Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə85/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

Kerakli jihozlar: ko’rgazma,qo’shimcha adabiyotlar va kompyutor yoki uyali telefon.
Qo’llaniladigan metod: “Venn diogrammasi” metodi hamda o’yin metodining didaktik o’yin turi.
Seminar mashg’ulotning borishi:
I. Talabalar bilan salomlashib. “Sehrli quti” o‘yini talabalarga qutiichida ramzi manodagi narsani topish taklif qilinadi. To‘g‘ri javobni topgan talaba taqdirlaydi.
II. Kun yangiliklari to’g’risida talabalar fikrlari.
III.Mavzu yuzasidan qisqacha ma’lumot: Pedagogik texnologiyalarning asosiy belgilari – loyihalashtirish, amalga oshirish va kafolatli natija. Interfaol usullarning asosiy maqsadi – bolalarni faol harakatga undash, mashg’ulotga jalb etish, hamkorlikda ishlashga o’rgatishdan iborat. Zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etilishi, yaxsh samara berish bilan birga ta’limda yangicha o’quv metodlarini keng ravishda qo’llashga imkoniyat yaratib beradi. Hozirgi vaqtda asosiy e’tibor zamonaviy informatsion texnologiyalarga asoslangan o’quv jarayoni modelini yaratish va multimediya texnologiyalariga asoslangan elektron darslik, o’quv qo’llanmalarini yaratish muammolari bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
Loyiha - bu kattalar tomonidan maxsus tashkillashtirilgan va bolalar tomonidan bajariladigan, ijodiy ishlar bilan yakunlanadigan faoliyatlar majmui. Maktabgacha a’lim tashkilotlaridadagi loyiha qisqa muddatli (bir yoki ikki kun) va uzok muddatli bulishi mumkin (mavzuga qiziqish yo‘q bo‘lguncha bir oygacha davom etishi mumkin). Bundan uzoqqa cho‘zish joiz emas, chunki o‘rganilayotgan ob’ektga qiziqish yo‘qoladi.
Pedagogik loyihalash ob'ektlari: pedagogik tizimlar, pedagogik jarayon, pedagogik vaziyatlar o'qituvchi uchun pedagogik jarayon loyihalashning asosiy ob'ektidir.
Pedagogik loyihalashning umumiy algoritmi
    • Tayyorgarlik ishlari


    • Loyihani ishlab chiqish


    • Loyiha sifatini tekshirish


Amerikalik pedagog U.X.Kilpatrik fikrich yukori darajada mustaqillikka ega ushbu daqiqada umumiy manfaatlar birlashtirgan bir guruh bolalar tomonidan “chin yurakdan” bajarilgan har qanday faoliyatni loyiha deb xisoblagan. Ta’limda loyiha usulidan foydalanish nafakat bolani kelajakdagi hayotga tayyorlaydi, bal­ki hozirgi hayotni tashkil etishga yordam beradi.


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida loyihaviy ta’lim faoliyatini rejalashtirishda ta’lim-tarbiya faoliyatini bosqichma-bosqich rejalashtirish va amalga oshirishga imkon beruvchi “o‘rgimchak turi” mavzuviy rejalashtirish usulini tavsiya etish mumkin.
Loyihaviy tadbirlar tufayli faoliyatning har bir bosqichida bolalarning mustaqillik darajasi o‘sib boradi, bolalarda o‘zini o‘zi tashkil etish va bilim olish faoliyatining kunikmalari ham o‘sib boradi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida loyihalash faoliyatini tashkil qilishda tarbiyachilar quyidagi muammolarga duch kelishlari mumkin.
Ta'lim faoliyatini tashkil etishning an'anaviy shakli va loyiha faoliyatining tabiati o'rtasidagi nomuvofiqlik. Loyiha faoliyati, yuqorida aytib o'tilganidek, aniq belgilangan normalar mavjud bo'lmagan imkoniyatlar doirasida amalga oshiriladi. Bunday holda, tarbiyachi ham, bola ham noaniqlik holatiga tushib qoladi. Loyiha faoliyati oldindan belgilangan va tarbiyachiga ma'lum yo'lni bosib o'tishga emas, balki vaziyatda imkon qadar ko'proq imkoniyatlarni o'rganishga qaratilgan.
Bolaning sub'ekti va ob'ekt pozitsiyalari o'rtasidagi farqsizlik. Ko'pgina maktabgacha tarbiyachilar bolalarga juda sezgir va ularni hissiy jihatdan qo'llab-quvvatlaydi. Biroq, bu hissiy qo'llab-quvvatlash bolaning ijodiy g'oyasini shakllantirish yoki muammoni hal qilishning mumkin bo'lgan yo'llarini izlash bo'ladimi, ijodiy vazifani bajarishga tayyorligini anglatmasligi kerak. Tarbiyachi bolalar uchun muammoli vaziyatni tashkil qilishi kerak, lekin muammoni hal qilish uchun o'z imkoniyatlarini taklif qilmasligi kerak. Aks holda, bola ob'ektning holatiga tushib qoladi.
Loyiha faoliyatida sub'ektivlik tashabbuskorlik va mustaqil faoliyatning namoyon bo'lishini anglatadi, bolaning sub'ektivligi esa turli yo'llar bilan namoyon bo'lishi mumkin. Shunday qilib, bola o'ziga xos g'oyani (ya'ni, ilgari boshqa bolalar tomonidan aytilmagan) ifodalashi yoki boshqa bolaning g'oyasini qo'llab-quvvatlashi va biroz o'zgartirishi mumkin. Bunday holda, tarbiyachi asosiy e'tiborni bolaning g'oyasining o'ziga xosligiga qaratishi kerak. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun "Ko'rinmas havo" uzoq muddatli tadqiqot loyihasi


Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin