Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi



Yüklə 122,85 Kb.
səhifə2/15
tarix28.09.2023
ölçüsü122,85 Kb.
#150089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi

Kirish
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Komil insonni tarbiyalash jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo`lib kelmoqda. Shu bois, hukumatimiz rahbariyati tamonidan mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab diqqat-e`tiborini yosh avlod tarbiyasiga qaratib kelmoqda.
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq «Sog`lom avlod uchun» ordenini ta`sis etilishi, «Ta`lim to`g`risida»gi, «Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida»gi Qonunlar, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi, hamda «O`zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasini tuzilishi to`g`risida»gi Farmon, ularni hayotga tadbiq etish yo`l-yo`riqlarining ishlab chiqilganligi ham fikrimizni yorqin dalilidir[1;2;3;4;5].
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov raxbarligida mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, yosh avlod sog’lomlashtirish masalasiga asosiy e`tiborni berish natijasida Respublikamizda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
Birinchi Prezidentimiz o’zining “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida: “Yoshlarni ma`naviy barkamol insonlar qilib tarbiyalashda milliy tarbiya modulini yaratish, talaba–yoshlarda ma`naviy ta`minlanganlikni shakllantirish hamda inson manfaatlarining xalq, millat, davlat va jamiyat manfaatlari bilan uyg`unligini ta`minlashni, ma`naviyat insonning ulg`ayishi va kuch-qudrat manbai ekanligini, ma`naviy tiklanish hamda yuksalishda, albatta, mustaqillikning zarurligini, ma`naviyatimizga har qanday tahdid o`zligimiz va kelajagimizga tahdid ekanligini, ushbu tahdidlarga qarshi kurashishga doimo hushyor turish zarurligini, ma`naviy barkamol, g`oyaviy kurashchan inson Vatanimiz taraqqiyotining poydevori ekanligini talabalarga tushuntirish lozim”1 degan fikrlari orqali ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashning eng asosiy omili bu milliylik va o’ziga xos yondashuv ekanligini yana bir bor ta’kidlaydi[10].
Yosh avlodning sog‘ligini saqlash va mustahkamlash O‘zbekiston Respublikasining davlat miqyosidagi muhim masalalaridan biridir.
Hukumatimiz rahbariyati tomonidan respublikamizda muntazam ravisgda kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlodni soglom qilib tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. «Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘grisida»gi qaror, «O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘grisida»gi va “2022-2026 yillarga mo`ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiaysi to‘grisida”gi farmonlar oldimizga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi[7;8].
Respublikamizning ertangi kuni va kelajagi uning gullab-yashnashi hamda rivojlanishi asosan o‘sib kelayotgan yosh avlodning sog‘lom, har tomonlama yetuk va barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bevosita bog‘liqdir. Bu esa vatanimiz kelajagi bo‘lgan farzandlarimizning jismoniy, aqliy, ruhiy va ma’naviy kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratishni taqozo qiladi. Bu ishlarni amalga oshirishda mustaqillikdan keyin qabul qilingan jismoniy tarbiya va sportga oid bo‘lgan bir qator Qonun, Farmon hamda Qarorlar muhum ahamiyatga ega bo`lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari o‘quvchilarning yosh bilan bog‘liq barcha imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim mazmuni va hajmini belgilash hamda ta’lim tashkilotlarining ijtimoiy vazifasini ko‘zda tutib, avvalo, mamlakatimiz aholisining jismoniy, ruhiy, aqliyva ma`naviy salohiyatini rivojlantirish, jamiyatning madaniy, ahloqiy qirralarini chuqurlashtirish, aholining yashash tarzini yaxshilashga qaratilgan. O‘quvchi-yoshlarning umumiy jismoniy tayyorgarligi, jismoniy barkamollik va mustahkam sog‘lig‘ini oshirishning samarali chora-tadbirlari jismoniy tarbiya vositalaridan samarali va to‘laqonli foydalanish uchun shart-sharoit yaratishning muhim natijasi hisoblanadi. Maktabgacha ta`lim yoshidan boshlab bolalarga o‘z sog‘lig‘i ustida qayg‘urish madaniyatini o‘rgatib borish kerak. Bu narsa sog‘lom turmush tarzining qanchalik muhimligini belgilab, o‘quvchi-yoshlarni muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga undaydi[1].
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonunining qabul qilinishi mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotida muhim voqea bo‘ldi. Bu qonun yurtimizda jismoniy tarbiya va sport taraqqiyotining huquqiy asosini yaratdi. Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasi tomonidan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlariga oid bo‘lgan yana bir qator hayotbaxsh qarorlari millatimizning kelajagi yo‘lida qilingan buyuk ishlarning mustahkam poydevoridir. Shular asosida shahar va qishloqlarda bugunga kelib ko‘plab zamonaviy sport inshootlarining qurilishi, qaytadan ta’mirlanishi, zamon talablariga javob beradigan sport anjomlari bilan jihozlanishi respublikamizda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilar sonining ortishiga va sog‘lom turmush tarzining shakllanishida muhim omil bo‘ladi[1].
Davlatimiz va jamiyatimizning bugungi kuni, ayniqsa, kelajagi uchun g‘oyat muhim bo‘lgan sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash vazifasi dolzarb masalalardan biri bolib hisoblanadi.
Mamlakatimiz aholisini salomatligini yanada mustahkamlash maqsadida Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev tomonidan “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori chiqdi. Mazkur qarorda Respublikamiz aholisini barcha qatlamlari uchun jismoniy tarbiya va sport orqali salomatliklarini mustahkamlashda sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishlariga imkoniyatlar talab darajada yaratilganligi batafsil yoritib berilgan [9].
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi 4947-sonli farmonlari asosida “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da belgilab berilgan 5 ta ustuvor yo‘nalishlarni 4-ustuvor yo‘nalishi “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” bo‘lib, bunda o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalashda jismoniy tarbiyadan unumli foydalanish masalalariga alohida e’tibor berilgan.
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonining yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish yo‘nalishida:
jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;
yosh avlodning ijodiy va intelektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, ta’lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish kabilar belgilab berilgan [6].
Bugungi kunning dolzarb va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalaridan biri ishlab chiqarish korxonalarida, ta’lim muassasalarida, oilalarda, mahallalarda, ommaviy sportning sifatiga va samaradorligiga e’tiborni oshirish bilan shug‘ullanuvchilar sog‘ligini yanada mustahkamlashdan iboratdir. Bu vazifalarni amalga oshirishda prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni hayotga tadbiq etilishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi
P.F.Lestgaft o‘zining jismoniy mashqlar tizimida o‘yinlarni jismoniy tarbiya vositasi sifatida ifodalaydi. U o‘yin yordamida hayotga tayyorlanishini aytadi. P.F.Lestgaftning harakatli o‘yinlarni o‘tkazish uchun qo‘ygan talablari hozirgi paytgacha o‘z qimmatini yo‘qotgani yo‘q; chunonchi, u har bir o‘yin oldiga aniq maqsadlar qo‘yishi, o‘tkazilayotgan o‘yinlar qatnashuvchilarning kuch va qobiliyatlariga mos kelishi, o‘yin shug‘ullanuvchilarga ijobiy emotsional ta’sir ko‘rsatishi lozimligini, o‘yinlarni tizimli tarzda va muntazam ravishda o‘tkazish, qatnashuvchilarning aktivligi va mustaqilligini oshirishga harakat qilishi zarurligini uqtirgan edi.
Ma’lumki, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning o‘yinlari taqlid qilish xarakteriga ega bo‘ladi. Bola tevarak-atrofdagi borliqni kuzatadi, uning elementlarini o‘yinga kiritadi va shu o‘yin vositasida o‘zini qurshab turgan olamni bilib oladi, unda turmush hodisalariga nisbatan muayyan munosabat paydo bo‘ladi.
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar tabiat hodisalari va jonivorlar hayotidagi har xil narsalarni taqlid qilib o‘ynash bilan bu hodisa va harakatlarning ma’nosiga tushuna boradi, asta-sekin hayotiy tajribaga ega bo‘ladi, qiyinchiliklarni yengishni o‘rganadi, unda harakat ko‘nikmalari hosil bo‘ladi va uning tasavvurlari boyib boradi.
Bolalarning o‘zlari ijod qilib o‘ynaydigan o‘yinlariga keng o‘rin berilishi zarur. Ammo bunday o‘yinlarni ota-onalar hamda tarbiyachilarning e’tibori va rahbarligidan chetda qoldirib bo‘lmaydi. O‘yinni asta-sekin to‘g‘ri yo‘lga solish bilan bolalarda kuzatuvchanlik, tashabbuskorlik, mustaqillik, mehnatsevarlikni o‘stirish va ularni atrofdagi vaziyatga, o‘zining va o‘rtoqlarining harakatlariga to‘g‘ri baho bera bilish hamda shaxsiy muvaffaqiyatsizlikka nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash lozim.
Shunday qilish bilan bola asta-sekin zaruriy malakalarga ega bo‘la boradi va shu malakalar tufayli u o‘z kuchini to‘g‘ri sarflay oladigan, o‘yin paytidagi turli vaziyatlarda yaxshi o‘ylab harakat qila oladigan va kelgusida, tajribasining ortishiga qarab, turmushda uchraydigan qiyinchiliklarni osongina yenga oladigan bo‘ladi.
Bolani oilada tarbiyalashda ham, bog‘chada tarbiyalashda ham uning tevarak-atrofdagi olamni bilishga faol intilishi dastlab o‘yinda namoyon bo‘ladi. O‘yin jarayonida ularning borliq haqidagi tushunchalari chuqurlashadi va mustahkamlanadi.
Bolalar oilada va bolalar muassasalarida tarbiyalanganda butunlay o‘yin va ermaklar bilan band bo‘lsalar, maktabga kirish bilan ularning asosiy qiziqish va e’tibori o‘qishga qaratiladi.
O‘yin bolalarning hayotidagi shunday bosqichki, bunda ular yangi bilim va tushunchalarni egallashga qaratilgan mustaqil faoliyatni boshlaydilar. Bolalar uyda foydali mehnat qilishdan tashqari, bo‘sh vaqtlarining bir qismini turli o‘yin va ermaklarga sarflaydilar. Bunday qilish ularga o‘z ehtiyojlarini qondirish va yaxshi dam olish imkonini beradi.
Harakatli o‘yinlar bola harakatlarini o‘stirish va takomillashtirishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan yurish, yugurish, sakrash, biror narsani irg‘itish yoki uloqtirish, biror narsaga tirmashib chiqish kabi mashqlarni o‘z ichiga oladi. Harakatlarning takomillashishi bilan birga, jismoniy qobiliyat ham taraqqiy etadi, yurak va nafas olish tizimining faoliyati yaxshilanadi.
Bundan tashqari harakatli o‘yinlar bolalarni jismoniy jihatdan o‘stirish uchungina emas, balki aqliy va ahloqiy jihatdan tarbiyalash uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Jamoa bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlarda bolalarda maqsadga erishish uchun farosatlilik va qat’iyatlilik ko‘rsatish, jamoa oldida, o‘z xatti-harakatlari uchungina emas, balki o‘rtoqlarining xatti-harakalari uchun ham mas’uliyatni sezish xislatlari tarbiyalanadi.

Yüklə 122,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin