Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua


Multimedianing rivojlanish tarixi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə61/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

Multimedianing rivojlanish tarixi.
Multimedia-texnologiyalari informatikaning eng dolzarb va mashhur yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu yo’nalishning asosiy maqsadi “tasvir, tekst va matn ovoz, video animatsiya va boshqa tasviriy effektlar (Simulation) kollektsiyasiga ega bo’lgan, hamda interaktiv va boshqa vizual boshqaruv mexanizmiga ega bo’lgan” mahsulotlarni yaratishdan iborat. Bu tushuncha 1988 yil yangi texnologiyalarni tadbiq qilish va foydalanish muammolari bilan shug’ullanuvchi yirik Yevropa Komissiyasi tomonidan bayon qilingan. 80 – yillar oxirida multimedia – texnologiyalarini gumanitar soxalarda qo’llashga bo’lgan qiziqishlarni oshishi yuzaga keldi. Atoqli amerikalik kompyuter – biznesmeni Bill Geyts nomi bilan bog’liq. U turli “muhitli”: tasvir, ovoz, animatsiya va gipermatnli sistema asosidagi multimedia maxsulotlarini yaratish va amaliyotda muvaffaqiyatli qo’llash g’oyasini ilgari surgan. Aynan mana shu maxsulot o’zida multimedianing quyida keltirilgan 3 ta asosiy printsipini mujassamlashtirib olgan edi:
    1. Ma’lumotlarni inson sezuvchi turli ma’lumot muhitlari kombinatsiyasi yordamida tasvirlash.


    2. Maxsulotdagi ma’lumotlarni tasvirlashni turli xil liniyalarini mavjudligi (xususan unda ma’lumotni tasvirlash liniyasini maxsulotda mavjud bo’lgan boshqaruv mexanizmi orqali insonni o’zi belgilaydi).


    3. Interfeysning badiiy dizayni va navigatsiya vositalari.


Multimediy vositalari (multimedia – ko’pvositalilik) - bu insonga o’zi uchun tabiiy muxit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqatda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir.


Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi:
- axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutk, musika, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi. Bun­day integratsiya axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli kurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi;
- muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqi ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma'lum oralig’ida ko’rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma'lumotlarni o’zatish shinasining o’tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video-xotira katta sig’imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;
- "inson-kompyuter" interaktiv mulokotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat ta'lim, ish­lash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.
Multimedia vositalari asosida ta'lim tashkil etish xozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning o’zi nima degan savol tug’iladi? Ko’pgina mutaxassislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning fikrimizcha, multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya (ob'yektlarining fazodagi xarakati) effektlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan xoldagi ko’rinishidir.
Rivojlangan mamlakatlarda o’qitishning bu usuli, xozirgi kunda ta'lim sohasi yo’nalishlari bo’yicha tatbiq, qilinmoqda. Xatto, xar bir oila multimedia vositalarisiz xordiq, chiqarmaydigan bo’lib koldi. Multimedia vositalarining 1981 yildagi yalpi oboroti 4 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilgan bo’lsa, 1994 yili esa 16 mlrd. AQSh dollarini tashkil kildi. Hozirgi kunda esa sotilayotgan har bir komp'yuterni multimedia vosi­talarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Kompyuterlarning 70-yillarda ta'lim soxasida keng qo’llash yo’lida urinishlar zoye ketganligi, avvalombor, ular unumdorligining nixoyatda pastligi bilan bog’liq edi. Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, multimedia ' vositalari asosida ta’limni tashkil etish ikki barobar unumlidir . Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30 % gacha vaqtni tejash mumkin bo’lib, olingan bilimlar esa xotirada o’zoq muddat saqlanib qoladi. Agar o’quvchilar berilayotgan materiallarni ko’rish (video) asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlab qolinishi 25-30 % oshadi. Bunga qo’shimcha sifatida o’quv materiallari audio, video va grafika ko’rinishda mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab kolish 75 % ortadi. Bunga biz multimedia vositalari asosida chet tillarini o’rganish jarayenida yana bir bor ishonch xosil qildik.
Multimedia vositalari asosida ta’limni tashkil etish quyidagi afzalliklarga ega:
a) berilayotgan materiallarni chuqurroq, va mukammalroq o’zlashtirish imkoniyati bor;
b) ta'lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi;
v) ta'lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish;
g) olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo’lganda amaliyotda qo’llash imkoniyatiga erishiladi. Avvalombor, o’quv jarayonida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish taxsinga sazovordir.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin