2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: bolalarning faoliyat turlari, stol usti o‘yinchoqlar teatri, bibabo qo‘g‘irchoqlari bilan sahnalashtirish, teatrlashtirilgan namoyishlar haqida ma’lumotlar berish. 2-asosiy savolning bayoni. “Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish” markazida bolalarning faoliyat turlari.
O‘ylab topilgan xayoliy holatlar sharoitida harakatlar bilan ijodiy syujetli-rolli o‘yinlar;
Kattalar kasbiy faoliyati mazmunini bolalar tomonidan tasvirlash ishbilarmonlik o‘yini;
Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning kundalik hayotdagi ahamiyati, jinsidan qat’iy nazar, professionallik to‘g‘risida g‘oyalarni shakllantirish asosidagi o‘g‘il va qiz bolalarning birga o‘yinfdigan syujetli-rolli o‘yinlari;
Adabiy va folklor asarlarni badiiy idrok etish;
Mustaqil ijodiy faoliyat;
Stol usti o‘yinchoqlar teatri;
stol usti rasm teatri; stend-daftar;
Barmoqlarda personajlar bilan o‘yinlar, bibabo qo‘g‘irchoqlari bilan;
Taqlid o‘yinlari (hayvonlar, odamlar tasvirlari, adabiy belgilar);
Badiiy asarlarni sahnalashtirish;
Bir yoki bir nechta asarlar asosida spektakllarni sahnalashtirish;
Oldindan tayyorgarliksiz lavhalarni namoyish qilish;
Xalq ertaklari mavzusidagi ta’limiy o‘yinlari;
Teatrlashtirilgan namoyishlarga asoslangan sport tadbirlari.
“Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish” markazini boshqa rivolantirish markazlari bilan itegratsiyasi:
“Til va nutq” markazi. Lug‘atni boyitish va tushunchalarni rivojlantirish — muvaffaqiyatli o‘qish va tushunish uchun muhim shartdir. O‘yin davomida muloqot qilishda bolalar o‘z ona tilidan fikr almashish uchun foydalanadilar, shu bilan so‘z boyligining moslashuvchanligini oshiradilar. Materiallar va buyumlarni o‘xshash va farqli jihatlarga ko‘ra tartibga solish kuzatish qobiliyatini yanada kuchaytiradi. O‘qish vaqtida harflar va so‘zlarni tanib olish uchun ularning o‘xshashlik va farqlarini aniqlash juda muhimdir.
Markazda o‘qilgan asarlar (ertaklar, hikoyalar) asosida sahnalashtirish. Biror-bir mavzuni sahlashtirish bolalarni o‘z tushunchalarini shakllantirishga majbur qiladi. Kelajakda bu ularga voqealarni mantiqiy ketma-ketligini hisobga olish kerak bo‘lgan matnlarni tushunishni osonlashtiradi. Bunday o‘yin uchun ushbu markazda mavjud bo‘lgan kitoblar, rasmlar, qo‘shiqlar, o‘yinchoq hayvonlardan foydalanish mumkin. O‘yinda ishlatiladigan o‘yinchoq telefonlar bolalarga alifboni o‘rganishda yordam beradi.
“San’at” markazi .Teatr bolaning tasavvuriga turli xil ta’sir qiladi, shu jumladan, tasviriy san’at orqali ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bolalar kattalar bilan birgalikda tomoshalar uchun bezaklar va kostyumlarni o‘ylab topishadi. San’at markazi o‘yinlarni qo‘shiqlar, musiqiy asboblar, yozuvlar va zarbli asboblar orqali rag‘batlantiradi. Agar o’yin uchun jixozlar yasach kerak bo’lsa, San’at markaziga murojaat qilish mumkin. U yerdan o‘yinchoq qal’asi uchun bo‘yoq, shlyapalarni tayyorlash uchun qog‘oz, mo‘ylovlarni kesish uchun karton va sirk dorbozlari uchun kanop arqon olish mumkin.
“Qurish yasach va matematika” markazi. Bolalar kelajakdagi sahnalashtirish uchun bezaklarni tayyorlaydilar, Syujetli-rolli o‘yinlar uchun garajlar va uylar quradilar. «Qurish yasach va matematika» markazida o‘yin qurilish elementlari tomonidan faollashtiriladi. Oddiy kubiklar yig‘indisi yong‘inni o‘chirish mashinasi, minora yoki qal’aga aylanishi mumkin. Karton qutilar va eski choyshablardan yashirinish joyi yoki qal’ani tashkil etish mumkin. O‘yinni tashkil qilish uchun ushbu markaz materiallaridan erkin foydalanish kerak, o‘yin yakunidan so‘ng esa ularni o‘z joylariga qaytarib qo‘yish mumkin. O‘yin bolaga boshlang‘ich matematik tushunchalar bilan tanishish imkoniyatini beradi. O‘yinda bola turli xil guruhlar va materiallar hamda buyumlarning kichik guruhlariga duch keladi. Ovqat pishirish uchun mo‘ljallangan buyumlarni oshxona 6 anjomlari guruhiga, qozon va tovoqlarni boshqa guruhga o‘tkazish mumkin. Piajening iboralarida bu “tasniflash” deb nomlanadi va muhim mantiqiy tushuncha hisoblanadi. Bola olma va stullarni qo‘shishni yoki ayirishni boshlashdan oldin, u ko‘plik yoki “tasnif” nima ekanligini tushunishi kerak. Bolalar xayolida kechki ovqat uchun dasturxonni yozish orqali o‘zaro bir xil ma’noga egalik tushunchasi bilan tanishishlari mumkin. Har bir bolada bitta stul, bitta likopcha, sanchqi, pichoq va qoshiq borligini ta’minlashga harakat qilib, bola “yetarli”, “juda oz”, “ko‘proq” va “bir xil” kabi so‘zlarni tushuna boshlaydi. O‘yinda bolalar “kattaroq”, “kichikroq”, “kengroq”, “torroq”, “og‘irroq”, “yengilroq” kabi tushunchalarni ham qo‘llaydilar. Qarsak chalish, qo‘shiq kuylash va qadam bosib yurish bolalarga hisoblash, ketma-ketlikni aniqlash va takroriy kombinatsiyalarni o‘rganishda foydali bo‘ladigan faoliyatni o‘zlashtirishga imkon beradi.
“Fan va tabiat” markazi .O‘yin ilmiy xarakterdagi tushunchalar va usullarning rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Bolalar tajriba o‘tkazishlari. Bolala o‘zlarining “agar ... bo‘lsa, nima bo‘ladi?” savollariga javob oladiar.Markazdagi olib borilgan tekshirishlari “agar men buni yana bir marta qilsam, bu sodir bo‘ladimi?” kabi savollariga javob bo‘lishi mumkin. Bolalar ilmiy usullardan biri kuzatuv orqali narsalarni o‘xshashlik va farqlar jihatidan taqqoslab o‘rganadilar. Ular savollar berishadi va vaziyatlarni umumlashtiradilar. Ushbu harakatlarning barchasi bolalarga keyinchalik ular ilm-fanga duch kelgan vaqtlarida yordam beradi. “Hayvonot bog‘i”, “Hayvonlarni davolaymiz”, “Laboratoriya” o‘yinlaridagi bolalar bevosita ushbu markazga murojaat qiladilar.