Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi


Tadqiqot ob’yekti va predmeti



Yüklə 122,85 Kb.
səhifə3/15
tarix28.09.2023
ölçüsü122,85 Kb.
#150089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi

Tadqiqot ob’yekti va predmeti: maktabgacha ta`lim muassasalaridagi 5-6 yoshli bolalarning jismoniy tabiya va sog‘lomlashtirish tadbirlari jarayoni, mashgulotlar mazmuni, metodlari va vositalari.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari 5-6 yoshli bolalarning jismoniy tabiya va sog‘lomlashtirish tadbirlari jarayonida harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazishni ilmiy pedagogik jihatdan asoslash.
Tadqiqot maqsadini amalga oshirish uchun kuyidagi vazifalar bajariladi:
- mavzuga oid ilmiy, nazariy, uslubiy manbalarini o‘rganish va tahlil qilish, muammoning dolzarbligini ilmiy jihatdan asoslash;
- 5-6 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligini aniqlash;
- 5-6 yoshli bolalar bilan harakatli o‘yinlarni tashkil qilish va o‘tkazishning o‘ziga xos tomonlarini aniqlash.
Ilmiy yangiligi:
- harakatli o‘yinlar o‘tkazish orqali 5-6 yoshli bolalarning jismoniy tayyorgarligini oshirish ilmiy asoslandi;
- harakatli o‘yinlar o‘tkazish asosida 5-6 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi darajasi aniqlandi;
- soglomlashtirish tadbirlari jarayonida 5-6 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanishi, tayyorgarligi, ma`naviy va axloqiy tarbiyasi, nazariy, amaliy bilimlari, shuningdek, harakatli o‘yinlarni o‘tish tizimi ilmiy asoslandi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. 5-6 yoshli bolalarning kun tartibidagi jismoniy tarbiya soglomlashtirish tadbirlarini o‘tkazishda, agarda:
- bolalarning pedagogik xususiyatlari inobatga olinsa;
- o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlardan saarali foydalanilsa;
- jismoniy rivojlanish va tayyorgarlik oshirilsa;
- kun tartibidagi jismoniy tarbiya soglomlashtirish tadbirlarida harakatli o‘yinlarning o‘tkazishni samarali uslub va vositalaridan foydalanilsa, uning ahamiyati yanada samarali bo‘ladi.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi. 5-6 yoshli bolalarning salomat­ligini mustahkamlashda, jismoniy tayyorgarligini oshirishda, harakat malakalarini shakllantirishda va yetuk inson bo‘lib yetishishlarida jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati kattadir.
Kelajak avlod haqida qayg‘urish bugungi kunning asosiy va kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalaridan biridir. Bolalarning salomatligini mustahkamlashda jismoniy tarbiyaning o‘rni muhum ahamiyatga egadir.
5-6 yoshli bolalarning harakatli o‘yinlarning pedagogik ahamiyatini o‘rganib chiqqan holda respublikamizda va mustaqil hamdo‘stlik davlatlarida ko‘plab olimlar ilmiy izlanishlar olib borganlar va adabiyotlarning yangi avlodlarini yaratganlar.
Kelajagimiz vorislari bo`lgan yosh avlod haqida qayg`urish asosiy vazifalardandir. Bolalar salomatligini mustahkamlashda jismoniy tarbiyaning, jumladan, sayrning ahamiyati kattadir.Shu boisdan ham maktabgacha ta`lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini tashkil qilish va o`tkazish bo`yicha L.V. Kineman, D.V. Xuxlayeva[28], L.I. Penzullayeva[36], K. Mahkamjonov, X. Tulenova, Sh. Mirzamaxmudov[31], A.N .Livitskiy, A. Xamroqulov, O.V. Pankrateva, G.T. Mamasheva[29], X. Tulenova[46], M.X. Tadjiyeva, S.I. Xasanhodjayeva[42], T. Ismoilov, G`. Ismoilov[21], T. Ismoilov[24], A. Tolipova[45].
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida sog`lomlashtirish ishlarini tashkil qilish masalasi bo`yicha F.G. Frolov[51], M.C. Hoziaxmetova[48], A.N. Livitskiy, O.V. Pankrateva [29], K.M. Mahkamjonov, X.B. Tulenova, Sh.S. Mirzamaxmudov, G. Amantayeva [31], A.N. Livitskiy, A.Q. Xamroqulov[30], K. Mahkamjonov, F. Nasriddinov[32], K. Mahkamjonov, F. Nasriddinov, M. Islomova, L. Semyonova[33], Sh. S. Mirzamaxmudov, T. U. Ismoilov[35], T.S. Usmonxo`jayev, X. Miliyev[40;41], A. Abdullayev, Sh. Xonkeldiyev[11], T. Ismoilov[24], A.M. Sobirova[38] yillarda ilmiy izlanishlar olib borganlar. Ular sayrlarni bolalarning jismoniy tayyorgarligiga ta`siri katta ekanligini ko`rsatib berishgan.
Kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlodni sog‘lom, yetuk va har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashda maktabgacha ta`lim tashkilotlaridagi va umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi bolaiar bilan jismoniy tarbiya mashgulotlari va kun tartibidagi sog‘lomlashtirish tadbirlari jarayonida o‘tkaziladigan milliy harakatli o‘yinlarning ahamiyati beqiyosdir[15;39;37;20;23;25; 52].
Bolalarni jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish jarayonini takomillashtirish sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini kuchaytirish orqali, o‘quv va mehnat faoliyatiga tezroq moslashish imkoniyatini oshiradi. Shu bilan birga, bolalarda o‘z sog‘lig‘iga nisbatan e’tiborli bo‘lishliligi jismoniy tayyorgarlik darajasining ortib borishida ham muhim ahamiyatga egadir.
Davlatimiz va jamiyatimizning bugungi kuni, ayniqsa, kelajagi uchun g‘oyat muhim bo‘lgan sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash vazifasi dolzarb masalalardan biradir.
Sog‘liqni mustahkamlash va jismoniy tayyorgarlikni oshirish shaxsning har tomonlama uyg‘un rivojlanishi, mehnat faoliyatidagi ishchanligini saqlab qolish va kuchaytirishni ta’minlashning muhim shart-sharoitlaridan biri hisoblanadi. Bunda esa harakatli o‘yinlarning ahamiyati nihoyatda kattadir. Harakatli o‘yinlar bolalarni tarbiyalashda eng muhim va amaliy vositalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Milliy harakatli o‘yinlar turli xarakterdagi to‘siqlarni yengish hamda har xil xislat va qobiliyatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan jismoniy mashqlarning turli kompleksini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, odatda bolalarga quvonch baxsh etadigan musobaqalar ham harakatli o‘yinlar jumlasiga kiradi.
5-6 yoshi bolalarning kunlik harakat faolligini va jismoniy tayyorgarligini oshirishda kun tartibidagi jismoniy tarbiya sog‘lomlashtirish tadbirlari, jismoniy tarbiya mashgulotlari, sport musobaqalari, sayrlar va oilada o‘tkaziladigan sport mashg‘ulotlarini o‘rni va ahamiyati katta [34;53;54; 22;26;55].
Hozirgi yoshlarga ta’lim berish va ularni tarbiyalash jarayonida foydalanilayotgan jismoniy tarbiya va sport vositalari, o‘quvchilarning shaxsiyatini shakllantirishda keng miqyosli ta’sir etuvchi jihatlarga ega. Sog‘liqni mustahkamlash va jismoniy tayyorgarlikni oshirish shaxsning har tomonlama uyg‘un rivojlanishi, o‘quv – mehnat faoliyatidagi ishchanligini saqlab qolish va kuchaytirishni ta’minlashning muhim shart-sharoitlaridan biri hisoblanadi. Bunda esa milliy harakatli o‘yinlarning ahamiyati nihoyatda kattadir[15;39;37;19;52].
Harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositalaridan biri bo‘lib, bolalarda aqliy, axloqiy va nafosat tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim ahamiyatga egadir[26; 50;43;12;13;17]. Shuning uchun bolalar o‘yinlarining ruhi, tabiati, saviyasi, ishtirokchilarning hatti-harakatlari kabi jihatlariga ham e’tibor berish zarur.
Viloyatimizning turli tumanlarida maktabgacha ta`lim tashkilotlarida olib borilgan pedagogik kuzatishlardan ayon bo`ldiki, ba`zi bir maktabgacha ta`lim muassasalaridagi 5-6 yoshli bolalarning jismoniy tayyorgarligini oshirishda kun tartibidagi sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish va o`tkazish sifatini yetarli darajada emasliginini aniqlandi. Shuning uchun 5-6 yoshli bolalarning jismoniy tayyorgarligini oshirish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan bo`lib qoladi. Shunga ko`ra tadqiqot mavzusi «Maktabgacha ta`lim muassasalaridagi 5-6 yoshli bolalarni jismoniy tayyorgarligini oshirish yo`llari» deb belgilandi.
5-6 yoshli bolalarning jismoniy tayyorgarligini oshirishda kun tartibidagi sog‘lomlashtirish tadbirlari jarayonida tashkil qilinadigan harakatli o‘yinlarni ahamiyati kattadir.
Bir qator mutaxassis va olimlarimizning ilmiy tadqiqot ishlari dars va darsdan tashqari vaqtda harakatli o‘yinlar orqali o‘quvchilarni jismoniy tayyorgarligini oshirishga bag‘ishlangandir[47;19;22;25;44;49].

Yüklə 122,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin