Topshiriq: Tayyorlov guruhda “Non eng aziz ne’mat” mavzusida rivojlantirish markazida loyiha ishi. OKTYaBR 3 HAFTASI
“NON ENG AZIZ NE`MAT”
Qurish-yasash va matematika markazi. Legodan yuk mashinasi. Maqsad: shakl va rang xaqidagi bilimlaridan foydalanadi, lego bo`laklaridan katta yuk mashinasi yasaydi, yuk mashinasining qismlari joylashuvini tushunadi, xaydovchi kabinasi va yuk bo`limi, mashinaning vazifasi xaqidagi bilimlarini mustahkamlaydi.
Jihoz va materiallar:lego, Qo`shimcha qism detallar.
Faoliyatning borishi:
“Yuk mashinasi” suratini tomosha qilish;
Yuk mashinasini yasash uchun lego bo`laklarini tanlab oladi;
Yuk mashinasining yasalishi;
Bolalar bir-birlariga ishlarini ko`rsatishadi.
Qo`shimcha qism:yuk mashinasini qurilish materiallaridan ki qutilardan yasash.
E`tiborga molik jihati: matematik bilimlarni mustahkamlash, hajm va miqdorni o`zaro bog`lash.
Syujetli-rolli o`yinlar va Drammatizasiyalash markazi “Non isi” A.Navoiy Maqsad: A.Navoiyning “Non isi” hikoyasi bilan tanishish. Aktyorlik mahoratni namoyon etish, non va non mahsulotlarini aziz deb tasvirlayotgan so`zlarning ma`nosini anglash.
Jihoz va materiallar: nonlar, savat, shox uchun taxt, kostyumlar, sallalar, stol va ko`rpachalar, dasturxon, gullar.
Faoliyatning borishi:
Qo`shimcha qism: saxna ko`rinishi uchun musiqa jo`rligini taklif etish.
E`tiborga molik jihati: bolalar bir-birlarini o`zaro xurmat qilishlari, muloqot qilishlari, nutq va ijodiy qirralarining rivojlanishi.
Nutq va savoDxonlik markazi