Didaktik o’yin texnologiyalari amalga oshiriladigan ayrim noana’naviy mashg’ulot shakllari:
Ishchanliko’yinimashg‘ulot- mashg’ulot mavzusi bo’yicha masalalarni hal etish jarayonida bolalarning faol ishtirok etishini ta’minlash orqali yangi bilimlarni o’zlashtirish mashqi.
Rollio’yin mashg’uloti- mashg’ulot mavzusi bo’yicha masalalarni o’rganishda bolalarga oldindan ma’lum rollarni taqsimlash va mashg’ulot jarayonida shu rolni bajarishlarini tashkil etish asosida bilimlarni mustahkamlash darsi.
Teatrlashtirilgan mashg’ulot – mashg’ulot mavzusi bilan bog’liq sahna ko’rinishlari tashkil etish orqali mashg’ulot mavzusi bo’yicha chuqur, aniq ma’lumotlar berish darsi.
Kompyuter mashg’uloti- tegishli mashg’ulot turi bo’yicha mashg’ulot mavzusiga doir kompyuter materiallari (multimedia, virtual o’quv kursi va shu kabilar) asosida o’tiladigan dars.
Yarmarka mashg’uloti – mashg’ulot mavzusini bo’laklar bo’yicha oldindan o’zlashtirgan bolalarning o’zaro muloqot asosida guruhga qiziqarli tushuntirish orqali o’tiladigan mashg’ulot.
Integral (integratsiyalashgan) mashg’ulot- bir nechta mashg’ulot turlariga doir va integratsiyalash uchun qulay bo’lgan mavzular bo’yicha tashkil qilingan mashg’ulot bo’lib, bolalarning turli mashg’ulot turlarga qiziqishlarini orttirib, ta’lim jarayonidagi faolliklarini ta’minlaydi.