3-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: sujeli-rolli o‘yin loyihasi, syujetli-rolli o‘yinlar, tarbiyalanuvchini har tomonlama rivojlanishida loyihalashning ahamiyati, tarbiyachi rahbarligi yuzasidan ma’lumotlar berish. 3-asosiy savolning bayoni. Taniqli pedagog olimlarning olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra, bolalarning sujeli-rolli o‘yin loyihalariga har tomonlama to‘g‘ri rahbarlik qilish orqali bolalarga o‘yinning mazmunini, tashkil etishni, tuzilishini, bolalarning axloqiy munosabatlar, bolalar o‘yinlarining rivojlanib, takomillashib borishiga ta’sir ko‘rsatishini ko‘rish mumkin. Sujetli-rolli o‘yin turli o‘zgarishlarga uchrab, qoidalarga ega bo‘lgan o‘yinlarga aylanishi mumkin.
O‘yinlarni joyihalash davomida bola shaxs sifatida shakllanib boradi. Tarbiyachi o‘yin orqali bolalarni o‘z xalqiga, ona-Vataniga, boshqa millat vakillariga bo‘lgan ijobiy munosabatlarini shakillantiradi. O‘yin oqrali bolalarda jasurlik, rostgo‘ylik, o‘zini tuta bilish, tashabbuskorlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. O‘yin bolalarda ijtimoiy axloqni, ularni hayotga, teng‘doshlari va kattalarga bo‘lgan munosabatlarini shakllantiradi.O‘yin jarayonida bolalar o‘z xohish-istaklarini jamoa bilan kelishib olishga, o‘yinda o‘rnatilgan qoidalarga rioya qilishga o‘rganib boradilar.
Syujetli-rolli o‘yinlarni loyihalash jarayonida bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda oddiydan murakkabga qarab yo‘naltirib borish maqsadga muvofiqdir.Masalan, o‘rta yosh guruhi uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar tanlanadi. Katta guruh bolalari uchun asar qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari, ularning ruhiy kechinmalari, quvonch va qayg‘ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi. Tarbiyachilar bolalar bilan suhbatlasha turib sahnalashtirish uchun tanlangan hikoya yoki ertak qahramonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qilad.Tarbiyachi bolalar bilan asarlar yuzasidan suhbat olib borish jarayonida e’tiborga molik tomonlarini hisobga olib boradi. Bolalarga qaysi asar yoqqanligi, ular ko‘proq qaysi asarni sahnalashtirishni yoqtirishlarini,qaysi bola topshirilgan rolni yahshi ijro eta olganligi, rollarni ijro etishda qnday qiyinchiliklarga duch kelganliklarini haqida qayd etib qo‘yadi, Bu qaydlar kelgusda bolalar bilan tashkil etiladigan asarlarni sahnalashtirishni loyihalashda qol keladi.