turishga, ota-onalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga kelib turishlarini yo'lga qo'yish to'g'risida qaror qabul qilindi.
Respublika Ma’orifi Xalq Komissarligining maktabgacha ta'lim bo'limi asosiy qoidalar ishlab chiqib, bu qoidalarni joylarda maktabgacha ta'limni yo'lga qo'yishda asos bo'lmog'i kerak edi. Xalq Ma’orifi bo'limlari qoshida viloyat hududlaridagi hamma ishlarni birlashtiruvchi, koordinatsiya qiluvchi va yo'llovchi maktabgacha ta'lim bo'limi tashkil etildi. Viloyat mahalliy tashkilotlari maktabgacha ta'lim g'oyalarini keng tashviqot qilish yo'li bilan ota-onalar kengashlari tashkil etdilar. Viloyatdagi barcha maktabgacha ta’lim ishlarining markazi bo'lgan viloyat maktabgacha bo'limlari ishni to'g'ri yo'lga qo'yish maqsadida joylarda maktabgacha ta'lim seksiyalari tuzildi. Maktabgacha ta’lim bo'limi maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ko'p qismini katta tuzib bolalar o'yinlariga aylantirishdi. Farg'ona, Samarqand va boshqa viloyatlarda maktabgacha ta'lim bo'limlarining ishi yaxshilandi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin