Maktabgacha ta’limda pedagogik jarayonlarni loyihalashtirish fanidan O’quv-uslubiy majmua


Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda turli xil korreksiyalash texnologiyalari mavjud



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə54/143
tarix20.11.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#162769
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   143
M. M. Fayziyeva, Guldu maktabgacha-fayllar.org

Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda turli xil korreksiyalash texnologiyalari mavjud:
    • art terapiya


    • ertak terapiyasi


    • psixo-gimnastika


    • musiqa terapiyasi


    • artikulyar gimnastika


    • su-jok terapiyasi


    • ranglarni ta'sir qilish texnologiyalari


    • xulq-atvorni tuzatish texnologiyalari


    • treninglar


    • qum terapiyasi va boshqalar.


Ushbu turdagi texnologiyalar maktabgacha ta'lim mutaxassislari (o'qituvchi-defektolog, o'qituvchi-psixolog) tomonidan amalga oshiriladi, ba'zi texnologiyalar faqat maxsus kursdan o'tgan taqdirda qo'llaniladi,


Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublar ( innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanib, ta’limning samaradorligni ko’tarishga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan- kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo’llanilganda pedagoglar egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. Pedagog bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi. Shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchi vazifasini bajaradi. Bunday o’quv jarayonida pedagog asosiy figuraga aylanadi.
Bugungi kunda ta’lim muassalarining o’quv- tarbiyaviy jarayonda pedagogik texnologiyalardan foydalanishiga alohida e’tibor berilayotganligining asosiy sababi quyidagilardir:
Birinchidan: pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida.
Ikkinchidan: pedagogik texnologiyalar o’quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.
Uchinchidan: pedagogik texnologiya pedagogni ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo’lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi.
To’rtinchidan: pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo’llashga asoslanganligi.
O’quv- tarbiya jarayonida pedagogik jarayonni to’g’ri tashkil etilishi pedagogning bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa tinglovchilardan ko’p mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab qiladi.
Har qanday pedagogik texnologiyalarning o’quv- tarbiya jarayonida qo’lanilishi shaxsiy jihatdan kelib chiqqan holda tinglovchini kim o’qitayotganligi va pedagog kimni o’qitayotganiga bog’liq.
Pedagogik texnologiya asosida o’tkazilgan mashg’ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolarga o’z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini–oshirib, ularni fikrlashga, o’z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Hozirgi davrda sodir bo’layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammoarni hal etish uchun yangi axborotni o’zlashtirish va o’zlashtirgan bilimlarini o’zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslarga aylanadi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   143




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin