Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə72/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

SEMINAR MASHG’ULOTLARI
(V semester)
1- Seminar mashg‘uloti
Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyatining loyihalashtirish


Ajratilgan vaqt: 2-soat
Darsning maqsadi: Talabalarga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyatining loyihalashtirish hamda yangi texnologiyalardan foydalangan holda mashg’ulot loyihasini tuzishni o’rgatish.
Ishning bajarilish tartibi:
    1. Pedagogik faoliyat haqida tushunchalarga ega bo‘lish


    2. Pedagogik faoliyat turlari bilan tanishish


    3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyatlarni loyihalashtirishning o‘ziga xos xususiystlari bilish.


    4. Pedagogik faoliyatlarni loyihalash




Kerakli jihozlar: ko’rgazma,qo’shimcha adabiyotlar va kompyutor yoki uyali telefon.
Qo’llaniladigan metod: “Klaster” metodi hamda o’yin metodining didaktik o’yin turi.
Seminar mashg’ulotning borishi:
I. Talabalar bilan salomlashib. Kun mavzusi tanlab olinadi. Misol uchun “sovg‘a” kuni.Bu kunni talabalarga oldindan ogohlantiriladi va har birlari sirli ravishda “sovg‘a” tayyorlab kelishadi va bir-birlariga taqdim etishadi. O’qituvchi esa eng chiroyli sovg‘a egasini taqdirlaydi.
II. Kun yangiliklari to’g’risida talabalar fikrlari.
III.Mavzu yuzasidan qisqacha ma’lumot: Ta’lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish maktabgacha ta’lim tashkilotidagi pedagogik jarayonning har bir faoliyat turini to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liqdir.
Tarbiyachining pedagogik faoliyatining tarkibiy qismlari:
Pedagogik faoliyatning maqsadi
Pedagogik faoliyatning ob’ekti va sub’eki
Pedagogik faoliyatning vositasi
Pedagogik jarayonning vazifasi bilim berish, tarbiyalash, rivojlantirish bo’lib, tarbiyachilarning faoliyat mezonini begilab beradi. Tarbiyachilarning faoliyati pedagogik jarayonning harakat vositasidir. Pedagogik jarayonning ob’ektlari bo’lmish tarbiyalanuvchilar bilan tashkil etiladi
Tarbiyachilarning pedagogik faoliyati samarali bo’lishi uchui zarur bo’lgan qobiliyatlar tizimini: bilim, bolani tushuna olish, kuzatuvchanlik, nutq malakasi, tashkilotchilik, kelajakni ko’ra bilish, diqqatni taqsimlay olish, vaziyatni to’g’ri baholash, yuzaga kelish ehtimol bo’lgan har xil ziddiyatlarni o’z vaqtida bartaraf etish, o’quvchilar bilim olishga qiziqtirish kabilar tashkil etadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagogik jarayonida ta’lim muhim ahamiyat kasb etadi va kundalik hayot, o‘yin, mehnat, mashg‘ulotlar orqali amalga oshiriladi. Mashg‘ulotda ta’lim va tarbiya vazifalari hal etiladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutq o‘stirish, savod o‘rgatish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo‘yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka hamda ko‘nikma tizimini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar maktabgacha ta’lim o‘quv dasturida belgilab berilgan bo‘lib, u bolalarning umumiy rivojlanishi va ularni maktab ta’limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashg‘ulotlarda ta’lim berish didaktika tamoyillari asosida bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib, ma’lum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekinasta murakkablashtirib boriladi.
Bolaning o‘quv faoliyatiga bo‘lgan munosabati ko‘proq uning tarbiyachi shaxsiga munosabati bilan belgilanadi.
 Tarbiyachining o‘ziga xos xususiyati – uning yuksak kasb mahoratidir. Eng muhimi – bolaning ruhiyatini, yosh va o‘ziga xos ruhiy-fiziologik xususiyatlarini bilishdir.
 Tarbiyachi o‘z guruhidagi har bir bolaning jismoniy tomondan yaxshi rivojlanishi, uning oliy nerv faoliyati yaxshi ishlashi, shuningdek aqliy, axloqiy, mehnat, estetik tomondan normal tarbiyalanishi uchun yaxshi shart-sharoit yaratadi. Tarbiyachi har bir boladagi o‘ziga xos
xususiyatlarni yaxshi bilgan holda undagi o‘ziga xos xususiyatlarni (zararli bo‘lsa) yo‘qota borib, bolaga nisbatan qulay talab qo‘yadi.
 Tarbiyachi har bir bolaning kelajakda haqiqiy inson bo‘lishiga yordam beradigan sifatlarini va imkoniyatini rivojlantirishi lozim. Maktabgacha tarbiya yoshi davrida tarbiyachining bolaga shaxsiy ta’siri juda katta bo‘ladi. Chunki bu davrdagi har bir ta’surot bolaning xotirasida bir umrga saqlanib qoladi.
Maktabgacha ta’limda pedagogik faoliyatlarni shunday tashkil etish kerakki, unda har bir bola faol ishlasin va har biri ijobiy natijaga erishsin.Bolalarning mashg‘ulotda olgan bilim va malakalari boshqa faoliyat turlarida qo‘llanilishi mumkin. Bolalar olgan bilimlarini qo‘llay olishlari ularning yaxshi o‘zlashtirib olganligidan dalolat beradi, ya’ni ular hech qanday qiyinchiliksiz bu bilimlardan foydalanishlari mumkin. Ta’limning amaliy ahamiyati ham ana shundan iboratdir. Ta’limit faoliyatlarni odatdagi mashg‘ulotlardan boshqacharoq qilib tashkil etiladi: Bolalar olgan bilimlaridan o‘z o‘yinlarida keng foydalanadilar: rasm chizish, qirqib olish, qurish-yasash sohasidagi malakalarni qo‘llab zarur jihozlarni tayyorlaydilar, inshootlar barpo etadilar va hokazo.
Maktabgacha ta’limda pedagogik faoliyatlarni tashkil etishga quyidagi talablar qo‘yiladi.
1. Bolalarning hamma faoliyat turlari bilan shug‘ullanishlari uchun shartsharoitlar yaratish.
2. Har bir yosh guruhida faoliyat turlarini almashtirib borish va bolalarning harakat faolligini etarlicha ta’minlash.
3. Mashg‘ulot, o‘yin, mehnat, maishiy faoliyat o‘rtasida bog‘liqlik o‘rnatish.
4. Bolalarning olgan bilim, malaka, ko‘nikmalarini mustaqil faoliyatlarida qo‘llay olishga o‘rgatish va bolani faol bo‘lishga, har doim biron narsa bilan mashg‘ul bo‘lishga o‘rgatish.
5. Har bir bolani ijodiy qobiliyatlari, xohish va qiziqishlarini diqqat bilan ko‘zatib borish va uning yanada rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish.
6. Bolalarning butun faoliyatiga arbiyachining rahbarligi, kun tartibiga qatiy rioya qilish.
Xulosa qilib aytganda, talimiy mashg‘ulotda bolalarda maktabdagi o‘qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik hissi, o‘zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi sifatlar hosil qilinadi. Mashg‘ulot paytida bolalarda mustaqil fikr yuritish malakasi tarkib toptiriladi, tarbiyachilarga quloq solish, hikoya qilinayotgan voqeadagi asosiy g‘oyalarni ajrata olish, qisqacha umumlashtirish kabi malakalarni rivojlantirishga katta e’tibor beriladi. Tayyorlov guruhlarida mashg‘ulotlar orqali bolalarda tashabbuskorlik va mustaqillik bilimga qiziquvchanlik, faol tafakkur, taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi malakalar tarbiyalab boriladi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin