2.2. Tadqiqot ishini uslublari. A) Ilmiy-ulubiy adabiyotlat tahlili.
B) Pedagogik kuzatishlar.
V) Jismoniy rivojlanish.
G) Jismoniy tayyorgarlik.
D) Pedagogik tajriba.
E) Matematik-statistik usullar.
2.3.1. Mavzuga oid bo`lgan ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish va amaliy tajribalarni umumlashtiish. Bir necha maktabgacha ta`lim tashkilotlaridagi 5-6 yoshli bolalar bilan olib borilayotgan kun tartibidagi jismoniy tarbiya-sog`lomlashtirish tadbirlari, sayrlar jismoniy tarbiya mashg`ulotlari va harakatli o`yinlarni tashkil qilish va o`tkazishga doir manbalar to`plandi, tahlil qilindi hamda umumlashtirildi. 5-6 yoshli bolalarni jisminiy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi o`rganildi.
Amaliy tajribalarni umumlashtirish maqsadida maktabgacha ta`lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan katta guruhdagi tarbiyachilarni hamda jismoniy tarbiya mutaxassislarni fikrlari suhbat tariqasida aniqlandi.
2.3.2. Pedagogik kuzatishlar asosan Uchqo`rgon tumanidagi bir necha maktabgacha ta`lim tashkilotlarida olib borildi. Bunda asosan 5-6 yoshli bolalarni jisminiy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun kun tartibida tashkil etiladigan jismoniy tarbiya-sog`lomlashtirish tadbirlari, sayrlar jismoniy tarbiya mashg`ulotlari va harakatli o`yinlarni o`tkazish kuzatildi. Pedagogik kuzatishlar jarayonida to`plangan materiallar tahlil qilindi va umumlashtirildi.
2.3.3. Bolalarni jismoniy rivojlanishini aniqlashda bir qator quyidagi antropometrik ko`rsatkichlardan foydalanildi: A) Gavda uzunligi (sm);
B) Gavda og`irligi (kg);
V) Ko`krak qafasining kengligi (tinch holatda - sm);
G) O`pkaning tiriklik sig`imi (ml);
2.3.4. Bolalarni jismoniy tayyorgarligini aniqlashda quyidagi testlardan foydalandik: A) 30 m ga yugurish (soniya);
B) 4x10 m ga yugurish (soniya);
V) Turgan joydan uzunlikka sakrash (sm);
G) Oyoqlarni 30 sm oraligida ochib erga o`tirgan nolda tizzalarni bukmasdan oldinga engashish (sm);