Tarbiyachining faoliyat turlarini loyihalashtirishdagi kompetentligi.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: “Innovatsion texnologiya”, “ta’limni texnologiyalashtirish”,“ta’limiy texnologiya”,“ta’lim berish texnologiyasi’,”pedagogik texnologiya”. 1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: “Texnologiya”lar tushunchasi haqida ma’lumot berish. Innivatsion pedagogik texnologiyalarni tashkil etish haqida ma’lumot berish.
1-asosiy savolning bayoni: Jamiyatimizda iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy, madaniy sohalarda bo‘layotgan o‘zgarishlar kelajakda mamlakatimizning intellektual imkoniyatlarini belgilab beruvchi va uni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblangan ta’lim tizimiga ham bog‘liq ekanligini hisobga olish kerak.
Shu bilan birga intellektual salohiyatning o‘sishi, sifat darajasida rivojlantirish nafaqat ta’lim samaradorligining oshishiga, shu sohadagi tizim takomillashuviga o‘z ta’sirini o‘tkazibgina qolmay, balki mazkur ijtimoiy tizimning barcha sohalarini o‘sishiga ham sezilarli darajada ta’sir etadi. Shuning uchun ham bugungi kunda ta’limdagi strategik yo‘nalishlardan biri ta’lim muassasalarining innovatsion faoliyati asosiy omil sifatida belgilab berilayapti.
Ta’lim tizimini isloh qilishning zarurligini tushunib yetish, amaliyotda ta’lim muassasalarida innovatsion jarayonlarni tashkil etishni taqozo etmoqda. Bu holat bugungi kunda o‘ta dolzarbligi bilan muhimdir, chunki, innovatsion jarayon ta’lim muassasalarini kelajak avlodlar va pedagoglar jamoasini ijtimoiy himoyalash sharti bo‘lib ham xizmat qiladi. Hayot ta’lim muassasalari oldiga yangi, mumkin bo‘lmagandek tuyulgan vazifalarni, ya’ni eskichasiga ishlab turib, aniq yangiliklarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etishni oldimizga qo‘ymoqda. Bu o‘rida ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etilishi talab etiladi. Shu o‘rinda innivatsion pedagogik texnologiyalar maqsadi bilan tanishamiz. Innivatsion pedagogik texnologiyalar aynan ta’lim tarbiya jarayonida ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muayyan ta’lim faoliyati bo‘yicha bilim berish va shaxsni shakllantirishga qaratilgan o‘qitishning zamonaviy usullari va texnik vositalari majmuidir.
Innivatsion pedagogik texnologiyalarni tashkil etish bugungi kun hayotimizning ajralmas qismi ekanligini ham tushunish zarur. Ko‘pchilik mutaxassislar fikricha, innovatsion jarayonlar, bugungi kunda rivojlanishning hal qiluvchi omili, u yoki bu ta’lim muassasalarining raqobat qobiliyatini ta’minlovchi asosiy omil deb hisoblaydilar.
Amalda bo‘lgan ta’lim tizimidagi an’anaviy va ommaviy ko‘rinishdagi ta’lim va tarbiya jarayonlari o‘rniga ta’lim muassasalari rivojlanishida o‘ziga xos yangilik bo‘lib innovatsion jarayonlar kirib kelmoqda. Innovatsiya yangilik kiritish, yangilik degan ma’noni anglatadi. “Innovatsion ta’lim” deganda odatda o‘quv jarayoniga yangi va foydali elementlar olib kirish tushuniladi. Shuning uchun ta’lim tizimida innovatsiya o‘zgartirish bilan bevosita bog‘liq. Bunday o‘zgartirishlar ta’lim tizimining:
- maqsadiga, mazmuniga, metod, texnologiyasiga, tashkil etish shakli va boshqaruv tizimiga; - pedagogik faoliyatdagi o‘ziga xoslik va o‘quv-bilish jarayonini tashkil etishga;
- ta’lim darajalarini nazorat qilish va baholash tizimiga;
- o‘quv-metodik ta’minotiga; - tarbiyaviy ishlar tizimiga;
- o‘quv reja va o‘quv dasturlariga;
- ta’lim beruvch va ta’lim oluvchilarning faoliyatiga bog‘liq.
Mamlakatimizda rivojlanib borayotgan innovatsion siyosat ta’lim oldiga muhim va mas’uliyatli vazifalarni qo‘ymoqda. Ta’limda innovatsiyani kelajakda rivojlantirish strategiyasida “innovatsion insonni” yaratish, ya’ni ishlashidan qat’iy nazar u innovatsiya va yangi bilimlarga moyil bo‘lishi kerak. Bugungi kunda zamonaviy innovatsion yaroqlilik yuzaga kelmoqda.
Yuqoridagi keltirilgan fikrlar ta’lim berishda o‘zlashtirishni yuqori ko‘tarish, ta’lim jarayoniga qiziqtirishni, o‘quv materialini tushunishni yaxshilashni, funksional savodxonlikni shakllantirishni, loyihali savodxonlikni, nazariy tafakkurni, ekologik va iqtisodiy tafakkurni, kommunikativlikni, ijtimoiy faollikni, fuqarolik ongini, o‘z-o‘zini anglash va boshqa vazifalarni hal etishga yo‘naltiriladi.
Innovatsion ta’lim – bu shunday innovatsion ta’lim texnologiyalari va dasturlariki, unda pedagog innovsion faoliyati natijasi bo‘lib, o‘qitilayotganlar innovatsion g‘oyalarini yaratuvchisi hisoblanadi.