Topshiriq: Nutq va til markazi.(Katta guruh) “Bizning uyimiz-bizning oilamiz” viktorinasi. Maqsad: oila,onaning roli,ota,buva,buvi,opa,aka-ukalarning vazifalarini biladi.
Jihoz va materiallar:oilaviy suratlar,medallar.
Faoliyatning borishi:
1.Eng yaxshi va inoq oila haqidagi hikoya.
2.Koptok o'yini “Oilangizda kim qanday mehnat qiladi:do'konga boradi,tozalaydi,yuvadi va x.k
3.”Vazifalarni to'g'ri taqsimlaylik”.
4.O'yin.Oilangiz qanday?(katta, kichik,inoq,mexnatkash...)
5.Oilada kayfiyat yaxshi bo'lishi uchun nima qilish kerak?O'yin.
Qo'shimcha:Bolalarni sifat va fellarini tanlashga o'rgatish.
E'tiborga molik jihati:Oilada o'zaro ijobiy munosabatlar,yordam berish.
Topshiriq: Klaster sxemasi
Bu usul fikrni erkin bayon qilish uchun qo’llaniladi. Masalan, talaba o’tilgan mavzu bo’yicha klaster tuzishi mumkin.
O’rtaga kalit so’z, tarmoqlarga unga bog’liq boshqa atamalar yoziladi. Ular ham o’z navbatida tarmoqlarga ajralishi mumkin.
Bunda kalit so‘z “Pedagogik faoliyat”
O’tilgan mavzuni mustaxkamlab olish uchun savol-javob o’tqazish.
Maktabgacha ta’limda pedagogik faoliyatlarni tashkil etishga qanday talablar qo‘yiladi.
Bolaning o‘quv faoliyatiga bo‘lgan munosabati nima bilan belgilanadi?
Tarbiyachilarning pedagogik faoliyati samarali bo’lishi uchui zarur bo’lgan qobiliyatlar tizimini nimalardan iborat?
Tarbiyachining pedagogik faoliyatining tarkibiy qismlarini ayting.