Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua


-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə57/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: pedagogik faoliyat, muammoli o’qitish, tarbiyalanuvchini har tomonlama rivojlanishida muammoli ta’limning ahamiyati yuzasidan ma’lumotlar berish.
2-asosiy savolning bayoni:
Muammoli vaziyatlardan ta’limning har bosqichida, xususan, maktabgacha ta’lim bosqichida ham tarbiyalanuvchilarning yoshi va intellektual imkoniyatlariga tayangan holda, tanlangan mavzuga mos tarzda foydalanish mumkin. Har bir tarbiyalanuvchi o’zi anglab-anglamay hayotdan o’z o’rnini izlar ekan, ta’limiy faoliyatlardan o’ziga kerakli ma’naviy saboqni olib boradi. Ta’limiy faoliyat davomida muammoli ta’limdan foydalanishning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u yangilangan pedagogik tafakkur sharoitida sog’lom ma’naviyatli odam tarbiyalashga yo’naltirilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg’ulotlarida qo’yilgan jo’ngina muammoni hal etish asnosida muammolarni tahlil qilinar, aytin asar qahramonlarning shaxsi, xatti-harakatlari muhokamaga tortilar, bola odam va olam sirlarini o’rganar, savollariga javob topish orqali yangiliklarni kashf etib o’zligini anglash yuz beradi.
Sog’lom va kriativ fikrga ega shaxsni tarbiyalashda asosiy yuk maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagolari zimmasiga tushadi. Tarbiyalanuvchilarning bilish sohasini shakllantirish vazifasi mazkur ta’lim tizimidagi barcha ta’limiy faoliyatlar zimmasida ham u yoki bu darajada mavjud.
Maktabgacha ta’limining o’ziga xos xususiyatlaridan biri o’rganiladigan mavzudagi ma’lumotlar bilan tanishishning istisnosiz tarzda majburiy ekanligidadir. Muammoli vaziyatlarni yaratishdan oldin o’quv materiali bilan bevosita tanishish, ayrimlari parcha holida bo’lsa-da, muammoning yechimini topishda, ayni zamonda, inson intellektual shakllanishida favqulodda muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha ta’limda muammoli o’qitish texnologiyasidan foydalanilganda uning tarbiyalanuvchi kamoloti yo’lidagi samaradorligini ta’minlash uchun bolalarning faolligi, individual rivojlanish darajasi va yosh xususiyatlarini inobatga olish zarur. Muammoli ta’lim jarayonida tarbiyalanuvchilar bilan ishlashda tarbiyachi ularning shaxsi, qobiliyati, imkoniyati, qiziqishlari, aqliy va ruhiy faollik darajasini puxta bilishi taqozo etiladi. Tarbiyalanuvchilar ta’limning har bosqichida yaratilgan muammolar yechim ustida o’ziga xos tarzda ishlashga o’rgatib borilsa, asta-sekinlik bilan mohiyatni chuqurroq his etib boriladi. Muammoning yechimini topish jarayonida bolaning ichki dunyosi, shaxsi va xarakteri uning xatti-harakatlari, fikrlari, nutqida namoyon bo’lishini o’rgana boradi. Lekin maktabgacha adabiy ta’lim amaliyotida ko’pchilik tarbiyachilar bugun ham ochiq nasihatgo’ylikni ustuvor qo’yib kelmoqdalar.
Tarbiyalanuvchi ruhiyati – murakkab dunyo. Jamiyatning bugungi taraqqiyot shiddati tufayli hayotdagi o’zgarishlar, bolalar ruhiyatining boyishi va shaxsining rivojlanishi o’ta darajada tez kechmoqda. Tarbiyalanuvchining zamon bilan hamnafas faollashuvi, ruhiy olamining murakkablashuvi metodika ilmi oldiga ta’lim berish ustida ishlash yo’llarini boyitish va kengaytirish talabini qo’yyapti. Pedagogik texnologiyalarning xususan, muammoli o‘qitish texnologiyalarining tarbiyalanuvchi rivojiga kuchli ta’sir ko’rsatuvchi usullarini topishni taqozo qilyapti.
Maktabgacha ta’lim tizimida ta’limiy mashg’uloltlarida muammolar yuzaki, loqaydlik bilan o’qilmasligi va befarq yechilmasligi kerak. Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarini muammo bilan tanishtirish jarayonida ulardagi loqaydlikni yo’qotishga bor kuchini sarflamog’i lozim. Tarbiyalanuvchilarning bir-birlari bilan muloqotga kirishganda ular o‘rtasida faollikning yo’qligi boshqa barcha tadbirlarning samarasizligiga sabab bo’ladi. Tarbiyalanuvchilar muammlar ustida ishlash asnosida undagi boshqachalikni, g’ayrioddiylikni his qilib borishlari lozim. Buning uchun, ba’zan, tarbiyachining qiziqarli, ilmiy va hayotiy asoslarga boy, tarbiyalanuvchi diqqatini o’ziga tortadigan kirish so’zi kerak bo’ladi. Shu bilan birga yechilishi talab etilayotgan muammoning yetkazib berilishiga e’tibor qaratiladi. Har bir muammoni o’rganishda tarbiyachi qat’iy maqsadni belgilab olishi va aniq yo’nalishga tayanishi lozim bo’ladi.
Tarbiyachilarning ko’pchiligi o’quv materialini imkon qadar keng va chuqur bayon etishga urinadilar. Buning uchun qo’shimcha materiallardan foydalanadilar, bilimlarni bolalarga tayyor va mukammal holda, imkon qadar yaxshiroq va kengroq tarzda yetkazib berishga harakat qiladilar. O’tilgan mavzularni so’rash jarayonida ham bolalarning o’zi o’tgan mashg’ulotda aytganlarini qayta aytib berishlari bilan cheklanadilar. Afsuski, bu usul haligacha o’qituvchi-tarbiyachilar ruhiyati va ish tutumidan chiqib ketganicha yo’q. Bunday bir xillikka asoslangan mashg’ulotlarda tarbiyalanuvchilarni mustaqil fikrlashga, tahlilga, muhokamaga, xulosalar chiqarishga yo’naltiruvchi topshiriqlar, muammoli savollar berilmaydi. Bilimlarni muammo shaklida o’zlashtirish tashkil etilmaydi. Ko’pchilik pedagoglar yangicha ishlashning mohiyatiga kirolmayapti, buning yo’llarini ham bilmaydi. Mazkur ta’limda bola ruhiyatiga xos xususiyatlar inobatga olinmaydi. Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalar mustaqil ishlashni xush ko’radilar. O’quv ishlarining faol turlari ularga yoqadi. Ular murakkab muammolarni hal etish, imkoniyatlaridan balandroq vazifalarni bajarishni yoqtiradilar. Bu ularning tezroq katta bo’lishga moyilliklari belgisidar. Tarbiyachilar tarbiyalanuvchilarga xos bo’lgan bu tabiiy xususiyatlarni anglashlari, ta’lim amaliyotida shunga tayanishlari, bolalarni ijodga undaydigan, ularnining aqlini muvozanatdan chiqaradigan muammoli topshiriqlar bera bilishlari kerak. Faqat bunday topshirqlar tarbiyalanuvchilarning intellektual imkoniyatlari doirasida bo’lmog’i maqsadga muvofiqdir.
TRIZ texnologiyasi ilim-ixtirochi T.S. Altshuller tomonidan yaratilgan TRIZ (ixtirochi masalalarni yechish nazariyasi).Pedagog bolani fikrlaydigan shaxs pozitsiyasiga qo'yadigan noan'anaviy ish shakllaridan foydalanadi. Maktabgacha yoshga moslashtirilgan TRIZ texnologiyasi bolani “Hamma narsada ijodkorlik!” shiori ostida tarbiyalash va o‘qitish imkonini beradi. Maktabgacha yoshdagi davr o'ziga xosdir, chunki bolaning shakllanishi bilan uning hayoti ham shunday bo'ladi, shuning uchun har bir bolaning ijodiy salohiyatini ochib berish uchun ushbu davrni o'tkazib yubormaslik kerak. Ushbu texnologiyani maktabgacha ta’limda qo'llashdan maqsad, bir tomondan, moslashuvchanlik, harakatchanlik, izchillik, dialektika kabi fikrlash fazilatlarini rivojlantirish; ikkinchi tomondan, qidiruv faoliyati, yangilikka intilish; nutq va ijodkorlikni rivojlantirish maqsad qilib olinadi..
TRIZ-texnologiyalaridan foydalanishning asosiy vazifasi maktabgacha yosh bolaga ijodiy kashfiyotlar quvonchini singdirishdir. Bolalar bilan ishlashda asosiy mezon materialni taqdim etishda va murakkab ko'rinadigan vaziyatni shakllantirishda tushunarlilik va soddalikdir. Bolalar eng oddiy misollar yordamida asosiy qoidalarni tushunmasdan TRIZni joriy etishga majbur qilish kerak emas. Ertaklar, o'yinlar, kundalik vaziyatlar - bu bola unga duch keladigan muammolarga Triz echimlarini qo'llashni o'rganadigan muhitdir. Qarama-qarshiliklar aniqlanganda, uning o'zi ko'plab resurslardan foydalangan holda ideal natijaga intiladi.
Agar tarbiyachi TRIZ texnologiyasini etarli darajada o'zlashtirmagan bo'lsa, ishda faqat TRIZ elementlaridan (asboblardan) foydalanish mumkin. Qarama-qarshiliklarni aniqlash usuli yordamida sxema ishlab chiqilgan:
· Birinchi bosqich - bolalarda doimiy assotsiatsiyalarni keltirib chiqarmaydigan ob'ekt yoki hodisa sifatining ijobiy va salbiy xususiyatlarini aniqlash.
· Ikkinchi bosqich - ob'ekt yoki hodisaning ijobiy va salbiy xususiyatlarini bir butun sifatida aniqlash.
· Bola kattalar undan nimani xohlashini tushungandan keyingina, doimiy birlashmalarni keltirib chiqaradigan ob'ektlar va hodisalarni ko'rib chiqishga o'tish kerak..

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin