Maktabgacha ta’limda o’qitish texnologiyalari va loyixalashtirish



Yüklə 27,97 Kb.
səhifə2/9
tarix22.12.2023
ölçüsü27,97 Kb.
#189705
1   2   3   4   5   6   7   8   9
“Maktabgacha ta’limda o’qitish texnologiyalari va loyixalashtiri-hozir.org

Kurs ishning predmeti: pedagogik texnologiyalarni o’rganish usul, metod va vositalarini aniqlash.
Kurs ishining ob’ekti: Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni rivojlanish tarixi, o’rni, ahamiyatini aniqlash jarayoni
Kurs ishi metodlari: kuzatuv, savol-javob, tahlil, umumlashtirish
Kurs ishining tuzulishi: 2 bob 4 paragrf xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB. O`ZBEKISTONDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING PAYDO BO`LISHI VA RIVOJLANISHINING ASOSIY MAZMUNI
1.1 Pedagogik texnologiyalarning paydo bo`lish bosqichlari
Dastlab «Texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so’z fanga 1872 yilda kirib keldi va grekcha ikki so’zdan - «texnos» -hunar va «logos»-fan, so’zlaridan tashkil topib, «hunar fani» ma’nosini anglatadi. Pedagogik texnologiyani o’quv jarayoniga olib kirishning zarurligini bunday mamlakatlar ichida birinchilar qatorida har tomonlama ilmiy asoslab bergan rossiyalik olim V.P. Bespalkoning fikricha, «Pedagogik texnologiya-bu pedagog mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir».
Rossiyalik olimlaridan biri-V.M. Monaxov «Pedagogik texnologiya- avvaldan rejalashtirilgan natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo’lgan tartibli amallar tizimidir»,-degan qisqacha ta’rifni bera turib, uning asosiy xususiyatlariga e’tiborni qaratadi.
Kishilik tarixida 1-bosqich uzoq muddat davom etgan. Unda pedagog o’z kuchiga, o’z bilim va mahoratiga asoslanib ish bajargan. Keyinchalik dunyoviy va diniy mazmundagi qo’lyozma kitoblar yaratildi, lekin o’quvchi ularning mazmunini pedagog faoliyati vositasida o’zlashtiradi.
2-bosqich, ya’ni qog’oz va o’quv kitoblari davri hali nihoyasiga etkazilgani yo’q, darsliklar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyasi esa hamon mukammal emas. Lekin o’qitishning 1,2,3-bosqichlariga xos ta’lim vositalari maktablarga jadal kirib bormoqda. O’quv adabiyotlarini joriy etish qarama-qarshiliklar kurashi natijasida sodir bo’lgan. Keyingi davrlarda ham ta’lim sohasidagi jiddiy o’zgarishlar kurashsiz amalga oshmagan, bunday o’zgarishlar oson kechmagan. Bugungi kunda ham 1- bosqich texnologiyasi ruhida shakllangan ayrim pedagoglarda keyingi davrlarda vujudga kelgan o’quv vositalarini o’zlashtirib olishga, ta’lim-tarbiya jarayonini shu asosda tashkil etishga intilish sust darajada.

Yüklə 27,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin