Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua


-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə64/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: pedagogik faoliyatda multimedia ma’lumotlaridan foydalanish, pedagogik faoliyatni loyihalashda axborot kommunikativ texnologilaridan foydalanishning ahamiyati haqida ma’lumotlar berish.
2-asosiy savolning bayoni:
Internetdan izlash tizimi talabalarga har xil yo’nalishdagi multimedia-ma’lumotlarini tanlash imkoniyati bilan taqdim etadi. Ular har xil ma’lumotnoma (spravochnik)lar, qomus (entsiklopediya)lar, vikipedaya (onlayn entsiklopediya) va o’quv materiallariga kirish, eng so’nggi yangiliklardan xabardor bo’lish imkoniyatiga ham ega bo’ladilar. Internet imkoniyatlari bugungi kunda shunchalar kattaki, u har xil masalaning uyda yoki ta’lim muassasasida, o’tirgan joyidan qimirlamay echimini topish imkoniyatini yaratadi. Ma’lumotlar omboriga kutubxonalar, fonotekalar, filmotekalar orqali kiriladi. Bu shakldagi qidirish serverlari bilan ishlash aynan nimani qidirish kerakligini aniq bilganda qulay va oson kechadi.
Internet tarmog’ida materiallarning turfa multimedialari mavjud. Bo’lajak tarbiyachi va o’qituvchilar mavjud materiallar orasidan muhimini va zarurini tanlab olishlari qiyin kechadi. Shu bois qidiruv serverlariga murojaat qilish maqsadga muvofiq deb topilgan. Ularda ham har xil mavzularga yo’naltiruvchi bunday serverlar foydalanuvchilarning talablariga binoan zarur manbani qidirishga kirishadi.
Tarbiyachilarning mashg’ulotlarda internet texnologiyalaridan foydalanishi mashg’ulotlarni ham, o’quv fanini ham belgilab qo’yilgan vaqt meyoridan chiqib ketishiga sabab bo’lmoqda. Sababi tarbiyalanuvchining bilimlarni o’zlashtirishga bo’lgan qiziqishi mashg’ulot tugashi bilan to’xtab qolmaydi. Bola qiziqdimi, demak izlanadi.
Oliy ta’lim muassasalari kutubxonalarining internet tarmog’iga ulanishi talabalarning qidirsh, to’plash, ma’lumotlarni qayta ishlash singari ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilmoqda. O’z navbatida, ta’lim maqsadi va DTS talablariga muvofiq vazifalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ham kengaytirmoqda.
Zamonaviy ta’lim muassasasining vazifasi tarbiyalanuvchi shaxsining muvaffaqiyatli taraqqiyotini ta’minlash, uning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan ma’naviy fazilatlarini oshirishi shakllanib kelayotgan shaxsning dunyo miqyosidagi ma’lumotlar olamida teng huquqli foydalanuvchi mavqeiga ega bo’lishi garovidir.
Ta’lim-tarbiya jarayonida telekommunikatsion vositalardan, internet texnologiyalaridan tizimli foydalanish, xodimlarning innovatsion vositalar ko’magida ish yuritishi ta’lim amaliyotida qanchalik qo’l kelayotganini kuzatish imkonini ham bermoqda. Masalan, maktabgacha ta’lim mashg’ulotlarida ham tarbiyalanuvchilarni qidirish ishlarini qanday amalga oshirish, zarur ma’lumotlarni internet orqali qanday qilib tez topish, uy vazifalari uchun zarur bilim va ma’lumotlarni topish yo’llarini o’zlashtirishlariga yo’naltirish davr talabidir. Bugun ma’lumki, hatto bir yoshli bola ham o’zining bilish faoliyatini internet orqali amalga oshiryapti. Maktabgacha ta’lim jarayonida bolalarga xos bo’lgan bu qiziqishidan, ya’ni bolalarning odam va olam sirlarini bilishga bo’lgan ehtiyojidan ma’lum maqsadga yo’naltirilgan holda foydalanish bu jarayonni ham qiziqarli, ham foydali faoliyatga aylantiradi.
Tarbiyachi ta'limiy faoliyatlarni loyihalashda noan’anaviy, nisbatan qiziqarli tarzda tuzish va shu asosda uni tashkil etish uchun internet orqali ko’rgazma materiallar (suratlar, jadvallar, fotosuratlar)dan, multimedia materiallaridan foydalanadi. Shu tariqa har xil tanlovlar, ko’rgazmalar, grantlarda qatnishish imkoniyatiga ham ega bo’ladi.
Dunyo miqyosida barcha ta’lim tizimi internet-texnologiyalarining yangi bosqichiga, ya’ni o’quv rejalarida alternativ ta’lim elementlarini qo’llashga o’tib bormoqdalar. Bu bilan ba’zi murakkab o’quv muammolarini oson va samarali hal qilishga erishmoqchilar.
Bu nafaqat tarbiyachi-o’qituvchilar, balki tarbiyalanuvchilarga o’quv maqsadlarini amlaga oshirishni, dunyoqarashini kengaytirish, bilimlarini orttirish va shaxsini to’g’ri shakllantirishga imkoniyat yaratishi ham nazarda tutilgan. Tarbiyalanuvchilar har xil sharoitlarda har xil saytlardan o’zlariga qulay holdada ta’lim olishlari mumkin. Bunda asosiy mas’uliyat bolalarga yordam berish va ularni yo’naltirish vazifasi tarbiyachi-o’qituvchilar va ota-onalarga yuklatiladi.
Yangi, zamonaviy informatsion texnologiyalar orqali o’quvchilar bilimlarni istagan joyda olishlari mumkin. Bugungi tarbiyalanuvchilar ma’lum mutaxassislik bo’yicha bilimlarni, dunyoqarashini kengaytirish va mlakalarini oshirishda zarur bo’ladigan ma’lumotlarni uyda o’tirgan holda dunyo miqyosidagi kutubxonalardan olish imkoniyatiga ega bo’ldilar. O’quvchilar internet-bilimlarni kompyuterlashtirilgan sinflarda o’tirib mustaqil ravishda olishlari ham mumkin. Bundan tashqari, internet-texnologiyalarni bolalarni o’qitish ishlariga olib kirishning ijobiy tomonlarini qayd etgan holda shuni ham aytish joizki, ular har qanday ma’lumotga tekin kirish imkoniyatiga ega bo’lgandan keyin o’zgalarning ishlarini o’zlashtirib olib, oddiygina fikrlash yoki munosabat bildirish, mulohaza yuritishdan voz kechmoqdalar. Aniq aytiladigan bo’lsa, yuqori sinf o’quvchilari, talabalar tayyor insholar, referatlar, kurs ishlari va hk.larni ko’chirib olib ularni o’zlarining mustaqil ijodiy ishlari sifatida taqdim etmoqdalar. Bunday salbiy hislatlar shakllanishining oldini olish uchun mutaxassis yordamiga ehtiyoj sezilmoqda.
Qisqa qilib aytganda, milliy ta'limni zamonaviy informatsion texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanib ta'limiy faoliyatlarni tashkil etish maktabgacha ta’lim tarbiyachilari hamda tarbiyalanuvchilari uchun ham oddiy ta’lim jarayoniga aylanib bormoqda. Lekin internetdan oqilona foydalanish uchun avval bolalarning saviyasiga ishlash, ma’naviyatini sog’lom shakllantirish, ruhiyatini tozartirish taqozo etiladi.
Bugun internet butun ijtimoiy hayotni qamrab olmoqda. Internetdan foydalanuvchilar va informatsion sahifalarning soni kundan kunga ortib bormoqda. Internet, eng avvalo, ma’lumotlar tarmog’i. Juda katta ma’lumotlar hajmi internetni ma’lumotlar qidirishda tengsiz tarmoqqa, manbaga aylantirib qo’ymoqda. Bu tarmoqdan nafaqat tarbiyachi, o’qituvchi, balki o’quvchilar ham foydalanib o’zlariga kerakli ma’lumotlarni olmoqdalar. Bugungi talabalar bilim va ma’lumotlarni kitoblardan emas, osongina, uyda o’tirib internetdan qidirmoqdalar. Bugun jamiyatning barcha qatlami internet resurslaridan unumli foydalanishga ehtiyoj sezmoqda. Ota-onalar ham, MTT ham, maktab ham tarbiyalanuvchilarning veb-imkoniyatlardan samarali foydalanishlariga e’tibor qilishlari, masalan, yo’nalishli onlayn konferentsiyalarda qatnashishlari, o’z saytlarini tuzish ishlarida foydalanishlarini nazorat qilishlari, ularni foydali ishlarga yo’naltirishlari maqsadga muvofiqdir.
Axborot texnologiyasi faqatgina ta’lim tizimiga kirib kelmasdan shu sohaning barcha bo’g’inlarini boshqarish, tashkil qilish, axborot resurslari bilan ta’minlash, ish yuritish hujjatlarini tezlik bilan topish, moliyaviy tizimini yo’lga qo’yish kabi muhim ishlarni amalga oshirishda ham xizmat qiladi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim tizimiga kirib kelishi – ta’lim tizimida ham sifat o’zgarishi omili bo’lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda, ta’lim tizimining har bosqichini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Kundalik hayotda media-texnologiyalarning o’rni tobora kengayib bormoqda. Katta hajmdagi yangi axborotlar, reklamalar, televidenie ko’rsatuvlarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish, kompyuterlar va ulardan foydalanish talabalarning ta’lim-tarbiyasi, ularning atrofdagi voqea-hodisalar to’g’risidagi tasavvurlari, tafakkuri hamda idrokiga katta ta’sir etmoqda.
Shu ma’noda, maktabgacha ta’lim tizimi amaliyotida tarbiyachi o’z faoliyatining samaradorligini ta’minlashda quyidagi bir qator axborot kommunikativ texnologilaridan: taqdimot texnologiyasi, elektron nusxa, elektron multimedia, elektron entsiklopedia, universal test dasturi va elektron virtual kutubxona texnologiyalari5dan unumli foydalanishi taqozo etiladi:

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin