Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua


-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə35/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: pedagogik loyihaviy faoliyat, pedagogik faoliyatni loyihalashning ahamiyati, tarbiyalanuvchini har tomonlama rivojlanishida loyihalashning ahamiyati yuzasidan ma’lumotlar berish.
2-asosiy savolning bayoni.
Til va nutq” markazining boshqa rivojlanish markazlari bilan integratsiya: Nutq rivojlanishi vazifalarini hal qilish bola rivojlanishining barcha asosiy sohalari (jismoniy, ijtimoiy-hissiy, kognitiv va ijodiy) bo‘yicha integratsiyalangan, bu bolalarning yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning to‘liq rivojlanishini taʼminlaydi.
Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish” markazi. Bolalar ushbu markazda fikrlash va maʼlumotlar almashish qobiliyati uchun nihoyatda muhim bo‘lgan so‘zlashuv ko‘nikmalarini takomillashtiradi. Ertaklarni sahnalashtirishda bolalar gaplarni to‘g‘ri tuzishni o‘rganadi, intonatsiya va ovozni o‘zgartirish orqali har xil qahramonlarni gavdalantiradi. Bolalarning lug‘at boyligi ortadi va faollashadi, alohida so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish shakllanadi. O‘yin abstrakt tafakkurni shakllantirish va o‘qishga tayyorlash vositasi sanaladi. O‘yin davomida bolalar o‘z ona tilida muloqot qiladi, nutq moslashuvchanligini oshiradi, so‘z boyligini ko‘paytiradi va yangi tushunchalarni o‘zlashtiradi. Kelajakdagi mavzular asosida o‘ynash bolalarning voqealar mantiqiy ketma-ketligi va matnlarni tushunishini osonlashtiradi.
Sanʼat” markazi. Yangi ertak va hikoyalarning qahramonlari bilan tanishish bolalarda o‘z his-tuyg‘ularini rasmlarda yoki ijodiy faoliyatning boshqa bir shaklida ifodalab berish istagini uyg‘otadi. Pedagog bolalar chizgan suratga ularning ismlarini yozib beradi, bu esa harflarni o‘zlashtirish va o‘qishga ko‘maklashadi. Qofiyalarni o‘rganish va qo‘shiqlarni takrorlash xotirani rivojlantiradi. Sanʼat va musiqa uslublarini o‘rganish bolalarda o‘z ona tili va xorijiy tillarning ahamiyatiga nisbatan tushuncha va hurmatni shakllantiradi. Bolalar o‘zlari tayyorlagan yoki o‘qiyotgan kitoblaridagi rasmlar orqali tasviriy sanʼatdan xabardor bo‘ladi. So‘zlardan foydalanish, lug‘at boyligini oshirish bolalarga ijodkorlikda o‘zlarini yaxshiroq ifodalash imkonini beradi.
Fan va tabiat” markazi. Hayot, yer, ekologiya va fizika fanlari haqidagi kitoblarni o‘qish; savollar va kuzatishlarni yozib olish bolalarni fan va tabiatni o‘rganishga undaydi. Tajriba orqali bolalar o‘z fikrlarini aniq shakllantirishni, maqsad va vazifalar qo‘yishni, taqqoslashni, savollar berishni, xulosa chiqarishni, mulohaza va xulosalarini bildirishni o‘rganadi. Bunda maktabgacha yoshdagi bolalar nutqining grammatik tuzilishi va nutq ravonligi takomillashadi. Bolalar vaqt (kecha, bugun, ertaga, oldin, keyin va hokazo) haqidagi tasavvurga; joy (oldinda, orqadan, yonma-yon, o‘rtasida, ichida, tashqaridan) haqidagi tasavvurga; ilm-fanga tegishli tushunchalarga (og‘ir-yengil, jonli-jonsiz, yangi-eski va boshqalar) ega bo‘ladi; so‘z boyligini sezilarli darajada oshiradi va savodxonligini shakllantiradi.
Qurilish, konstruksiyalash va matematika” markazi. Nutq rivojlanishi inshootlarni nomlash, bino bo‘limlarining shakl va o‘lchamlarini tavsiflash, bo‘lajak imorat va u haqidagi hikoyalarni muhokama qilish, taqqoslash imkonini beradigan (bir xil, boshqacha, uzun, qisqa va h.k.) tegishli kitoblar va leksika bilan tanishish jarayonida amalga oshadi. Shuningdek, matematika miyaning nutq rivojlanishiga taʼsir ko‘rsatuvchi maʼlum markazlarini rivojlantirishga yordam beradigan idrok, fikrlash ishlari (taqqoslash, abstraksiyalash, simvollar bilan ifodalash), diqqat va xotirani rivojlantirish uchun ham imkoniyatlar eshigini ochadi. Nutqni rivojlantirish mashg‘ulotlarida matematik kontentli o‘yinlardan foydalaniladi (vaqt, fasllar bo‘yicha oriyentatsiya, geometrik shakl va ranglarni mustahkamlash, joy oriyentatsiyasi, hisoblash ko‘nikmalarini mustahkamlash, predmetlarni taqqoslash). Bu o‘yinlar bolalarga otlarni kelishikda sonlar (sanoq va tartib sonlar) bilan moslashtirish mahoratini mustahkamlashga, so‘zlarning tovushli tahlilini mashq qilishga, so‘zlarning kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ri talaffuz qilishni o‘rganishga yordam beradi, shu bilan birga, nutq ravonligini ham rivojlantiradi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin