Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua


III.Mavzu yuzasidan qisqacha ma’lumot



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə82/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

III.Mavzu yuzasidan qisqacha ma’lumot: Innivatsion pedagogik texnologiyalarni tashkil etish bugungi kun hayotimizning ajralmas qismi ekanligini ham tushunish zarur. Ko‘pchilik mutaxassislar fikricha, innovatsion jarayonlar, bugungi kunda rivojlanishning hal qiluvchi omili, u yoki bu ta’lim muassasalarining raqobat qobiliyatini ta’minlovchi asosiy omil deb hisoblaydilar.
Amalda bo‘lgan ta’lim tizimidagi an’anaviy va ommaviy ko‘rinishdagi ta’lim va tarbiya jarayonlari o‘rniga ta’lim muassasalari rivojlanishida o‘ziga xos yangilik bo‘lib innovatsion jarayonlar kirib kelmoqda. Innovatsiya yangilik kiritish, yangilik degan ma’noni anglatadi. “Innovatsion ta’lim” deganda odatda o‘quv jarayoniga yangi va foydali elementlar olib kirish tushuniladi. Shuning uchun ta’lim tizimida innovatsiya o‘zgartirish bilan bevosita bog‘liq. Bunday o‘zgartirishlar ta’lim tizimining: - maqsadiga, mazmuniga, metod, texnologiyasiga, tashkil etish shakli va boshqaruv tizimiga; - pedagogik faoliyatdagi o‘ziga xoslik va o‘quv-bilish jarayonini tashkil etishga; - ta’lim darajalarini nazorat qilish va baholash tizimiga; - o‘quv-metodik ta’minotiga; - tarbiyaviy ishlar tizimiga; - o‘quv reja va o‘quv dasturlariga; - ta’lim beruvch va ta’lim oluvchilarning faoliyatiga bog‘liq.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiya jarayoni sxemasi beriladi. U quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
1. Yangi g‘oya tug‘ilishi yoki yangilik konsepsiyasini paydo qilish bosqichi, u kashfiyot bosqichi deb ham yuritiladi.
2. Ixtiro qilish, ya’ni yangilik yaratish bosqichi.
3. Yaratilgan yangilikni amalda qo‘llay bilish bosqichi.
4. Yangilikni yoyish, uni keng tadbiq etish bosqichi.
5. Muayyan sohada yangilikning hukmronlik qilish bosqichi. Bu bosqichda yangilik o‘zining yangiligini yo‘qotadi, uning samara beradigan muqobili paydo bo‘ladi.
6. Yangi muqobillik asosida, almashtirish orqali yangilikning qo‘llanish doirasini qisqartirish bosqichi.
Ta’lim innovatsionlari quyidagi o’zgarishlarga olib keladi (I.P.Podlaso’y):
- pedagogik tizimning tamomila o’zgarishi;
- o’quv jarayonining o’zgarishi;
- pedagogik nazariyaning o’zgarishi;
- o’qituvchi faoliyatining o’zgarishi;
- o’quvchi (talaba) faoliyatining yangilanishi;
- pedagogik texnologiyaning o’zgarishi;
- ta’lim mazmunining yangilanishi;
- o’qitish shakl, metod va vositalarining o’zgarishi;
- ta’lim tizimi boshqaruvning o’zgarishi;
- ta’lim maqsadi va natijalarning o’zgarishi.



Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin