Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua


-mavzu. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish bosqichlari va o’ziga hos xususiyatlari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə45/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

12-mavzu. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish bosqichlari va o’ziga hos xususiyatlari


Asosiy savollar
1. Pedagogik texnologiyalarning o‘ziga hos xususiyatlari
2. Maktabgacha ta’limda pedagogik texnologiyalardan foydalanish


Mavzuga doir asosiy tushuncha va iboralar: yangi pedagogik texnologiya, shaxs, individual xususiyatlar, pedagogik texnologiya ta’riflari, rivojlanish, omillar, yosh davrlari,ijtimoiy muhit, ijtimoiylashuv.
1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: "o’qitish texnologiyasi", "ta’limli texnologiya", "ma’lumot texnologiyasi", "o’quv jarayoni texnologiyasi" , pedagogik texnologiyaning rivojlanish tarixi yuzasidan ma’lumotlar berish.
1-asosiy savolning bayoni:
Hozirgi paytda pedagogika fanida pedagogik texnologiyalar, ta’lim texnologiyasi, o’qitish texnologiyasi iboralari tez-tez tilga olinmoqda. Bugungi kungacha pedagogik adabiyotlarda, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda “yangi pedagogik texnologiya”, “ilg’or pedagogik texnologiya”, “zamonaviy ta’lim texnologiyasi”ga oid tushunchalari hali ham bir qolipga tushirilmagan, entsiklapediyalarda izohlanganicha yo’q, uning mazmunini yagona talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan farqlanuvchi ko’pgina ta’riflari mavjud.
Pedagogik texnologiya - shunday bilimlar sohasiki, ular vositasida uchinchi ming yillikda davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi, o’qituvchi faoliyati yangilanadi, o’quvchi va talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, isonparvarlik tuyg’ulari tizimi shakllantiriladi.
Ma’lumotlilik asosida yotuvchi bosh g’oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab yetadigan avtoritar va soxta tafakkur yuritish usulidan voz kechgan, sabr-bardoshli, qanoatli, o’zgalar fikrini hurmatlaydigan, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxsiy sifatlarni shakllantirishni ko’zda tutgan insonparvarlik hisoblanadi. Bu masalaning yechimi qaysidir darajada ta’limni texnologiyalashtirish bilan bog’liqdir.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin