Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua


- Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun syujetli-rolli oyinlarni loyihalashtirish



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə30/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

8 - Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun syujetli-rolli oyinlarni loyihalashtirish


Asosiy savollar
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi rivojlantiruvchi sujetli-rolli o‘yinlar va drammalashtirish markaz faoliyati haqida tushuncha.
2. Sujetli-rolli o‘yinlar turlari.
3. Sahnalashtirishga rahbarlik qilish.


Mavzuga doir asosiy tushuncha va iboralar: syujetli-rolli o‘yinlar, rammalashtirish, bolalarni rivojlantirish sohalari, bolalarni rivojlantirish sohalari .
1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: pedagogik faoliyat “Syujetli-rolli o‘yinlar va drammalashtirish markazi” ahamiyati, bolalarni rivojlantirish sohalari bo‘yicha integratsiyaashning ahamiyati yuzasidan ma’lumotlar berish.
1-asosiy savolning bayoni.
Syujetli-rolli o‘yinlar va drammalashtirish markazi bolalarda haqiqiy hayot sahnalarini namoyish etish istagini kuchaytiradi. Bu ularga atrofda sodir bo‘layotgan voqealarni yaxshiroq tushunishga va ularning ushbu dunyodagi rollarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Jamoada munosabatlar madaniyati shakllanadi, kattalar va turli kasblar ishiga hurmat yuzaga keladi, shu bilan birga, asosiy ijtimoiy vakolatlar ham shakllanadi.
Syujetli-rolli o‘yinlar jarayonida bola qiziqarli rolni bajarishga harakat qiladi, o‘ylab topilgan vaziyatda harakat qilish uchun xotira va tasavvur shakllaridan foydalanadi. Tarbiyachilar ushbu markazda bolalarni o‘qitish uchun rekvizitlarni tanlaydilar, biroq bunday rekvizitlarni tanlash bolalar namoyish etgan qiziqishlarga ko‘proq asoslanadi. Ilk bolalikdan boshlab bolalar eshitgan ovozlari va ular ko‘rgan harakatlarga taqlid qiladilar. “Xazil asosida tashkil etilgan” harakatlardan zavqlanib, bolalar yangi vaziyatlarga harakat va ovoz bilan munosabat bildirishadi va o‘ynashadi. Ushbu o‘yin qo‘llab-quvvatlansa, u sahnalashtirish, ya’ni san’at turi va voqelikni o‘zlashtirish usuliga aylanadi.
Syujetli-rolli o‘yinlar va drammalashtirish markazi maqsadi — xayoliy vaziyatlarda bolaning shaxsini har tomonlama rivojlantirish.
Vazifalar: -Rol va ijodiy qobiliyatlar, shuningdek, harakatlarini shakllantirish; taqlidni rivojlantirish;
    • O‘yinda muloqot qobiliyatlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish;


    • Bolalar adabiyoti, musiqa, tasviriy san’at, odob-axloq qoidalari, marosimlar, urfodatlar bilan tanishtirish, ularga doimiy qiziqish uyg‘otish;


    • O‘yinda ma’lum tajribalarni o‘zida mujassam etish mahoratini takomillashtirish;


    • O‘yinda musiqiy asboblardan foydalanish, raqs hamda qo‘shiq elementlarini qo‘shish;


    • Kattalarning kasbiy faoliyatiga qiziqishni shakllantirish (militsiya hodimlari, qutqaruvchilar, shifokorlar, kosmonavtlar, olimlar va boshqa kasb o‘yinlari)


    • Bo’lajak o‘yinlar uchun bezaklar va atributlarni tayyorlash uchun qiziqish uyg‘otish;


    • Rollarni mustaqil ravishda taqsimlash, o‘yin uchun buyumlarni tanlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;


    • Bolalarning ijtimoiy tajribasini boyitish (kutubxonada, do‘konda, jamoat transportida, tibbiyot muassasalarida va boshqalarda o‘zini tutish qoidalari);


    • Bog’langan nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish (lug’atini boyitish, tovush madaniyatini, intonatsion tuzilishini).




Bolalarni rivojlantirish sohalari bo‘yicha integratsiya: Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazi bolaning barcha rivojlanish javhalarini faollashtiradi. Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazi bolaga barcha sohalarda: ijtimoiy va hissiy, jismoniy, bilish jarayoni va ijodiy rivojlanishga ko‘maklashadi.
Ijtimoiy va hissiy rivojlanish quyidagilar asosida shakllanadi:
Yangi vaziyatlarga moslashish.
    • Hamkorlik.


    • Boshqalarning huquqlari, sa’yharakatlari va g‘oyalariga hurmat.


    • O‘yin uchun rollar va g‘oyalarni muhokama qilish.


    • Qaror qabul qilish va muammolarni hal qilish.


    • Nizolarni hal qilish ko‘nikmalari.


    • Tuyg‘ularni, istaklarni, qo‘rquvlarni, umidsizlikni ifodalash va tushunish.


    • Istak va tasavvurlarni ifoda etish (masalan, kenja bola o‘zini katta opa qilib ko‘rsatadi)


Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish quyidagilarga bog‘liq:


- Ochiq havoda yoki keng xonada xavfdan “qochish”, tog‘ga “chiqish” yoki velosipedda yurish mumkin (bola mashinani haydashni yoki ot minishni tasavvur qiladi)
- Yirik va mayda motorikani rivojlantirish.
- Qo‘llar va ko‘zlar harakatlarini muvofiqlashtirish va aniqligini rivojlantirish (misol uchun, yozuv, tikish, ovqat tayyorlash va boshqalarni tasavvur qilish vaqtida).
- Uy markazida oziq-ovqat yoki mahsulot nomlarini aniqlash.
Bilish jarayonning rivojlanishi quyidagilar asosida amalga oshadi:
    • Qiziqish, gipotezani oldinga surish, tajribalar o‘tkazish.


    • Rejalashtirish va baholash.


    • Axborotni tashkil etish.


    • Sabab-oqibat munosabatlarini aniqlash.


    • Topshiriq yechimini topish uchun diqqat va qat’iylik.


    • Turli xil yechimlarni topish.


    • Mantiqni rivojlantirish.


    • Tasvirlarni yaratish va talqin qilish.




Nutq va savodxonlikning rivojlanishi quyidagilar asosida amalga oshadi:
- Lug‘atni o‘rganish (Lug‘atni boyitish)
- Lug’atni yangi so‘zlar bilan boyitish
- Belgilar, ro‘yxatlar, xabarlar, xatlarni yozish
- Kitoblar, hikoyalar va o‘yin mavzulari o‘rtasida aloqani o‘rnatish
- Kattalarning o‘qish va yozishiga taqlid qilish
- Lavhalarni nomlash va tavsiflash
Savollar berish. Suhbatlarda qatnashish quyidagilarga bog‘liq:
    • Ma’naviy va milliy qadriyatlarga kirishish?;


    • Bolalar adabiyoti bilan tanishish.


Ijodning rivojlanishi quyidagilarga bog‘liq:


    • Bir xil obyektdan turli yo‘llar bilan foydalanish;


    • Rekvizitlarni yaratish;


    • O‘yinni jarayonida qo‘shiqlar, she’rlar ijro etish;


    • “Joy” hissini yaratish uchun materiallarni qayta tartibga solish va ulardan foydalanish;


    • “Joy” hissini yaxshilash uchun yozuvlar va rasmlar yaratish.





Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin