Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua


-mavzu. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida multimediyalardan foydalanish



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə60/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

14-mavzu. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida multimediyalardan foydalanish
Asosiy savollar
1. Multimediya so‘zining ma’nosi va kelib chiqish tarixi.
2. Maktabgacha ta’limda multimediyalardan foydalanish.
Mavzuga doir asosiy tushuncha va iboralar: multimedia, kompyute, ta’lim, tarbiya, rivojlanish, omillar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.
1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Multimedia qurilmasi, multimedianing rivojlanish tarixi, multimediy vositalarining ta’limdagi ahamiyati yuzasidan ma’lumotlar berish.
1-asosiy savolning bayoni:
Multimedia (lotincha — koʻp va — vositachi boʻlmoq) — kompyuterning matn, grafik, tovushli va videomaʼlumotlar bilan ishlashga imkon beruvchi qurilmasi. Ana shunday qurilma oʻrnatilgan kompyuter multimedia kompyuter deyiladi. Hozirda deyarli barcha kompyuterlar multimedia qurilmalar bilan taʼminlangan. Bularga SE-KOM, SE-K\U kompakt disklarini oʻqiydigan disk yurituvchi qurilmalar, tovush platalari, videokartalar va boshqalar kiradi. Keyingi vaqtlarda multimedia qurilmalar standartiga grafik tezlatgichlar va katta hajmli universal kompakt disklar ham qoʻshildi.
Multimedia – bu kompyuter yoki boshqa raqamli ma’lumotlar bilan ishlovchi boshqa texnik vositalar orqali taqdim etiladigan matn, tasvir, ovoz va videodan iborat murakkab ko‘rinishdagi ma’lumot xisoblanadi. Ma’lumotni yorqin tasvir va animatsiya, videotasvir va matn, o‘ziga jalb qiluvchi ovoz ko‘rinishida qa’bul qilish natijasida axborotni ong va tasavvurda keng xis qilishingiz mumkin. Agar bu jarayonga interaktivlik tadbiq qilinsa, u holda ta’sir doirasi yanada ortadi.
Multimedia deb - matn, tasvir, ovoz, animatsiya va videoning bir butun ko‘rinishiga aytiladi. Agar foydalanuvchi multimedia ilovani tomosha qilish bilan birgalikda uni boshqara olsa, u holda bunday ilovalar interaktiv multimedia ilovalari deyiladi. Agar ilovada strukturasida navigatsiya mavjud bo‘lsa, u holda bunday multimediali ilova Gipermedia deb ataladi.
Multimedia ta’rifiga ko‘ra oddiy tuyulsa ham, u bilan ishlash jarayoni murakkab hisoblanadi. Multimediani bilish bilan bir katorda multimedianing texnik va dasturiy vositalarini xam bilish lozim. Multimediali axborotlardan birgalikda ilovalarini yaratuvchilar mutaxassislarni multimedia yaratuvchilar deb ataladi.
Multimedia ilovalari kompyuter, TV ekranida, PDA (personal digital assistant) shaxsiy raqamli yordamchi, yoki mobil telefon orqali ko‘rish mumkin. Bundan tashqari multimedia ilovalari tijorat yo‘lida, yoki biror manzilga yetkazilishi maqsadida CD yoki DVD tashuvchilarda yoki ma’lumotni tortib olish uchun Internet tarmog‘iga joylashtirilishi mumkin.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin