Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua


-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə36/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

3-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: “Til va nutq” markazida faoliyatni tashkil etish, “Til va nutq” markazini jihozlash, loyihaviy faoliyat, pedagogik faoliyatni loyihalashning ahamiyati, tarbiyalanuvchini har tomonlama rivojlanishida “Til va nutq” markaziining ahamiyati yuzasidan ma’lumotlar berish.
3-asosiy savolning bayoni.
“Til va nutq” markazi jozibador va shinam ko‘rinishi zarur; ideal holatda u yerda gilam, stullar, yostiqlar va iloji bo‘lsa, divan bo‘lishi kerak. Kitoblar tokchalarga chiroyli qilib terilishi lozim.
Markaz tarkibiy qismlarini tanlashda quyidagi tavsiyalarni hisobga olish kerak: hafta mavzusini aks ettirishi hamda bolalarning individual va yosh xususiyatlariga mos kelishi kerak; “Til va nutq” markazi ijodkorlik markazining yonida joylashishi kerak; rivojlantirish markazi qulay va ko‘rkam bo‘lishi muhim. Uning dizayni bolalar uchun jozibali bo‘lishi va ularda mustaqil faoliyat istagini uyg‘otishi kerak; o‘yin materiallari bolalar qo‘li yetadigan joyda bo‘lishi zarur; burchakni materiallar va jihozlar bilan to‘ldirib tashlash shart emas. Bo‘limlar bo‘yicha tashkillangan kutubxonada tabiat haqida, hayvonlar haqida yoki mualliflar bo‘yicha kitoblarni joylashtirish mumkin,. Har xil janr va mavzulardagi kamida 10–12 ta kitob namoyish qilinadi. Bolalarga rasmlari bor tematik ko‘rgazmalar tashkil etiladi. Yozuvchilarning hayoti va ijodi haqidagi kitoblar, albomlar yoki materiallar. Topishmoqlar, tez aytishlar, sheʼrlar albomi. Shtrixovka va kodlash uchun blankalar, trafaretlar, qo‘lni yozishga tayyorlash uchun perfokartalar, qo‘lda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi o‘yinlar. Og‘zaki nutqiy o‘yinlar kartotekasi hafta mavzusidan qatʼi nazar, butun yil davomida bo‘lishi kerak. Harflarni tasvirlash uchun didaktik material (arqonchalar, bog‘ichlar, sim, toshchalar, qum, plastilin va boshqalar). Turli materialdan tayyorlangan, har xil rang va o‘chamdagi harflar to‘plami, turli uslubdagi harflar alifbosi (tayyorlov guruhlari uchun). So‘z boyligini, nutqning tovush madaniyatini va nutqning grammatik tuzilishini shakllantirishga, bolalarga savodxonlikni o‘rgatishga yo‘naltirilgan didaktik o‘yinlar.
O‘yinlardan – “Rassom nimada xato qilgan?” didaktik materiallari, o‘yinlar – “Farqlarni toping” turidagi rasmlar. “Rasm asosida hikoya tuzing”, “Tartib bo‘yicha qo‘ying va hikoya tuzing” rasmlar to‘plamlarini joylashtirish tavsiya etiladi.
Loyihalash bo‘yicha tavsiyalar: Bolalarning o‘zi ijod qilib chizgan rasmlardan tayyorlangan albomlar va kitobchalar. Markaz boshqa markazlarga qaraganda materiallarga boyroq bo‘lishi kerak, chunki u yerda jihozlar qancha ko‘p bo‘lsa, bola ularni shuncha ko‘p ko‘radi, ular haqida gapiradi, do‘stlari bilan muloqot qiladi, so‘z boyligini oshiradi, nutqini rivojlantiradi. Rasmlar va naqshlar guruh xonasidagi mebel va devorlarni bezab turadi. Markazni bezatishda ertak va multfilmlarning sevimli ommabop qahramonlari, hayvonlar hamda harflar suratidan foydalaniladi. Shu bilan birga, “Til va nutq” markazidagi rasmlar funksional bo‘lib, ular asosida bolalarga savol berish yoki og‘zaki nutqni rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlarni o‘ylab topishingiz mumkin: “Rasmda kim tasvirlangan? U qanaqaligini taʼriflab ber”, “Bilmasvoy bilan salomlash. Unga kunni qanday o‘tkazganingni aytib ber”, “Ushbu rasm asosida kichik hikoya o‘ylab top” va h.k. “Bilimdon”, “Baby Terra”, “Buloqcha”, “Я и мой Ребенок” (“Men va farzandim”), “Gulxan” va boshqa jurnallar, harflari yirik rang-barang bolalar kitoblari, rivojlantiruvchi topshiriqlardan iborat kitoblar.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin