Maktabgacha ta’limni rivojlantirishda xorijiy tajribalar



Yüklə 91,34 Kb.
səhifə1/6
tarix07.01.2024
ölçüsü91,34 Kb.
#204493
  1   2   3   4   5   6
Maktabgacha ta’limni rivojlantirishda xorijiy tajribalar


“Maktabgacha ta’limni rivojlantirishda xorijiy tajribalar”

MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………………….…3

    1. Maktabgacha ta’lim boshqaruvida xorijiy tajribalardan foydalanish mexanizmi…………………………………………..………………………...5

    2. Nodavlat ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini oshirishga oid xorijiy tajribalar……………………………………………………………………...16

    3. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy ahloqiy tarbiyalashda xorijiy mamlakatlar tajribasidagi integratsion yondashuvdan foydalanish…………………………………………………………………19

    4. Xorij davlatlarida Maktabgacha ta’lim tizimining rivojlanishi..………………25
      XULOSA……………………………………………………………………29
      FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI……………………….31




KIRISH
Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim - tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori[1]bilan tasdiqlangan «Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha 2017-2021 yillarga mo'ljallangan dastur»ning asosiy maqsadli vazifalari va yo'nalishlari qatorida ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish belgilangan.
Mavzuning dolzarbligi: Maktabgacha ta'lim. Uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo'g'ini hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog'lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, tahlillar shuni ko'rsatdiki, oxirgi yillarda turli omillar ta'sirida maktabgacha ta'lim tizimida bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash borasida rivojlanish o'rniga, orqaga ketish holatlari, yil davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olish ko'rsatkichlari o'sishi tendensiyasi kuzatilmadi. Aksincha, so'nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta'lim muassasalari soni 45 foizdan ziyodroq kamayib, bugungi kunda respublika bo'yicha bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etdi. Bunga mavjud maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermasligi, tizimda variativ dasturlar, bolalarni maktabga tayyorlash bo'yicha muqobil shakllarning ishlab chiqilmaganligi, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi yetarli darajada o'rganilmaganligi, faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oliy ma'lumotli emasligi, ta'lim sifati monitoringi yuritilmaganligi kabi omillar sabab bo'ldi.

Yüklə 91,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin