Kerakli jihozlar: ko’rgazma,qo’shimcha adabiyotlar va kompyutor yoki uyali telefon.
Qo’llaniladigan metod: SWOT–tahlil, hamda o’yin metodining didaktik o’yin turi.
Seminar mashg’ulotning borishi: I. Talabalar bilan salomlashib. Kun mavzusi tanlab olinadi. Misol uchun “Oyilrar kuni”.Bu kunni talabalarga oldindan ogohlantiriladi va har birlari o’yin tayyorlab kelishadi va o’ynalish tartibi bilan tanishtirishadi. O’qituvchi esa eng yaxshi ta’riflagan talabani taqdirlaydi.
II. Kun yangiliklari to’g’risida talabalar fikrlari.
III.Mavzu yuzasidan qisqacha ma’lumot: Pedagogika ilmida ta’limning bir qator texnologiyalari mavjud bo‘lib, maktabgacha ta’limda ulardan hamkorlik, erkin tarbiya, modulli va didaktik o‘yinlar texnologiyalari yetakchilik qiladi. Pedagogika kursidan ma’lumki, texnologiya so‘zi yunoncha “texne” – mahorat, san’at; “logos” – ta’limot ma’nolarini bildiradi. Bu so‘z dastlab sanoatda yoki qishloq xo‘jaligida tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanadigan usul va metodlar yig’indisini anglatgan. Ta’lim jarayoniga nisbatan qo‘llanilganda, ya’ni “pedagogik texnologiya” deyilganda o‘qish va o‘qitishning o‘zaro uzviyligini, bosqichlararo aloqadorlikni, ta’lim-tarbiya jarayonida belgilangan maqsadga erishish uchun bajariladigan barcha ishlarni muvofiqlashtirish, rejalashtirilgan barcha ishlarni talab darajasida bajarishni nazarda tutadi.
Pedagogik texnologiya o‘z mohiyatiga ko‘ra sub’ektiv xususiyatga ega. Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar texnologiyalar:
- pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishi;
- tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirishi;
- tarbiyalanuvchilar tomonidan o‘quv predmetlari bo‘yicha puxta bilimlarning egallanishini ta’minlashi;
- ta’im oluvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishi;
- ta’lim oluvchilarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi;
- pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustivorligiga erishishni kafolatlashi zarur.
Mazkur holatga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’limiy faoliyatlarni tashkil etish misolida qaraladigan bo‘lsa, tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchilarning bir maqsad yo‘lida o‘zaro birgalikdagi, sheriklikdagi harakati nazarda tutiladi. Hamkorlikda o’qitish har bir o’quvchini kundalik qizg’in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o’rgatish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir tarbiyalanuvchida shaxsiy qadr qimmat tuyg’usini vujudga keltirish, o’z kuchi va qobiliyatiga bo’lgan ishonchni mustahkamlash, ta’lim olishda mas`uliyat hissini shakllantirishni ko’zda tutadi.
Maktabgacha ta’lim jarayonida tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchilar orasidagi hamda tarbiyalanuvchi va ota-ona o‘rtasida o‘zaro hamkorlik muhitini shakllantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak bo‘ladi:
− o‘quv jarayonida ijodkorlik muhitini vujudga keltirish;
− tarbiyalanuvchilar faoliyatini muayyan tartib asosida tashkil etish;
− bolalar va kattalar orasida o‘zaro do‘stona muhitni vujudga keltirish va hk.lar.
O‘zaro hamkorlik va do‘stona muhitni vujudga keltirish uchun ta’lim-tarbiya jarayonining ochiq xarakter kasb etishi va o‘zaro axborotlar almashinuvi uchun qulay bo‘lishini ta’minlash muhimdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’limiy faoliyatlar jarayonida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun tarbiyalanuvchilarda ongli faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmasini tarkib toptirish, ularni mustaqil, ijodiy fikrlashga o‘rgatish alohida ahamiyatga ega.
Maktabgacha ta’limda tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro faoliyatini hamkorlikda tashkil etishda bolalarning bor imkoniyatlarini ularning o‘zlari uchun maksimal darajada yuzaga chiqara bilishi muhimdir. Ya’ni pedagog tarbiyalanuvchilarning jamiki imkoniyatidan oqilona va samarali foydalana bilishi zarur. Jumladan:
1) tarbiyalanuvchilar o‘zlarining yosh va intellektual imkoniyatlari darajasidagi muammolarni yechishga maksimal darajada jalb etilishi, bu jarayonda ularda muayyan qiziqishlar hosil qila olishi;
2) mantiqiy mulohaza talab qilinadigan topshiriqlarni yechish yo‘llarini to‘g’ri tashkil eta bilishi va natijalarni tekshirishning adolatli tutumini vujudga keltirishi;
3) qo‘lga kiritilgan yutuqlar va natijalar, aksariyat hollarda, og’zaki shaklda ifodalanishini shakllantirish.