Maktabgacha ta’limni rivojlantirishda xorijiy tajribalar


XORIJ DAVLATLARIDA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINING RIVOJLANISHI



Yüklə 91,34 Kb.
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü91,34 Kb.
#204493
1   2   3   4   5   6
Maktabgacha ta’limni rivojlantirishda xorijiy tajribalar

XORIJ DAVLATLARIDA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINING RIVOJLANISHI
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017- yil 19 - oktabr kuni maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilishda ta’kidlaganidek “Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan ta'lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga to'g'ri keladi: ta'lim-tarbiya - biz uchun hayot-mamot masalasidir. Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o'zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog'lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta'lim tizimidan boshlanadi” deb ta’kidlagan edi. Shu maqsadda o'sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirishda bu boradagi xorijning ilg'or tajribalaridan foydalangan holda ta’limning zamonaviy usullarini keng tatbiq qilish maqsadga muvofiq deb o'ylayman.
Buyuk Britaniya va Germaniya ta’lim tizimida maktabgacha ta’lim tizimining o'ziga xos bo'lgan xususiyatlarini tahlil qilish shuningdek ilg'or pedagogik tajribalarni o'rganish hamda amalda tatbiq etish. Xorij mamlakatlarining ta’lim turlaridan maktabgacha ta’lim tizimini o'rganishda turli adabiyotlardan shuningdek internet sahifalarni nazariy tahlil qilish hamda umumlashtirish. So'nggi yillarda ta’limning eng asosiy hamda kichik bo'g'ini hisoblangan maktabgacha ta’limga bo'lgan e’tiborni kuchaytirish davlat siyosati darajasiga ko'tarilganligiga guvohmiz. Jumladan maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy - texnik bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmoqlarini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, yosh avlodni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, bolalarni har tomonlama ta’limiy, tarbiyaviy, estetik, jismoniy hamda intellektual jihatdan rivojlanishlari uchun yetarli shart- sharoitlar yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29 dekabrdagi “2017- 2021- yillarda makatabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirsh choratadbirlari to'g'isida” gi PQ-2707 -sonli qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq qator vazifalar belgilab berildiki xorij mamlakatlarining maktabgacha ta’lim tizimi chuqur o'rganilib amalda mamlakatimizda joriy etilishi hamda hamkorlikda ishlash kabi muhim hamda dolzarb vazifalar belgilab olindi. Bu albatta yosh avlod ta’lim va tarbiyasi uchun juda muhim chunki xorijiy mamlakatlar ta’lim jarayoni to'liq o'rganilib amalda tadbiq etilishi albatta yana innovatsion va ilg'or tajribalarni kirib kelishiga zamin yaratadi deb o'ylaymiz. Buyuk Britaniya Buyuk Britaniyada maktabgacha ta’lim berish kambag'al ishchi oilalar bolalariga ko'ngilli yordam berish harakatiga asosan vujudga kelgan. 1816 - yilda Robert Ouen ilk bor Shotlandiyada o'z fabrikasi ishchilarining farzandlari uchun bolalar bog'chasini tashkil etgan. Buyuk Britaniyada 1988 - yilda “Ta’lim to'g'risida” gi Qonuni kuchga kirib, unda nafaqat ta’lim standartlari balki bolalarni maktabga qabul qilish vaqtida ruhiy rivojlanish darajasiga bazaviy baho berish ham belgilangan. Buyuk Britaniyada ta’limga yondashuvda odatda ta’lim berish o'rganilayotgan predmet yoki o'qituvchiga emas, balki bolaga yo'naltiriladi. Bunday yondashuv ingliz ta’limi tarixiga asoslanib, uning taraqqiy etishida Russo, Frebel, Montessorilarning xizmati katta. Ular bolaning individualligini rivojlantirish va mustaqilligini himoya qilish kerak deb hisoblaganlar.
Mamlakatda maktabgacha ta’lim tizimining asosiy maqsadi har bir bolaga mustaqillik, erkinlik, o'z fikrini bayon qilish imkoniyatlarini yaratib berishda o'yinlardan ko'proq foydalanish shuningdek o'yin davomida uqtirish yo'li orqali emas balki yon bosish, qo'llab - quvvatlash yo'li bilan turli materiallar hamda borliqdagi voqea-hodisalar to'g'risida bilimlarni shakllantirishdan iborat. Ingliz bolalar bog'chalarida bolalar har bir guruhda 25 nafardan ortiq bo'lmagan miqdorda bo'lib tarbiyalanadilar. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ingliz pedagoglarining 75 foizi bolalarni ta’lim olishga qiziqtirish uchun tashqaridan motivatsiya qilishni noma’qul deb hisoblaydilar (masalan bolalar o'rtasida musobaqalashishni) taklif qilmaydilar. Yoki musobaqalashish natijasiga ko'ra g'olib bo'lgan bola agar(rasm chizish misolida) mukofotlanadigan bo'lsa, qiziqishi uchun rasm chizmay balki mukofot uchun rasm chizishni xohlab qoladi natijada esa bolada ichki motivatsiya yo'qolib, tashqi motivatsiya o'rnini egallaydi. Ingliz bog'chalarining o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri bolalar ko'proq mustaqil shug'ullanadilar, pedagoglar esa ularni chetdan kuzatib turadilar.
Umumiy vaqtning 15 foizi pedagog rahbarligida olib boriladi. Barcha tarbiyachilar bolalarning jismoniy rivojlanishi hamda ruhiy holatini diagnostikasi uchun mazmunli-rolli o'yinlar, rasm chizish hamda buyumlar yasash usulidan foydalanishi kerak, deb hisoblaydilar. Qolaversa ingliz bolalar bog'chalarida (til va matematika bo'yicha majburiy mashg'ulotlardan tashqari) suv, qum bilan o'yinlar va harakatli o'yinlar orqali tadqiqot faoliyatiga katta ahamiyat beradilar. Buyuk Britaniyada maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida asosiy faoliyati gimnastika, raqslardan iborat bo'lib, mashg'ulotlar ochiq maydonlarda o'tkaziladi.
Germaniya maktabgacha ta’lim tizimi Germaniya qonunlarida maktabgacha ta’lim olishning bepul huquqi belgilangan. Bolalarni 4 oyligidan boshlab yasliga olib borish mumkin. Ko'pchilik nemislar bu huquqdan foydalanadilar. Germaniya bolalar bog'chalari turlari xilma-xildir. Xususan ular quyidagilarga bo'linadi
1. Waldkindergarten (nemischa Wald so'zidan -o'rmon, nemischa Kindergarten - bolalar bog'chasi) demakdir. Bunday bolalar bog'chalarini yaratish fikri Skandinaviyada boshlangan. Ko'pgina bunday bog'chalar o'rmonda joylashadi. Bolalar doimo ochiq havoda sayr qilib turli mashg'ulotlar bilan shug'ullanadilar, daraxtlar va boshqa o'simliklarni o'rganadilar, tabiiy materiallardan turli narsalar yasaydilar ular to'g'risida tasavvurlarga ega bo'ladilar. Bu orqali bolalarga tabiatni sevish va uni asrab - avaylashdek insoniy tuyg'ular shakllantiriladi.
2. Bauernhofkindergarten (nemischa Bauernhof so‘zidan - dehqon hovlisi, qo'rg'oni; Kindergarten - bolalar bog'chasi). Bunday bog'chalar dehqon xo'jaliklarida, fermalar yoki ularga yaqin yerlarda joylashgan bo'ladi. Bolalar kuchlari yetguncha fermerlarga mollarni boqishda, dala va bog'larda sabzavot va mevalar o'stirishda yordam beradilar.
3. FreinetKindergarten. Maktabgacha pedagogikaning bu yo'nalishi o‘z nomini bolalar tarbiyasida o‘ziga xos yondashish usulini ishlab chiqqan italiyalik oilaviy juftlik familiyasidan olingan. Bu yo'nalishning o'ziga xos xususiyati shundaki bunda bola butunlay erkin va mustaqil bo'ladi. Ya’ni bolalar nima qilishlarini, qanday o‘yin o'ynashlarini, nima bilan shug'ullanishlarini, qachon ovqatlanishlari va uxlashlarini o'zlari hal qiladilar. Bolalarni ko'proq ijod qilish, syujetlirolli o'yinlari, tajribalar, tabiat qo'ynida yoki shaharning korxona va tashkilotlarida sayohatga olib borish muhim ahamiyat kasb etadi
4. Integratsion bolalar bog'chalari. Bunday turdagi MTMlarda sog'lom bolalar bilan birgalikda jismonan va ruhiy nosog'lom bolalar birgalikda tarbiyalanadilar. Bunday sharoit oddiy bolalar uchun chidamlilik, bag'rikenglik va hurmat qilishni o'rganishga ajoyib imkoniyat, deb qaraladi. Imkoniyatlari cheklangan bolalar jamiyatdan ajralgan holatda bo'lmaydilar, o'z tengdoshlari bilan muloqot va hamjihatlikda bo'lishni o'rganadilar. Shunday bog'cha va maktablarning soni ko'pligi Germaniyada nogironlarning yashashi, ta’lim olishi va o'zini namoyon qilishi uchun qulay sharoitlar yaratadi.
5. Internatsional bolalar bog'chalari. Bunday bolalar bog'chalari emigrantlar uchun yaratilgan bo'lib, ko'pincha ularni emigrantlarning o'zlari farzandlari uchun tashkil etadilar. Germaniya turk-nemis, yahudiy, rusnemis bolalar bog'chalari juda ko'p. Bunday guruhlarda doimo bolalar bilan ona tilida so'zlovchi tarbiyachi bilan birga nemis tilida so'zlovchi tarbiyachi ham bo'ladi. Bunda bolalar ham ota-onalarining tilini, shuningdek nemis tilini ham o'rganadilar. Shuni ham alohida ta’kidlab o'tish lozimki Germaniyada maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar bilan harakatli o'yinlar, gimnastika, yugurish, sakrash kabi ish shakllari o'tkaziladi. Jismoniy tarbiya dasturi suv o'yinlari va suzish mashg'ulotlarini o'z ichiga oladi.


XULOSA
Xulosa qilib aytganda xorij mamlakatlari (Buyuk Britaniya hamda Germaniya) ning maktabgacha ta’lim tizimini tahlil qilar ekanmiz ingliz bolalar bog'chasida maktabgacha ta’lim tizimining asosiy maqsadi har bir bolaga mustaqillik, erkinlik, o'z fikrini bayon qilish imkoniyatlar yaratib berishda o'yinlardan ko'proq foydalanish shuningdek o'yin davomida uqtirish yo'li orqali emas balki yon bosish, qo'llab - quvvatlash yo'li bilan turli materiallar shuningdek borliqdagi voqea-hodisalar to'g'risidagi bilimlarni shakllantirishdan iboratligi bilan belgilansa, nemis bolalar bog'chalarida esa maktabgacha tarbiya muassasalarining rang- barang shakllari va turlarining mavjudligi kishini hayratlantiradi qolaversa bolalarni yoshikdan boshlab mustaqil hamda erkin fikrlash uchun yaratiladigan shart-sharoitlar bola kelajagi uchun zarur bo'lgan o'ziga bo'lgan ishonch, jasorat, tevarak-atrofdagi voqealarni tez tahlil qila oladigan, eng asosiysi o'zining mustaqil fikriga ega inson bo'lib shakllanishi uchun asos bo'ladi desak xato qilmagan bo'lamiz. Albatta bu tizimning O'zbekistonda ham o'ziga xos va mos yo'nalishi borligini alohida ta’kidlab o'tmoqchiman. 2020-yil 23-sentyabrda “Talim to'g'risida”gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi unga muvofiq ta’lim eng birinchi bosqichi hisoblanmish Maktabgacha ta’lim va tarbiya turi alohida ko'rsatilgan bo'lib, bu bosqichda olib borilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar mazkur qonunda va boshqa qonunosti hujjatlarda ham o'z aksini topmoqda. Bolalarni har tomonlama estetik, axloqiy, jismoniy hamda intellektual jihatdan rivojlanishlari uchun qator salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda va borada xorij tajribasidan andoza olishni maqsadga muvofiq deb bilaman.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni tarbiyalashdagi bunday ijobiy qarashlar bilan bir vaqtda, xulosa tariqasida aytish joizki xorijiy mamlakatlarning maktabgacha ta'lim tizimlarini o'rganish, ularning ilg'or tajribasini tahlil etish va respublikamiz sharoitiga moslashtirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish mamlakatimiz maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirib zamonaviylashtirishga imkon yaratadi desak mubolag'a bo'lmaydi.



Yüklə 91,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin