Jihozlar va materiallar: Rangli qog`oz, karton qog`oz, bo`yoq cho`tkalar, rangli qalamlar, qaychi, yelim va yig`ma rasmlar.
Faoliyatni olib borilishi:
Ishni rejalashtirish. Vazifalarni bo`lib berish ( kimdir chizadi, kimdir qirqib aplikasiya ishini bajaradi).
Ishning bajarilishi.
Umumiy ishlarni albomga yopishtirish.
Kirish qismini bezatish.
Qo`shimcha qism:Non haqida albom ko`rgazmasini tashkil qilish
E`tiborga molik jihati: Sanitariya va gigiyena talablariga rioya qilish; do`stni mehnatini qarlash, tasavvurni rivojlantirish, nutqni rivojlantirish va mayda qo`l matorikasini rivojlantirish.
Qurish, yasash va matematika markazi Matematikaga olamiga sayoxat. Maqsad: 10 gacha bo`lgan ko`nikma chegarasini mustahkamlash. Toshiriq berish va uni bajarish, geometrik shakllardan qurish, yasash. Mustaqil shaklda.
Jihoz va materiallar: Matematika qirolichasiga xat (topshiriqlar bilan), 1 dan 10 gacha bo`lgan raqamli karchochkalar, qurilish bloklari, bolalar uchun javob varaqasi ( har bir bola uchun).
Faoliyatni olib borilishi:
Xatni o`qish (topshiriq) va kanvayertni ochish.
Qurilish bloklari yordamida topshiriqlarni bajarish.
Ayrim savollar javobini maxsus varoqga belgilash
Qo`shimcha qism: agar bola tez to`g`ri javobini topsa Qo`shimcha qism topshiriq berish.
E`tiborga molik jihati: matematikaga bo`lgan qobiliyatini rivojlantirish, son va hajmiga e`tibor qaratish.
Syujetli-rolli va Dramalashtirish markazi Non do`koni. Maqsad: Magazin o`yini orqali bolalar bilimini mustahkamlash. O`yin orqali magazin faoliyatini yuritish. Sotuvchi ishini bilish. Xaridor va sotuvchi o`rtasida pul oldi berdisini bilish. Mantiqiy va ruxiy rivojlantirish xotirasini mustahkamlash.