2-asosiy savolning bayoni: “San’at markazi” mavzuli rejalashtirish asosida bezatiladi. Mavzu tanlangan materiallarda aks etishi kerak. Hudud va etnomadaniyat komponentlarini kiritish MTT o‘ziga hosligini e’tiborga olishni tavsiya qilinadi (“Kuzgi tabiat” mavzusiga shahar tabiati, kuzgi bog‘, kuzgi ekin dalalari ko‘rinishlarini va hq maslahat berish mumkin). Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalq amaliy-dekorativ san’ati bilan tanishtirishda o‘quv-didaktik materiallar, didaktik o‘yinlardan foydalanadi. Xalq amaliydekorativ buyumlari aralash qo‘yilmaydi. Uzluksiz o‘quv faoliyati davomida bolalar milliy mato naqshlari bilan tanishadigan bo‘lsalar, bolalar ijodiyotini rivojlantirish markaziga tegishli buyum va illyustratsiyalar qo‘yiladi (adras, atlas, bekasam matolari elementlari, milliy liboslar: choponlar). Tayyorgarlik guruhlarida ikkita hunarmandchilik buyumlarini — bolalar uchun yaxshi tanish va yangisini qatora qo‘yish ruxsat beriladi. Agar guruhda amaliydekorativ san’at buyumlarining katta to‘plami yig‘ilsa, xalq amaliy san’ati muzeyi yaratiladi. Bolalarni tasviriy san’at turlari (rangtasvir, amaliy-dekorativ san’at va hq) bilan, rangtasvir janrlari (tabiyat tasviri, portret, natyurmort, maishiy janr, jangovor rasm) bilan tanishtirishda, albomlar, illyustratsiyalar, otkritka to‘plamlari, reproduksiyalar, didaktik o‘yinlardan foydalanadi. Albomlar ochiq shaklda kitob javonlarida namoyishga qo‘yiladi. Ular shu ko‘rinishda maktabgacha yoshdagi bolalarning e’tiborini tortadi. Albomlarning hammasini birvarakayiga qo‘yish tavsiya qilinmaydi. Yaxshisi o‘rganilayotgan mavzuga, bayramlarga oid bo‘lganlarini yoki boshqa shunga o‘hshash sababga ko‘ra tanlab olish zarur. «San’at markazida» o‘yin ramzlari va o‘yin personajlari (kichik va o‘rta guruhlarda), masalan: qizcha-chyotkacha, aka-ukalar-qalamlar, rassom shapkachasi, gullar va hk. bo‘lishi kerak. Markazni bezash bo’yicha tavsiyalar Rasm solish qo‘llanmalari va ashyolar: Mum, akvarel, pastel, bo‘rlar, gel ruchkalar, markerlar, tush, ko‘mir, oddiy va rangli qalamlar, flomasterlar, o‘chirgichlar, qalam keskichlar, akvarel bo‘yoqlar, qattiqligi va o‘lchami turli xil bo‘lgan mo‘yqalamlar, suv uchun idishlar va mo‘yqalam solgichlar
Yasash uchun ashyolar: Loy, plastilin, plastika (polimer gil), un, tuz yoki tuzli xamir. Birinchi usul: 1 stakan un, ½ stakan tuz, ¼ stakan suv (o‘simlik yog‘i); Ikkinchi usul (tuzsiz): 1 stakan un, ¼ stakan suv, 1 osh qoshiq PVA yelim (bu bolalarning qo‘li tuzdan shikastlanmasligi uchun foydali), chinni gil.
Yasash uchun yordamchi ashyolar: Yasash uchun taxtachalar; burilish mashinasi; steklar (yog‘och, metall, plastmassa — bir tomoni o‘tkir, ikkinchi tomoni aylanma shaklda, belcha va stek — sirtmoq shaklda); bolalar plastilin bilan ishlayotgan bo‘lsalar ikkita issiq va sovuq suv uchun pasti mahkam turadigan bankalar, salfetkalar va lattachalar; karkaslar (shaklni turg‘unligi va materialni tejash uchun): turli xil uzunlikdagi va yo‘g‘onlikdagi tayoqchalar, yumshoq sim, qog‘oz stakanchalar, tuxum korobkalaridan qirqib olingan shakllar, konfetlar uchun selluloid formalar va hq.; asos (karton, yog‘och, shisha, disk va hk); biser, munchoq, mayda toshlar, chig‘anoq, o‘simlik urug‘lari, daraxt po‘stloqlari, shoxlari, jyolud yong‘og‘i, yonara shishkalari, yong‘oq po‘stlog‘i, dukkaklilar urug‘lari, don, tabiiy va notabiiy ashyolar; h qaychi.
Applikatsiya uchun ashyolar Fon va applikatsiya qismlari uchun qog‘ozlar, yumaloq uchli xavsiz qaychilar, yelim, shakllarni yopishtirish uchun chetkacha, chetkacha solgich, shakllarni yopishtirish uchun taglik mato, podnoslar, qoldiqlar uchun bir martalik plastik likobchalar yoki korobkalar, toza salfetkalar. Bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, shuningdek, ranglarni anglash ko‘nikmalarini (palitralar rangli suvlarni hosil qilish uchun stakanchalar, rangli plyonkalar, rangli shishachalar, didaktik o‘yinlar va hq.); kompozitsion ko‘nikmalarni (o‘quv-didaktik materiallar, o‘yinlar) rivojlanitirish; grafik ko‘nikmalarni shakllantirish (lineykalar, trafaretlar, turli xil chizgi turlari uchun spirograf-lineykalar, didaktik o‘yinlar va hq.); turli xil tasviriy san’at usullarini, shu jumladan noan’anaviy (namunalar, ishni bajarish algoritmlari (tasvirlar ketmaketligi sxemasi)) dan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun tanlab