“Mo’jizalarmaydoni” mashg’uloti- bolalar bilan o’tkaziladigan qiziqarli o’yin bo’lib, turli savollarga belgilangan vaqt davomida to’g’ri javoblar topish va g’oliblarni rag’batlantirish orqali bolalarda fikrlash, topqirlik, ziyraklik va bilimlarini kengaytirib borish sifatlarini shakllantiradi.
Didaktik uyinlarini tanlashda ishtirokchilarning yoshi, bilimi va tarbiyalanganlik darajasi hisobga olinadi. Har bir didaktik uyin mashg’ulotlariga o’ziga xos xavfsizlik talablari qo’yiladi.bu xavfsizlik talablariga to’liq rioya qilinishi har bir tashkilotchining doimiy e’tiborida bo’lishi lozim. Bundan tashqari har bir didaktik uyin uchun sarflanadigan vaqt miqdorini to’g’ri belgilash va unga rioya qilishning o’ziga xos asoslarini bilish va mashg’ulotning maqsadiga muvofiq qo’llash talab qilinadi. Didaktik uyin turlarini tanlash mezonlari:
-ishtirokchilar tarkibi bo’yicha-o’g’il bolalar, qiz bolalar, o’smirlar, katta yoshdagilar uchun o’yinlar;
-ishtirokchilar tarkibi bo’yicha-yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, guruh jamoasi, raqobatdosh komandalar va ommaviy o’yinlar
-vaqt me’yori bo’yicha-mashg’ulot, mashg’ulot vaqtining reja bo’yicha ajratilgan qismi, o’yin maqsadiga erishguncha, g’oliblar aniqlanguncha davom etadigan va boshqa o’yinlar.
Har bir didaktik o’yin jarayonida o’ziga xos vositalar turlari qo’llaniladi va mashg’ulot jarayonida ulardan to’g’ri, unumli va xavfsiz foydalanish lozim. Bu vositalarni qo’yidagi turlarga ajratish mumkin
-kontselyariya tovarlari-turli o’lchamlardagi oq va rangli qog’ozlar, skotch, ruchka, qalam, chizg’ich, elim va boshqalar.
-texnika,-proektor, mikrofon, kompyuter, televizor;
Maktabgacha ta’limda har bir bola ayrim turdagi didaktik o’yin mashg’uloti o’quv materiallarini amalda qo’llash uchun tayyorlashini tashkil qilish metodik faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Bunda bolalar o’z mashg’ulot turlari bo’yicha o’zlari tanlagan mavzudagi mashg’ulotni eng maqsadga muvofiq didaktik o’yin turlaridan foydalanib o’tkazish yuzasidan dars ishlanmasini tayyorlashlari va uning asosida metod birlashma majlisida shu mashg’ulotni bayon qilib berishlari va tegishli muhokamalar o’tkazib borishlari tavsiya qilinadi.
“Doira atrofida”. Boshlovchi bolalarni atrofiga chorlaydi. “Kelinglar bolalar doira bo’lib o’tiramiz. Hammamiz bir-birimizga qarab o’tirishimiz nihoyatda yaxshi to’g’rimi? Endi hammamiz navbat bilan gapirmasdan, jilmayib, bir-birimiz bilan bosh qimirlatib ko’zimiz yordamida salomlashib chiqamiz.”
“Men va boshqalar”. Bu o’yinda guruh doira shaklida o’tiradi va har bir ishtrokchi o’z ismining bosh harfiga bitta ijobiy sifat tuzadi. Masalan: birinchi ishtirokchi o’z ismi va sifatni aytadi – Gulnoza go’zal; 2-ishtirokchi o’zidan oldingi va o’zining ismi va sifatini aytadi – Gulnoza go’zal; Malika muloyim, 3-ishtirokchi o’zidan oldingilarning va o’zining ismi va sifatini aytadi – Gulnoza go’zal, Malika muloyim, Maftuna maftunkor. O’yin shu tariqa davom etadi va oxirgi ishtirokchi hammanikini aytib so’ng o’zinikini aytadi.
Agarda ishtirokchisifatni topishda qiynalsa, tarbiyachi bolalardan yordam berishini taklif etadi. Bu trening xotirani mustahkamlaydi, guruhdagi psixologik muhitni to’g’ri yo’lga qo’yishga yordam beradi. Bolalarning lug’ati ijobiy so’zlar bilan boyidi.
Eslatma: bu o’yin davomida bolalarning soni 10 tadan oshmasligi lozim.
“Klaster” o’yini. Maqsad: Klaster usulida transport turlarini guruhlash, ba’zi belgilariga qarab umumlashtira olish, e’tiborli bo’lish.
Kerakli jihozlar: Turli transportlarning alohida – alohida rasmlar.
O’yinning borishi: Bolalarga turli xildagi transportlarning alohida-alohida rasmlari to’plami beriladi. Bolalar transportlarni qaerda harakat qilishlariga qarab guruhlab chiqadilar – erda yuradigan, osmonda uchadigan, suvda suzadigan.
“Nimaning bolasi?” o’yini Maqsad: bolalarni hayvonot olami bilan yaqindan tanishtirish, ularning so’z boyligini oshirish.
Kerakli jihozlar: Ot, toychoq, echki, uloqcha, qo’y, qo’zichoq, mushuk, mushukcha, tuya, bo’taloq.
O’yinning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, hayvonlarning bolalariga onasini topishga yordam beramiz.
Qo’zichoq nimaning bolasi? ..... (qo’yning bolasi)
Toychoq .... (otning bolasi)
Uloqcha .... (echkining bolasi)
Mushukcha ..... (mushukning bolasi)
Bo’taloq ... (tuyaning bolasi)