Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment” fanidan O’quv – uslubiy majmua termiz – 2020 – 2021



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə78/155
tarix27.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#199575
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   155
MT Boshqaruv va menejment UMKasi

1919-yil yozida Turkiston Respublikasida Ma’orif Xalq Komissarligining Qaroriga muvofiq Pedagogika toifasi vujudga keltirildi, bu toifa qoshida birinchi maktabgacha ta'lim kabineti tashkil qilindi. Uning vazifasi maktabgacha ta’lim xodimlariga doimiy va malakali metodika yordami ko'rsatib borishdan iborat edi. Kabinet qoshida maktabgacha ta'lim tashkiloti burchagi tashkil etilib, mebel qo'yilgan edi, tokchalarga ko'rgazmalar, o'yinchoqlar, mashg'ulotlar uchun kerakli bo'lgan turli materiallar, bolalar yasagan narsalarning namunalari terib qo'yilgan edi. Maktabgacha ta'lim kabineti tez orada amaliy tajribalarni o'rtoqlashish uchun tayanch maktab bo'lib qoldi. Kabinetda maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari uchun adabiyot, bolalar badiiy adabiyotlarining namunalari paydo bo'ldi.
1920-yil yanvar oyida Ma’orif Xalq Komissarligi Toshkentda o'lka uch oylik kursi tashkil qilindi, bu kursda maktabgacha ta'lim nazariyasi, psixologiya, gigiyena asoslari o'qitilar edi. Xalq Ma’orifi tizimi tezkor sur'atda rivojlanib borib, endilikda O'zbekistonda Maktabgacha ta'lim tizimi bo'g'inlarining ish faoliyati, mazmuni, uning vazifalari o'zgacha qiyofa kasb etmoqda. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, viloyat va Maktabgacha ta'lim boshqarmalari, tuman Maktabgacha ta'lim bo'limlari maktabgacha ta'limni boshqarishning vakolatli organlari hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim muasssasalarini boshqarish xalq deputatlari Kengashi qoshidagi Xalq kengashining vazifasiga kiradi. Viloyat, shahar, tuman Maktabgacha ta’lim boshqarmasi kengashi a'zolari turli xildagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini rivojlanishini ta'minlaydi. U maktabgacha ta'lim tashkilotining moddiy texnik bazasini mustahkamlash, yangi tashkilotlarni qurish, mablag' bilan ta'minlash, kadrlar tanlash ishlariga yordam beradi. Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishni yo'lga qo'yadi, metodik materiallar bilan ta'minlaydi. Idoralar jamoat tashkilotlari hamda shaxsiy tashabbuslarning faoliyatini muvofiqlashtiradi. Alohida olingan maktabgacha ta'lim tashkilotining ishidagi kollegional, demokratik usullarga yordam berish va qo'llash, uning mustaqilligini oshirish maqsadida jamoatchilik asosida ish olib boradi va kengashida ko'riladi. Kengash homiylik qiluvchi tashkilotlarning eng faol va manfaatdor bo'lgan xodimlardan, ota-onalar jamoatchiligidan, maktab vakillaridan, maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlaridan tibbiy yordam xizmatchilaridan, mahalla qo'mitasi vakillaridan iborat bo'ladi. Ta'limning mablag'i davlat mablag'idan tashkil topadi.
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim bo'limi maktabgacha ta'lim boshqarmasi tomonidan boshqariladi. Maktabgacha ta'lim boshqarmasining ish mazmuni tegishli boshqarma bo'limlari orqali rahbarlik ishlarini olib borish, tashkiliy-pedagogik hamda metodik ishlarga rahbarlik qilish, maktabgacha ta'lim rivojining asosiy yo'nalishlarini aniqlash, viloyat, tuman, shahar Maktabgacha ta'lim bo'limlari maktabgacha ta'lim boshqarmalari tomonidan maktabgacha ta'limga rahbarlik qonun, me'yoriy, instruktiv, metodik- dasturiy hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish, ichki mehnat tartibi to'g'risida nizom, yo'l-yo'riq va qoidalarni ishlab chiqish (kasaba uyushmasi hamkorligida) tashkilotlar tarmog'i taraqqiyotining istiqboli, yillik xalq xo'jalik va davlat rejalarini tuzishda, kapital qurilish, xodimlar tayyorlash, pedagogik mahoratni oshirish va uni nazorat qilishda ishtirok etadi; tipovoy shtatlar loyihasini ishlab chiqish, uskunalar va o'quv-ko'rgazma qo'llanmalariga bo'lgan talabni aniqlash, uskunalar va pedagogik qo'llanmalar namunalarini tasdiqlash, bolalar hayoti va sog'ligini saqlash bo'yicha tadbirlar ishlab chiqish, uning bajarilishini nazorat qilish, eshitish organlari va nutqi buzilgan bolalar ishini tashkil etish. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni tarbiyalash nazariyasi va amaliyot masalasida chet mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, aholi tomonidan tushadigan ariza, xat va shikoyatlarni ko'rib chiqish vakolatiga ega. Metodik va ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish, pedagog hodimlar malakasini oshirish instituti, rahbar xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti bilan hamkorlikda tipovoy dastur, metodik qo'llanmalar, tavsiyanomalar, ko'rsatmalar ishlab chiqish, vatanimiz fani yutuqlarini, ilg'or ish tajribalarini o'rganish va tashviqot qilish, maktabgacha ta'lim sohasi bo'yicha chet el va hamdo'stlik davlatlari pedagogika fanini o'rganish. Respublika Vazirliklari rahbar xodimlari va maktabgacha ta'lim sohasida ishlaydigan boshqa xodimlarning pedagogik malakasini oshirish bo'yicha ishlarni tashkil qiladi. Tashkiliy va pedagogik masalalarga bag'ishlangan respublikalararo tadbirlarni tayyorlash va o'tkazishni tashkil etadi, Ilmiy-amaliy anjumanlar, pedagogik o'qishlar, seminarlar, avgust anjumanlarini tashkil etadi.



Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   155




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin