Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua


-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy folligini oshirish texnologiyalari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə41/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

11-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy folligini oshirish texnologiyalari.


Asosiy savollar
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotining turli yosh guruhlarida jismoniy harakatlarni loyihalashtirish
2. Mashg‘ulotlar orasida chalg‘ituvchi jismoniy harakatlarni rejalashtirish


Mavzuga doir asosiy tushuncha va iboralar: shaxs, individual xususiyatlar, ta’lim, tarbiya, rivojlanish, omillar, yosh davrlari,ijtimoiy muhit, ijtimoiylashuv.
1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: pedagogik loyihaviy faoliyat, pedagogik faoliyatni loyihalashning ahamiyati, tarbiyalanuvchini har tomonlama rivojlanishida loyihalashning ahamiyati yuzasidan ma’lumotlar berish.
1-asosiy savolning bayoni:
O‘zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablarining maqsadlari — mamlakatda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda, maktabgacha ta’lim tizimida ma’nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdir. Davlat talablariga muvofiq rivojlanish sohalari. 1. “Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi” sohasi. 2. “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi. 3. “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasi. 4. “Bilish jarayonini rivojlanishi” sohasi. 5. “Ijodiy rivojlanish” sohalaridan iborat.
Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi”— bu muvofiqlik va moslashuvchanlik kabi jismoniy fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan, tana tayanch-harakat tizimining to‘g‘ri shakllanishiga hissa qo‘shadigan, muvozanatni rivojlantirish, harakatlar va ikki qo‘lning yirik va mayda motorikasini muvofiqlashtirish, shuningdek, tanaga zarar yetkazmaydigan asosiy harakatlarning to‘g‘ri bajarilishi (yurish, chopish, sakrash va ikki tomonga burilish, tirmashib chiqish va hokazo), ba’zi bir sport turlari to‘g‘risida dastlabki tushunchalarni shakllantirish, faol o‘yinlar va ularning qoidalari haqidagi bilimlarni o‘zlashtirish, harakatlanish sohasida maqsadga intiluvchanlik va o‘zini-o‘zi boshqarish, sog‘lom turmush tarzining qadriyatlar tizimini shakllantirish hamda uning dastlabki normalari va qoidalarini o‘zlashtirishda tajriba to‘plashni o‘z ichiga oladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning asosiy maqsad va vazifalar”:
- bolalarning harakatlanish faoliyatida tajriba to‘plash, asosiy harakatlarni bajarish;
- hyirik va mayda motorika harakatlarini muvofiqlashtirish (barmoqlar va qo‘l bo‘g‘imlari harakatlari);
- harakatlanish sohasida maqsadga intiluvchanlik va o‘zini o‘zi boshqarishni shakllantirish;
- ayrim sport turlari to‘g‘risida dastlabki tushunchalarni shakllantirish;
- sog‘lom turmush tarzining qadriyatlar tizimini shakllantirish, sog‘liq to‘g‘risida elementar tushunchalarni shakllantirish;
- sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, shaxsiy gigiyena ko‘nikmalarini o‘zlashtirish;
- sog‘lom ovqatlanish, uyda va tabiat muhitida baxtsiz hodisalar hamda yo‘ltransport hodisalarini oldini olishga oid asosiy bilimlarni egallash.
“Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning ahamiyati”. Jismoniy rivojlanish, sog‘liq va jismoniy faollik barcha bolalar uchun ta’limning asosiy elementlari bo‘lib, ular butun hayot davomida faol va sog‘lom turmush tarziga asos bo‘lib xizmat qiladi. Sog‘lom jismoniy holat bolalarga turli xil faoliyat sohalarida faol ishtirok etish uchun kuch va chidam, muvozanat va bardoshlilikni beradi. Motorikaning rivojlanishi kognitiv, ijtimoiy-hissiy rivojlanish, nutq va muloqotning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq. Bolalarda jismoniy rivojlanish va harakat ko‘nikmalarining shakllanishi ularga kattalar tomonidan taqdim etiladigan sog‘ovqatlanish, harakatlanish faoliyatini rag‘batlantirish kabi tashqi omillarga ham bog‘liq.
Jismoniy rivojlanish quyidagi kichik sohalarni o‘z ichiga oladi:
Yirik motorika;
Mayda motorika;
Sensomotorika;
Sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik
Maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda jismoniy rivojlanish sohasining birinch kichik sohasi yirik motorikani rivojlantirish bolalar bilan kun davomida ertalabki badantarbiya, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etish va jismoniy harkatli o‘yinlarni loyihalash orqali ta’minlanadi.
Tarbiyachilar jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini loyihalashda quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim.
1.Mashgulotni loyihalashda bolaning yoshini hisobga olish.
2.Mashg‘ulot uchun tanlangan mashqlarning qiyinlik darajasiga e’tibor qaratish.
3.Mashg‘ulotni to‘g‘ri ketma-ketlikda tuzilganligi.
4.Mashg‘ulot o‘tkaziladigan maydonning gigiynik tozaligi va xavfsizlik darajasi.
5.Mashg‘ulotning boshlanishi va tugallash qismidagi bolaning holatiga e’tiborli bo‘lish.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari o‘zaro bog‘liq uch qismdan: kirish tayyorgarlik, asosiy va yakunlovchi qismdan iborat. Ta’limiy, tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalari mashg‘ulotning har bir qismi uchun baravar muhim ahamiyatga ega. Mazkur vazifalarni bajarish bolalarga har tomonlama ta’sir etishni ta’minlaydi.
Mashg‘ulotning kirish-tayyorgarlik qismi vazifalari va mazmuni. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotining birinchi qismiga qo‘yilgan vazifalar va uning asosiy qismidagi mashqlar mazmuniga ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Mashg‘ulotning kirish qismi vazifasi bolalarda unga nisbatan qiziqish va emotsional kayfiyat paydo qilishdan, diqqatning tayyorgarlik darajasini tekshirishdan, ayrim harakat ko‘nikmalarini aniqlashtirishdan, bola organizmini asta-sekin mashg‘ulotning asosiy qismida baariladigan birmuncha faol faoliyatga tayyorlashdan iborat. Shu maqsadda bolalarga to‘g‘ri qomatni tarbiyalashga, yassitovonlikning oldini olishga yordam beradigan, fazoda hamda jamoada mo‘ljal olish bilan bog‘liq, bajarilishi ko‘p vaqtni talab qilmaydigan tanish mashqlar va ularning variantlarini bajarish taklif etiladi. Bunday mashqlarga quyidagilar kiradi: saflanish mashqlari — turlicha saflanishlar va qayta saflanishlar; turli topshiriqlar bilan bajariladigan (yo‘nalishi ko‘rsatilgan burilishlar, boshlov chilarni almashtirish va boshqalar) yurish va yugurish; tarqalib yengil yugurish hamda keyinchalik katta va kichik davra, ketma-ket va hokazo bo‘lib saflanish; turli ko‘rinishdagi va yassitovonlikning oldini olish maqsadidagi yurishlar – tovonda, oyoq uchida, poldagi qalin shnur ustida, narvonda yurish va boshqa mashqlar. Kirish qismi bolalarning kolonnaga uch to‘rttadan bo‘lib, doira bo‘lib saflanishi, tarqalishi va hokazolar bilan yakunlanadi. Bu bolalarni mashg‘ulotning asosiy qismi boshlanishidagi umumrivojlantiruvchi mashqlarni o‘rgatishga o‘tish uchun xizmat qiladi. Bu qism kichik guruhlarda 2 minutdan 4 minutgacha, o‘rta guruhlarda 3 minutdan 5 minutgacha, katta guruhlarda 4 minutdan 6 minutgacha davom etadi. Agar mashg‘ulotning birinchi qismi kirish-tayyorlov qismi sifatida rejalashtirilsa, uning boshlanishida yuqorida ko‘rsatilgan kirish qismi uchun mo‘ljallangan mashqlar beriladi.
Mashg‘ulotning ikkinchi (asosiy) qismida quyidagi pedagogik vazifalar hal qilinadi: bolalarga yangi mashqlar o‘rgatish, ilgari o‘tilgan mashqlarni takrorlash va mustahkamlash, harakatlar bo‘yicha bolalarning malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirish, jismoniy sifatlarni tarbiyalash. Mashg‘ulotning bu qismida bola organizmiga anchagina jismoniy ta’sir ko‘rsatiladi. Mashg‘ulotning asosiy qismiga asosiy harakatlarga oid hamda umumiy rivojlanish mashqlariga doir har xil mashqlar, harakatli o‘yinlar, sport o‘yini qismlari kiradi. Asosiy qismning boshlanishida umumrivojlantiruvchi mashqlar bajariladi. Bu mashqlarni bir-biri bilan almashtirib turishning tartibi quyidagicha: dastlab qo‘l va yelka muskullarini mustahkamlashga qaratilgan mashqlar bajariladi. Qaddi-qomatni rostlashga mo‘ljallangan mashqlarga alohida e’tibor beriladi. Umumrivojlantiruvchi mashqlardan keyin asosiy harakat mashqlari (yurish, yugurush, sakrash, tirmashib chiqish, uloqtirish, muvozanat saqlash mashqlari) keladi. Odatda asosiy harakat mashqlaridan bittasi o‘rganish uchun kiritiladi. Biroq, u bilan birga o‘rganish uchun ilgari o‘rganilgan mashqlardan ayrimlari o‘tilganlarni takrorlash va mustahkamlash maqsadida asosiy harakatlarning boshqa turlari ham kiritilishi, qayta saflanish uchun, o‘yin metodlarini o‘rganish uchun va boshqa yengil mashqlar ham o‘rganilishi mumkin. Ayrim asosiy harakatlarni esa butunlay bir-biri bilan bog‘liq holda olib borish maqsadga muvofiqdir. Masalan, arg‘amchi ostidan emaklab o‘tish, emaklab o‘tgandan keyin tik turib yurib ketish, kubikni bosmasdan sakrab o‘tish yoki osib qo‘yilgan buyumga sakrash singari harakatlar shular jumlasidandir. Mashg‘ulotning asosiy qismiga harakatli o‘yinlar albatta kiritiladi, chunki ular mashg‘ulotning bolalarga fiziologik va emotsional ta’sirini kuchaytiradi. Harakatli o‘yinlar mashg‘ulotning butun asosiy qismi mazmunini tashkil qilibgina qolmay, balki uning boshqa qismlarida ham qo‘llanilishi mumkin. Bunday holda u yoki bu o‘yinning, masalan, “Quvnoq shaharcha” (shaharcha), “basketbol” o‘yinlarining usul va qoidalarini o‘rganish mashg‘ulotning aniq pedagogik vazifasini hal qilish vositasiga aylanadi. Mashg‘ulotning asosiy qismi o‘quv materialining to‘g‘ri va aniq joylashtirilishi alohida ahamiyatga egadir. Ko‘proq diqqat- e’tiborni va aniqlikni talab qiladigan mashqlar, masalan, gimnastika skameykasining ingichka reykasida bajariladigan muvozanat saqlash mashqlarini o‘rganish singari, yangi materillarni o‘rganish mashqlari dastlab asosiy qismda o‘tkaziladi, bolalar shundan keyin esa ilgari tanish bo‘lgan mashq va o‘yinlarga o‘tadilar. Organizmga anchagina jismoniy vazifa berish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy qism mashqlari odatda mashg‘ulotdagi kam vazifali mashqlardan keyin o‘tkaziladi. Shu yo‘l bilan vazifani oshirib borishda izchillikka erishiladi. Uzoqqa uloqtirish mashqlari, misol uchun, yugurush va sakrash bilan bog‘liq bo‘lgan faol o‘yinlardan oldin o‘tkaziladi. Nazorat xilidagi mashg‘ulotlarda ko‘nikma malakalarni dast labki tayyorgarlikdan, mashqlarni bajarishga kirishish oldidan o‘tkaziladigan tayyorgarlik mashqidan so‘ng mashg‘ulotning asosiy qismida hisobga olinadi. Mashg‘ulotning uchinchi (xulosa) qismida bola organizmidagi hayajonli holatni asta-sekin sokinlikka tushirish vazifasi hal qilinadi; mashg‘ulotga yakun yasaladi (bunday qilish barcha mashg‘ulotlar uchun shart bo‘lmay, ko‘pincha katta yosh guruhida o‘tkaziladi); faoliyatning boshqa turlariga tashkiliy ravishda o‘tishga kirishiladi. Yakunlovchi qismda sekin yur ish mashqlari o‘tkaziladi (bunday mashqlarni murakkab qayta saflanish mashqlarisiz, diqqatni kuchaytirish topshiriqlarisiz o‘tkazilgani ma’qul), sekin yurish mashqlarida bolalar bir-birining orqasidan yurishi yoki yoyilib alohida-alohida yurishi, nafas olish mashqlarini bajarishi, kam harakatli o‘yinlar, ashulali raqslar ijro etishi mumkin. Mashg‘ulot bolalarning zaldan yoki maydonchadan hamjihatlik bilan chiqib ketishlari bilan yakunlanadi (bunda albatta saf bo‘lib chiqib ketish shart emas); chiqib ketayotganda qo‘shiqlar aytilishi, o‘yin bilan bog‘liq bo‘lgan topshiriqlar bajarilish mumkin. Mashg‘ulotning yakunlovchi qismi davomiyligi kichik guruhlarda 2-3 minutgacha, o‘rta va katta guruhlarda 3-4 minut bo‘ladi. Butun mashg‘ulotning davomiyligi kichik guruhlarda 15– 20 minut, katta guruhlarda 30–35 minutni tashkil etadi. Mashg‘ulotlarda harakatlarni bajarish yuqori jismoniy yuklamani ta’minlaydi.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining bu kabi tashkil etish tartiblarini bilish tarbiyachilarga mashg‘ulotlarni to‘g‘ri loyihalash imkonini beradi.
Ertalabki gimnastikani o‘tkazishda mashqlarni bolalar bilan avval o‘rganilgan mashqlar ichidan oldindan tanlab olishni talab etadi. Tanlab olingan mashqlardan har kuni foydalanish uchun mashqlar komplekslari loyihasi tuziladi. Kompleks uchun mashqlar tanlash organizmning hayot faoliyatini oshirishni ko‘zda tutadi. Bunga asosiy muskul guruhlarini asta-sekin ishga jalb etish, ularni to‘g‘ri qomatni tarbiyalash maqsadlarida rivojlantirish va mustahkamlash orqali erishiladi. Muayyan tartibda joylashgan turli muskul guruhlarini intensiv faoliyatga tortishni ko‘zda tutuvchi mashqlar har bir mashqlar kompleksi mazmunini tashkil etadi. Bunda mashg‘ulotlarning quyidagi izchilligi belgilanadi:
1) yelka kamari muskullarini rivojlantiruvchi va mustahkamlovchi, yelka bo‘g‘imlari, ko‘krak qafasi harakatchanligini rivojlantirishga, umurtqa pog‘onasini rostlashga xizmat qiluvchi mashqlar;
2) orqa muskuli va umurtqa pog‘onasi egiluvchanligini rivojlantirish va mustahkamlashga mo‘ljallangan, bu muskullarning rivojlanishiga xizmat qiluvchi, ichki organlarga massaj kabi ta’sir etuvchi, oyoq bo‘g‘imlarini rivojlantiruvchi, to‘g‘ri qaddi-qomatning shakllanishiga yordam beruvchi mashqlar;
3) qorin va oyoq muskullarini rivojlantirishga mo‘ljallangan, bu muskullarni mustahkamlashga qaratilgan va ichki organlarga massaj kabi tasir qiluvchi mashqlar.
Kompleks mashqlar uchun aniq mashqlarni tanlash bolalar maktabgachata’lim tashkilotlarining har bir yosh guruhi dasturi bilan muayyan guruh bolalari imkoniyatlari va salomatligining ahvoli, shuningdek, ularning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi. Ertalabki badantarbiya organizmning funksional holatiga rohat baxsh etadigan yurish va yengil yugurish yassi tovonlikdan saqlanishni, fazoda mo‘ljal olishni ko‘zda tutuvchi uzoq davom etmaydigan mashqlar bilan boshlanadi. Bunda bolalar umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarish uchun birnecha kolonna bilan yoki doira bo‘lib saflanadilar. So‘ngra yugurish (yoki sakrash) dan asta-sekin avval intensiv, keyin joyida turib yurishga o‘tish va to‘xtash bilan tugallanadigan mashqlar bajariladi. Shunday qilib, ertalabki gimnastika jarayonida barcha asosiy muskul guruhlari ishga tushadi va butun organizmni faoliyat holatiga keltiradi. Yugurish yoki sakrash vaqtida juda katta jismoniy yuklamadan so‘ng uning asta-sekin pasayishi (yurish vaqtida) yuz beradi va to‘xtash chog‘iga kelib organizm holati avvalgi normasiga qaytadi. Ertalabki gimnastika chog‘ida gimnastika inventarlari (bayroqchalar, tayoqchalar, chambaraklar va hokazo) dan foydalanish o‘rinli bo‘ladi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin