Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua


-mavzu. Rivojlantiruvchi til va nutq markazida pedagogik faoliyatni rejalashtirish



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə34/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

9-mavzu. Rivojlantiruvchi til va nutq markazida pedagogik faoliyatni rejalashtirish


Asosiy savollar:
1. Rivojlantiruvchi til va nutq markazi haqida tushincha.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni nutqiy faoliyatini rivojlantirish faoliyatini loyihalashtirish.
3. Nutqiy faoliyatni loyihalashtirish usullari.


Mavzuga doir asosiy tushuncha va iboralar: shaxs, individual xususiyatlar, nutq markazi ta’lim, tarbiya, nutq qobiliyati, rivojlanish, omillar, yosh davrlari, to‘g‘ri talaffuz, ijtimoiy muhit, ijtimoiylashuv.
1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: rivojlantiruvchi til va nutq markazi haqida tushincha, tarbiyalanuvchilarning nutq qobiliyatini takomillashtirish yuzasidan ma’lumotlar berish.
1-asosiy savolning bayoni.
O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari bola rivojlanishining beshta asosiy sohasini, jumladan, “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari” sohasini belgilab beradi. Ushbu talablar milliy, umuminsoniy va maʼnaviy qadriyatlar asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning parvarishi va taʼlimi sifatini taʼminlab berishni, shuningdek, ularni tarbiyalash va rivojlantirishning samarali shakllari va metodlarini joriy etishni eng muhim vazifalar deb hisoblaydi.
Kichkina bolalar - tashqi taʼsirlarsiz, aniq fikrlaydigan, qiziquvchan, kattalar olamiga kirishga intiladigan shaxslar. Bu olamning kalitlaridan biri – savodxonlik. Savodxonlik eng muhim akademik ko‘nikma hisoblanadi, chunki bolalarning maktabdagi va undan keyingi hayotidagi muvaffaqiyati matnni ravon o‘qish va to‘liq tushunish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Nutqni o‘zlashtirish – kattalar va bolalar bir-biri bilan gaplashganda va bir-birini tinglaganda sodir bo‘ladigan ikki tomonlama almashinuv. Pedagogning eng katta vazifalaridan biri kamroq so‘zlash va bolani ko‘proq gapirishga undash sanaladi. Pedagoglar kun davomida ahamiyatli voqealar haqida hikoya qilib berish orqali bolalarga tinglash va gapirishni o‘rganishda yordam berishi mumkin. O‘zaro munosabatlarning mazkur barcha ko‘rinishlari bolalarning so‘z boyligini oshiradi, shunday qilib, ular o‘qishni boshlaganida matnni tushunishi oson bo‘ladi. So‘zlarni bilish (so‘z boyligi miqdori) va o‘qish mahorati o‘rtasida yaqin bog‘liqlik bor. Maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagogining zimmasiga barcha yoshdagi tarbiyalanuvchilarning nutq qobiliyatini rivojlantirish va to‘g‘rilash maqsadida standart va integratsiyalashgan umumiy ta’limiy mashg‘ulotlarni loyihalash uchun guruhda rivojlantiruvchi o‘qish muhitini tashkillash vazifasi yuklatilgan. “Til va nutq” rivojlantirish markazida talimiy mashg‘ulotlar individual va 2–3 ta tarbiyalanuvchidan iborat kichik guruhlarda o‘tkaziladi. Shuningdek, u bolalarning mustaqil faoliyati markazlaridan biriga aylanadi, bu yerda ko‘rgazmali materiallarni o‘rganish va o‘ynash ular uchun yoqimli va qiziqarli bo‘ladi. “Til va nutq” markazining maqsadi –tarbiyalanuvchilarning nutq qobiliyatini takomillashtirish uchun rivojlantiruvchi muhitni optimal tashkil etishdan iborat.
Til va nutq” markazining vazifalari:
    • Fonematik eshitish qobiliyatini rivojlantirish(so‘z tarkibidagi fonema va tovushlarni farqlay olish).


    • Nutqiy nafas olishni rivojlantirish.


    • Ovozni idrok qilishni takomillashtirish.


    • Talaffuz motorikasini rivojlantirish.


    • To‘g‘ri talaffuz qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash.


    • Tushunchalar va leksik-grammatik kategoriyalarni umumlashtiruvchi lug‘atni faollashtirish.


    • Monolog nutqni rivojlantirish.


    • O‘qish-yozishni o‘rgatishga tayyorlash.


    • Bolalar jamoasida nutqiy muloqot madaniyatini shakllantirish.


    • Hamdardlik tuyg‘usini tarbiyalash (qayg‘usiga sherik bo‘lish, qo‘llabquvvatlash istagi).


    • Guruhda do‘stona munosabatlarni mustahkamlash.


    • Jamoaviy ishlash uchun ijobiy motivatsiya hosil qilish.


“Til va nutq” markazining olib boriladigan ta’limiy faoliyatlarni loyihalashda rivojlanish sohalari bo‘yicha integratsiyasi ta’minlanishi talab etiladi.


Til va nutq” markazining rivojlanish sohalari bo‘yicha integratsiyasi:
    • Bolalar bilan nutq va savodxonlikni takomillashtirish ustida ishlashda pedagoglar ularga ijtimoiy-hissiy, jismoniy va aqliy rivojlanishda, shuningdek, boshqa sohalarda (matematika, ilm-fan, texnologiya, ijodkorlik) asosiy kompetensiyalarni rivojlantirish imkonini beradi.




Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish:
    • harakat orqali nutqni rivojlantirish;


    • jismoniy tarbiya jarayonida makon va zamon tasavvurlarining shakllanishi;


    • ko‘rgazmali faoliyat jarayonida materiallarning turli xil xususiyatlarini va predmetlarning vazifalarini o‘rganish;


    • harakatlantiruvchi mashg‘ulotlar jarayonida bilish faoliyatining turli ko‘rinishlari shakllanishi;


    • yozish ko‘nikmalarini egallashga tayyorlanish uchun qo‘lning kichik mushaklari va ko‘rish-harakatlanish muvofiqligini rivojlantirish;


    • turli xil yozish uskunalari, jumladan, klaviaturadan foydalanish;


    • predmetlarning tashqi xususiyatlari, shakli, rangi, o‘lchami, hidi, taʼmi, makon va zamondagi o‘rnini tavsiflash va anglash jarayonida sensomotorika va nutqni rivojlantirish.




Ijtimoiy-hissiy rivojlanish: Kelishmovchiliklarni mustaqil hal qilish yoki hissiyotlarni boshqarish uchun mashg‘ulot loyihalarida pedagogik vaziyatlarni yaratish, axloqiy sifatlarni rivojlantirish, bolalarni o‘z-o‘ziga va tengdoshlarining xatti-harakatlariga baho berishga, muammolarni hal qilishga undash.
    • mutolaa va kitob ulashishdan zavqlanish tuyg‘usini rivojlantirish;


    • qahramonlarning o‘xshash va farqli tomonlarini o‘rganish;


    • ruhiy kechinmalarni (o‘zining va boshqalarning) va ularni qanday ifodalashni o‘rganish;


    • fikr almashishning yangi usullarini o‘rganish;


    • atrof-muhit va narsalar haqida qayg‘urishni o‘rganish;


    • bolalarni kattalar mehnati, mehnatning inson hayotidagi ahamiyati bilan tanishtirish; mehnatga nisbatan hurmatni tarbiyalash;


    • mehnatga oid harakatlarni, kasb-hunar va baʼzi mehnat qurollarini nomlay olishni o‘rgatish.


    • his-tuyg‘ular haqidagi tushunchalarni o‘rgatish (xijolat tortgan, qo‘rqqan, xursand va h. k.). Bilish jarayonini rivojlantirish:


    • Bilish va o‘z-o‘zini nazorat qilish qobiliyatining shakllanishi fikrlash jarayonlarini – taqqoslash, tahlil qilish, sintezlash, umumlashtirish hamda tasniflashni o‘z ichiga oladi, shuningdek, nutqning har tomonlama rivojlanishini rag‘batlantiradi, lug‘at boyligini ko‘paytirishga yordam beradi.


    • Matnlarni tinglash va tushunish mahoratining shakllanishi;


    • sabab-taʼsir munosabatlarini aniqlashni o‘rgatish;


    • diqqatni jamlash, voqealar ketma-ketligini aniqlash.


    • boshlang‘ich matematik tushunchalarning shakllanishi bolalarga taqqoslash, tenglashtirish, vaqt va joy (atrofida, ortida, oldida, orqadan, ichida, tepasida, ostida va h.k.) masalalarini yaxshi tushunish mahoratini o‘rgatishni ko‘zda tutadi.


    • kitoblardagi sonlar, shakllar va geometriyani o‘rganish;


    • shablonlarni o‘rganish (muayyan iboralar hikoya va kitoblarda qanday takrorlanishi).


    • matematika bilan bog‘liq tushunchalarni (tomon, burchak, uchburchak, to‘rtburchak va h.k.) o‘rgatish;


    • hayot, yer, atrof-muhit va fizika fanlari haqida mutolaa qilish;


    • ko‘ringan narsalarni kuzatish va qayd etib borish;


    • geografiyani o‘rganish;


    • tarixni o‘rganish;


    • kelajak haqida faraz qilish.




Ijodiy rivojlanish: Bolalarga mayda qo‘l motorikasini rivojlantirishga yordam beradigan ijodiy ishlarni yaratishni o‘rgatish bajariladigan harakatlarning aniqligini oshiradi; ish jarayonida bolalar turli xil materiallar va ularning xususiyatlari bilan tanishadi.
    • Qofiyani o‘rganish va qo‘shiqlarni takrorlash;


    • sanʼat va musiqa uslublarini o‘rganish; h


    • o‘qiyotgan va tayyorlagan kitoblari orqali suratlar va tasviriy sanʼatni o‘rganish;


    • o‘zini ijodkorlikda ifodalash uchun so‘zlardan foydalanish;


    • hikoya, ertak va boshqalardan foydalanish;


    • o‘z yurtining tarixiy-madaniy merosiga hurmatni shakllantirish.





Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin