Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi


Hozirgi zamon talablari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi



Yüklə 122,85 Kb.
səhifə5/15
tarix28.09.2023
ölçüsü122,85 Kb.
#150089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi

1.2. Hozirgi zamon talablari asosida maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash rejasining asosiy talablarini ota-onalar, tarbiyachilar, o`qituvchilar bilishlari kerak. Sog`liq deganda o`quv fanlarini o`zlashtirish sifati, aqliy jarayonlarini shakllantirish, nutqini rivojlantirish, turli harakat ko`nikma va malakalarini egallash, farovonlik, shuningdek, ota-onalarning ishlab chiqarishdagi yaxshi qobiliyatlarini tushuniladi.
Sog`liq – bu har tomonlama rivojlanish, yuqori saviyadagi aqliy va jismoniy ish qobiliyatini, o`zgaruvchan sharoitlarga tezda moslashish ekanini bolalar bilishlari shart.
Hozirgi texnika taraqqiyoti yuksalgan davrda bolalarning harakatga bo`lgan talabi uncha katta emas. Maktabgacha yoshdagi bolalar ko`p vaqtlarini televizor ko`rish, rasm chizish, qo`l mehnati bo`yicha vazifalarni bajarish, turli ertak va hikoya tinglash va hokazolarga sarf qiladilar. Shuning uchun ham hozirgi zamonda bolalarda harakat faolligining kamayishi gipoodinamiyaga olib kelmoqda. Bu ayniqsa, bog`cha yoshidagi bolalar uchun havflidir. Shu sababli bog`cha yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini sifatli, yangi shakllarni qo`llagan holda o`tkazib borish alohida ahamiyatga ega. Bu bola sog`lig`ini mustahkamlashga, ish qobiliyatini oshirishga, jismoniy sifatlarni takomillashtirishga imkon yaratadi. Natijada maktabgacha tarbiya muassasalari va jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirish, bolalarning harakat faolligini ko`paytirish tadbirlarini ishlab chiqish vazifalari qo`yiladi. Shu sababli jismoniy tarbiya mashqlari, sport turizmni harakat faoliyati va jismoniy rivojlanish vositasi sifatida ko`rish lozim, chunki shular o`sib kelayotgan avlod hayotida, shaxsini shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Bog`cha yoshidagi bolalar tarbiyasi bolaning sog`lig`i va ruxiyatini tarbiyalash bilan bog`liq bo`lishi kerak, bu masalani hal etishda chiniqtirish, gigiyenik jihatdan tarbiyalash muhim o`rin egallaydi.
Maktabgacha ta`lim yoshdagi bolalarni tarbiyasi, jismoniy tarbiyalash bo`yicha oldindan chiqarilgan dastur dars va darsdan tashqari vaqtlarda jismoniy tarbiyani hamma turi, shakllari, harakatli va xalq o`yinlarini o`z ichiga olgan bo`lsada, o`zini oqlay olmaydi. Bog`cha yoshidagi bolalar ustidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, ularning jismoniy tayyorgarligi ancha sust. Yilda 2002 bola 23567 kun kasal bo`lgan, ya`ni har bir bola yilda 12 kun kasal bo`lgan. Xuddi shu kabi holat maktabda ham kuzatildi.
Kasal bolaga qarab turish uchun kasallik varaqalariga to`langan umumiy pulni hisoblab chiqish qiyin emas, bu bilan xalq xo`jaligiga qanchalik zarar keltirganligini ham aniqlash mumkin. Shuning uchun ham bolaning har tomonlama rivojlanishi, sog`lig`ini mustahkamlash, hayotga va foydali mehnatga tayyorlanishi, shaxs sifatida tarbiyalanishi uchun yordam berish birinchi darajali vazifadir. Tarbiyachi rahbarligida haftasiga 3 marta 15-35 daqiqali jismoniy tarbiya mashg`ulotlari 3-7 yoshli bolalar organizmining asosiy fiziologik xususiyatlari va harakat faoliyatini to`laqon rivojlantirish uchun yetarli emas hamda u muskul faoliyatini susaytiradi, deb qarash zarur.
Jismoniy tarbiya va jismoniy rivojlanish masalalari ko`pgina olimlar tomonidan belgilangan, o`rganilgan.
O`zbekistonning hozirgi sharoitda maktabgacha yoshdagi bolalarning harakat faoliyatini o`rganib borib, respublikaning tabiiy, iqlimiy va ijtimoiy xususiyatlarini fasllar almashinuvi, harakatning keskin o`zgarishi, quyosh nurlarining ortib borishi, milliy urf-odatlar shuni ko`rsatadiki, bularsiz o`sib kelayotgan avlodni tarbiyalash jarayonini rejalshtirish va amalga oshirish mumkin emas.
Respublikamizdagi maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni jismoniy tarbiyalash bo`yicha muntazam ish olib borish uchun yetarli tarbiyachilar, zarur asbob-anjomlar yo`q. Ko`pgina bog`chalarning kun tartibidan sayrlar, ochiq havodagi o`yinlar o`rin olmagan, mashg`ulotlarni vaqtida tashkil etishga kam e`tibor beriladi.
Bog`cha yoshidagi bolalarni xususiyatlariga mos ravishda olib borilgan jismoniy tarbiyaning samarali vosita va uslublaridan mohirona foydalanmaslik natijasida jismoniy tarbiya mashg`ulotlarining tashkil etilishi yetarlicha samara beryapti deyish qiyin.
Muallifning ko`rsatishicha, O`zbekiston sharoitida yashayotgan maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarliklari ko`rsatkichlari boshqa mintaqalardagi tengdoshlarining ko`rsatkichidan farq qiladi.
Jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlikning bunday xususiyatlari ko`p jihatdan mintaqaviy, iqlimiy va ijtimoiy sharoitlar bilan asoslanadi.

Yüklə 122,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin