Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi



Yüklə 122,85 Kb.
səhifə9/15
tarix28.09.2023
ölçüsü122,85 Kb.
#150089
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi

Bob bo`yicha xulosalar.
O`rganib chiqilgan ilmiy-uslubiy adabiyotlarning tahlili ko`rsatishicha, maktabgacha ta`lim tashkilotlaridagi 5-6 yoshli bolalar jismoniy tayyorgarligini oshirishga bag`ishlangan materiallar bo`lsada, ularda tarbiyalanuvchilarning pedagogik xususiyatlariga yetarli darajada e`tibor berilmagan.
Maktabgacha ta`lim tashkilotlaridagi bolalar bilan kun tartibidagi jismoniy tarbiya-sog`lomlashtirish tadbirlarini mazmuni va tashkil etishiga e`tibor etarli darajada qaratilmayapti.
Olib borilgan pedagogik kuzatishlardan ayon bo`ldiki, bolalar bilan kun tartibidagi jismoniy tarbiya-sog`lomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish va o`tkazishda jismoniy tarbiya mashg`ulotlariga sport va harakatli o`yinlariga, ularning kiyim-boshlariga va asosan pedagogik xususiyatlariga e`tibor berilsa, shug`ullanuvchilarda sog`lomlashtirish tadbirlariga bo`lgan qiziqish ortadi hamda har tomonlama kamol topishida ijobiy natija beradi.
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarini 5-6 yoshli bolalari bilan kun tartibidagi jismoniy tarbiya-sog`lomlashtirish tadbirlari jarayonida harakatli o`yinlar va sport turlariga doir maxsus mashqlarni o`tkazish shug`ullanuvchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish bilan birgalikda bolalar organizmini kunlik harakatga bo`lgan ehtiyojini ta`minlashda katta ahamiyatga ega.
II Bob. Tadqiqot ishini tashkil qilinishi va uslublari.
2.1. Tadqiqotni tashkil qilish.
Tadqiqot ishi 2021-2023 o`quv yilida olib boriladi. Bunda asosan maktabgacha ta`lim tashkilotlaridagi 5-6 yoshli bolalari bilan olib borilayotgan kun tartibidagi jismoniy tarbiya-sog`lomlashtirish tadbirlari, harakatli o`yinlarni tashkil qilish va o`tkazish hamda bolalarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligini o`rganildi. Jismoniy tarbiya mutaxassislari bilan suhbatlar o`tkazildi. Tadqiqot mavzusiga oid bo`lgan adabiyotlar to`planadi hamda tahlil qilindi.
O`quv yilini boshida tadqiqot ishiga oid bo`lgan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Ilmiy tadqiqot ishlarini o`tkazishdan oldin tajriba jarayonida amalga oshiriladigan ishlarning ilmiy va amaliy muammolari, tadqiqotning maqsadi, vazifalari hamda maktabgacha ta`lim tashkilotlaridagi 5-6 yoshli bolalarni jismoniy tayyorgarligini yahshilash bo`yicha va ularning kunlik harakat faollagini oshirish bilan bog`liq bo`lgan kun tartibida tashkil etiladigan jismoniy tarbiya-sog`lomlashtirish tadbirlari, sayrlar va harakatli o`yinlarni tashkil qilish va o`tkazishga bag’ishlangan ilmiy-uslubiy manbalar o`rganildi, tahlil qilindi hamda umumlashtirildi.
Tadqiqot ishlari Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi № 54 va № 55-maktabgacha ta`lim tashkilotlarida o`tkazildi.
Olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari maktabgacha ta`lim tashkilotlaridagi 5-6 yoshli bolalarni jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarliklarini o`rganish maqsadida tarbiyachilar tajribasi o`rganildi va pedagogik kuzatishlar olib borildi.
Maktabgacha ta`lim tashkilotlaridagi 5-6 yoshli bolalar bilan o`tkaziladigan jismoniy tayyorgarlikni aniqlash bo`yicha testlar hamda jismoniy rivojlanishni o`lchash uchun antropometrik ko`rsatkichlar bolalarning pedagogik xususiyatlarini hisobga olgan holda tayyorlandi.
Tajriba ishlari o`tkazildi. Bunda olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari tahlil qilindi va natijalar taqqoslandi.
Olingan ma`lumotlar matematik-statistik usullar bilan ishlab chiqildi va taqqoslandi.

Yüklə 122,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin