Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə81/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

V. Dam olish daqiqasi: Kognitiv o‘yinlar .Kognitiv o‘yinlar qiziquvchanlikni, yangi bilimlar olishga intilishni, bilish faoliyatlarini amalga oshirish mahoratini rivojlantirishga, shuningdek, atrof olam haqidagi tasavvurlarni shakllantirishga qaratilgan.
Bilmasvoy nimani chalkashtirib yuborgan?” o‘yini
O‘yinning maqsadi: bolalarning dunyoqarashini, atrof olam haqidagi bilimlarini kengaytirish; mantiq va fikrlashni rivojlantirish, nomuvofiqlikni topishni o‘rgatish.
Jihoz: Bilmasvoyning bolalar uchun nimanidir chalkashtirib chizgan rasmlari.
O‘yin jarayoni: juft bo‘lib ishlanadi.
Boshqaruvchi Bilmasvoyning rasmlarini ko‘rsatadi. Bolalar Bilmasvoyning xatolarini tahlil qiladi. Qanday qilib to‘g‘rilab chizish kerakligini aytadi. Guruhda jo‘shqin kayfiyatni yaratish uchun bolalarning hazillari rag‘batlantiriladi.
VI. Baholash: Talabalarni mavzu yuzasidan berilgan topshiriqlarni bajarilgan darajasiga qarab baholash.(“5” a’lo, “4” yahshi, “3” qoniqarsiz.)


3- Seminar mashg‘uloti
Mavzu: Maktabgacha ta’limda tashkilotlarida innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida loyihalashtirish usullari
Ajratilgan vaqt: 2-soat
Darsning maqsadi: Talabalarga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda mashg’ulot loyihasini tuzishni o’rgatish.
Ishning bajarilish tartibi:


Kerakli jihozlar: ko’rgazma,qo’shimcha adabiyotlar va kompyutor yoki uyali telefon.
Qo’llaniladigan metod: “T” jadval metodi hamda o’yin metodining didaktik o’yin turi.
Seminar mashg’ulotning borishi:
I. Talabalar bilan salomlashib. Kun mavzusi tanlab olinadi. Misol uchun “atanalar” kuni. Bu kunni talabalarga oldindan ogohlantiriladi va har birlari atamalarni yod olib tayyorlab kelishadi. O’qituvchi eng ko‘p atama aytgan talabani taqdirlaydi.
II. Kun yangiliklari to’g’risida talabalar fikrlari.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin