Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua


-mavzu. Tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini loyihalashtirish



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə38/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

10-mavzu. Tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini loyihalashtirish
Asosiy savollar:
    1. Tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida loyihalarni amalga oshirish maqsad va vazifalari.


    2. Tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida loyihani amalga oshirish metodlari va usullari.




Mavzuga doir asosiy tushuncha va iboralar: shaxs, individual xususiyatlar, ta’lim, tarbiya, rivojlanish, omillar, yosh davrlari,ijtimoiy muhit, ijtimoiylashuv.
1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: pedagogik loyihaviy faoliyat, pedagogik faoliyatni loyihalashning ahamiyati, tarbiyalanuvchini har tomonlama rivojlanishida loyihalashning ahamiyati yuzasidan ma’lumotlar berish.
1-asosiy savolning bayoni:
“San’at markazi” bolalarga quvonch, hayajon va qoniqish hislarini beradi. U turli hil vazifalarni amalga oshiradi, lekin, avvalambor, ijodga bo‘lgan qobiliyatni milliy, madaniy, tarixiy qadriyatlarga xurmat, tasavvur, qiziquvchanlik, tashabbuskorlik, kreativlikni kengaytiradi va mustahkamlaydi.
“San’at markazi” maqsad va vazifalari :
    • Bunyod qilish va ijodiy layoqatni amalga oshirishni rag‘batlantiradi;


    • ijodiy qobiliyatlarni rivojlantiradi;


    • verbal va noverbal muloqot; h intellektual kobiliyatni rivojlantiradi;


    • yirik va mayda motorikani rivojlantiradi;


    • taktil sezgisini boyitadi;


    • yangi materiallar bilan tanishishda qoniqish imkonini beradi;


    • milliy madaniyat va ijodga bo‘lgan xurmatni shakllantiradi.


“San’at markazi” faoliyat turlari va bolalarni markazga jalb qilish yo‘llari: Rassomlik; Barmoq rassomligi; Barmoq rassomligi sovun ko‘pigi bilan; Barmoq rassomligi kraxmal bilan; Shimgich bilan rasm chizish; Dog‘lar usulidagi rassomlik; Arqon rassomligi; Mum rassomligi; Loy, plastilin, tuzli xamir va boshqa ashyolardan shakllar yasash;


Qo‘g‘irchoqlar. Qog‘oz xaltacha-qo‘g‘irchoqlar. Tayoqchadagi qo‘g‘irchoqlar. Tayoqchadagi yuzniqoblar. Paypoq va qo‘lqoplardan qo‘g‘irchoqlar; Applikatsiyalar; To‘qish va tikish. Bolalar yo‘g‘on ignalar va qalin iplardan, qaychilardan foydalanishadi. Kattalar ishlashni xavfsiz qoidalarini ko‘rsatib berishlari va shunday mashg‘ulotlar davomida bolalar yonida bo‘lishlari kerak.
Bolalarning rivojlanish sohalari bo’yicha integratsiya “San’at markazi” bolalarni hamma sohada rivojlanishiga omil yaratadi: ruhiy, jismoniy, ijtmoiy bilim, bilim orttirish.
Ruhiy rivojlanish ushbu omillarga asosan amalga oshadi: So‘zsiz muloqotda bo‘lish imkoniyati. His-tuyg‘uni ifoda qilish yo‘li mavjudligi. Ruhiy yengillashish imkoniyati.
Jismoniy rivojlanish imkoniyatlari: Mayda motorika nazoratini rivojlantirish. Taktil sezgilarni rivojlantirish. Idrok keskinligini oshirish. Yirik harakatlar mototrikasini rivojlantirish. Ko‘z va qo‘l harakatlari tajribasini orttirish hisobiga muvofiqlashtirish.
Ijtimoiy rivojlanish qo‘yidagilar hisobiga ro‘y beradi: Bolalarda mustaqillik va o‘ziga ishonchni amalga oshirishda yordam beradi. Boshqa bolalar bilan va navbat bilan ishlash imkoniyatini. Bolalarda javobgarlik va buyumlarni avaylab asrash hissini rag‘batlantirish. Madaniy va badiiy merosni qadriga yetish hislarini shakllantirish.
Bilim olish ko‘nikmalarini rivojlanishi qo‘yidagilarga asosan amalga oshiriladi: Bolalarning so‘z boyligi oshishi. Sabab-natija munosabatlarini qanday va nima uchun, nimadir sodir bo‘ladi. Rang va shakllarni o‘rganish. E’tibor doirasini kengaytirish. Rejalashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Bolalarning rivojlanish sohalari bo’yicha integratsiya: “Til va nutq” markazi. Asarlar syujetlariga taaluqli rasm solish, qo‘lyozma kitoblar, badiy jurnallar chiqarish — badiy, adabiy-ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishning samarali usullaridir. “Rassomchilik turlari” bo‘yicha to‘plangan reproduksiyalardan ravon nutqni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rgazmali qurol sifatida foydalanish mumkin. Genderlik o‘ziga xosligi hisobga olgan holda umumiy material, shu bilan bir qatorda o‘g‘il bolalar va qizlar uchun alohida materiallar bilan ta’minlanishini taqozo qiladi. Bu bo‘yash kitobchalari, trafaretlar, shablonlar, tasvir va haykaltaroshlik ketma-ketligining texnologik xaritalari, qiz va o‘g‘il bolalar uchun individual ishlash uchun kartalar bo‘lishi mumkin.
Rolli o‘yinlar va dramatizatsiya markazi”. Teatr bolaning tasavvuriga turli xil vositalar, shu qatorda, tasviriy san’at orqali ham ta’sir qiladi. Bolalar kattalar bilan birgalikda spektakllarga dekoratsiya va kiyimlar o‘ylab topishda qatnashadilar. Qurilish va konstruktorlik markazi Konstruktorlash o‘zining xislati bo‘yicha tasviriy faoliyat va o‘yinga o‘xshaydi — unda ham tevarak atrof aks etadi. konstruktorlik faoliyati estetik his-tuyg‘uni tarbiyalashda ham muxim ahamiyatga ega. Bolalarni zamonaviy binolar (ko‘priklar, mehmonxonalar) va ba’zi ular anglay oladigan arxitektura yodgorliklari bilan tanishish jarayonida “Mening uyim” badiy did, arxitektura yodgorliklaridan zavqlanish, istagan bir qurilmaning qiymati nafaqat uni ishlatish maqsadiga, balki uni bezatish talablariga javob berishida — tashqi ko‘rinishi shakllarning soddaligi va ravshanligi, ranglarining uyg‘unligini, bezaklarining hamohangligini anglab oladi. Ilm-fan va tabiat markazi Tasviriy faoliyat va tabiat bilan tanishishi orasidagi uzviylik tabiat haqidagi tushunchasini va ijodiy ko‘nikmalarini boyitadi. Tabiat obrazlarini rasmda, ganchkorlik, aplikatsiyalarda, ifoda etishga intilish tabiat haqidagi bilimlarining kengaytirishga, tabiat obyektlari va hodisalarining ko‘rinishini anglash va baholashga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, bolalar ijodi tabiat tasvirlari bilan boyiiladi. Bolalar rasmlarida, ganchkorlik buyumlaridab applikatsiyalarda yangi mavzular paydo bo‘ladi. Tabiatni anglash jarayonida ham, uni ifodalash jarayonida ham bolalarda tabiatni o‘rganish va uni ijodda aks ettirish asosida yotgan idrok, taffakur kilish usullari: tahlil, sintez, taqqoslash, o‘xshatish, umumiylashtirish, tasavvur, tabiatga va tasviriy ijodga ijobiy emotsional munosabat kabi ruhiy jarayonlar rivojlanadi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin