1.3. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi muammolarining hozirgi davrdagi holati.
Maktabgacha ta`lim tizimining o`zagi – bolalar «sog`lig`i» hisoblanadi. O`quv dasturini o`zlashtirish sifati, aqliy jihatdan shakllanishi, nutqining rivojlanishi, har xil harakatlarni o`zlashtirish mahorati va tajribasi, ota-onalarning ishda xotirjam va sermaxsul mehnat qilishi bolalar sog`lig`iga uzviy bog`liqdir.
Bolalar tushunishlari lozimki, «Sog`liq» - bu munosib holatda rivojlanish, yuqori darajadagi aqliy va jismoniy ish qobiliyati, o`zgarib borayotgan sharoitiga tez moslashishdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy mashqlar bilan shug`ullanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Bu mashqlar ularning salomatligini mustahkamlaydi, ish qobiliyatini oshiradi, harakat sifatlarini takomillashtiradi. Demak, maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya tizimini rivojlantirish lozim, bolalarda harakat mahoratini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish kerak.
Jismoniy tarbiya maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida ularning jismonan baquvvat, aqlan barkamol bo`lib yetishishlarida yetakchi o`rinda turadi.
O`zbekiston sharoitida yashaydigan bolalarning jismoniy tayyorgarligi kuch – tezlik bilan bajaradigan mashqlarda o`zini tengqurlariga nibatan (sobiq MDH hududida) 30 m yugurish – 13 % , irg`ihishda – 14 %, yugurib kelib sakrashda – 90 % yomon ekanligi aniqlangan. Bu ko`rsatkichlar tezkorlik, koordinatsiya imkoniyatlarining kam rivojlanganligidan dalolat beradi.
Sobiq MDHdagi olimlar, I.M. Vorontsov, T.Yu. Logvina, A.V.Shishkina va boshqalar 6-8 yoshdagi bolalarni ish qobiliyatini o`rganib, harakat ta`sirini o`zlashtirish bosqichiga qarab, yaxshi natija beradigan usul va shakllarning yangi munosabatlar tizimini tavsiya etadilar.
5-6 yoshdagi qizlar harakatini rivojlanishini tekshirgan mutaxasis ularda o`g`il bolalarga nisbatan kuch harakatlarining oshiqligi, qo`l bilan ketma-ket harakat koordinatsiyasi, chaqqonlik, egiluvchanlik ko`rsatkichlari juda yuqori ekanligi aniqlangan.
5 yoshli o`g`il bolalarda qiz bolalarga nisbatan tezlashish va tez yurish xususiyati yaxshi rivojlangan ekan. U nazariy va pedagogika kuzatuvlar natijalariga asosan maktabgacha yoshdagi bolalarda harakat qobiliyatini ma`lum yo`nalishda rivojlantirishga alohida ahamiyat berish kerakligini o`qtirib o`tdi.
Maqsadga muvofiq holatda jismoniy tarbiya mashg`ulotlarida harakat qobiliyatlarini rivojlantirish usullari bolalarni harakat tayyorgarligini oshiradi. Oxirgi yillarda jismoniy tarbiyada jismoniy mashq asboblari (trenajyor)ni, noandozaviy jihozlarni keng ko`lamda qo`llashga alohida o`rin ajratilgan.
Jismoniy tarbiyada va sog`lomlashtirishda qo`llash mashg`ulotlar samaradorligini oshirish mumkinligi ko`pchilik olimlarning olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari va tajribalaridan ko`rinib turibdi. Ular salomatlikni mustahkamlaydigan jismoniy tayyorgarlikni yaxshilaydigan, ish qobiliyatini oshiradigan vosita hisoblanadi. Shu boisdan ham noandozaviy jihozlarni keng ko`lamda qo`llash bolalar harakatini oshirishda asosiy vositadir.
Bolalarning kundaik hayotida o`zlari o`ylab topgan turli o`yinlari alohida o`rin tutadi, ular ijodiy o`yin ham ataladi. Bu o`yinlarda maktabgacha yoshdagi bolalar o`z atroflarida yoki kattalar faoliyatida bo`lib turadigan harakatlarni qaytaradilar.
Bir qancha mualliflar E.Ya.Bondarevskiy, Sh.X.Xonkeldiyev (1986) jismoniy tayyorgarlikning yashash hududida, ijtimoiy, etnik sharoitlarga bog`liqligini ko`rsatganlar.
O`tkazilgan ilmiy izlanishlar natijalariga asosan quyidagilar aniqlandi, M.S. Xoziaxmetova (1990).
– birinchidan, issiq iqlimda yashaydigan maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tayyorgarligi boshqa mintaqalarda yashaydigan tengqurlarga nisbatan MDH hududidagi past darajadadir;
- ikkinchidan, jismoniy tarbiya jarayonlarini tashkil etishda nafaqat iqlim sharoitlarini inobatga olish, hatto ijtimoiy, etnik xususiyatlarni ham inobatga olish darkor.
O`zlashtirishi qoloq, ammo jismonan baquvvat o`quvchilarning ta`lim-tarbiya sohasi mutlaqo kam o`rganilgan. Ular bilan ishlash usullari va vositalari o`rganilmagan;
- har-xil xastaliklar bilan kasallangan tarbiyalanuvchilarga ham yetarli ahamiyat berilmagan. Xuddi shunday maxsus tibbiy guruhlarga ajratish, ular bilan mashg`ulotlar olib boorish usuli, pedagogik nazorati ham yetarlicha o`rganilmagan;
-jismoniy mashq mashg`ulotlari mazmunining hosil bo`lishi, pedagogika jarayoni tizimini tuzishda jami pedagog jamoasi masalalari biror marta ham o`rganilmagan;
-maktabgacha ta`lim muassasalaridagi turli yoshdagi bolalarning pedagogik hususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va jismoniy tayyorgarligini baholash bo`yicha ilmiy asoslangan mezonlar yo`q;
-ovqatlanish gegiyenasi, uning bolalar rivojlanishidagi ahamiyati, jismoniy mashq mashg`ulotlari bilan birgalikda olib boriladigan o`rni nazardan tashqarida qolgan;
-maktabgacha yoshdagi bolalarning O`zbekiston Respublikasi sharoitida hududiy, etnik xususiyatlarining hisobga olib ilmiy asoslangan holda ishlab chiqilgan jismoniy tarbiya dasturi yo`q.
Shahardagi maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishi
O`g`il bolalar
1-jadval
Yoshi
|
|
3 yosh
|
4 yosh
|
5 yosh
|
6 yosh
|
Antropometrik ko`rsatkichlar
|
|
M +m
|
M + m
|
M + m
|
M + m
|
Gavda uzunligi (sm)
|
|
97,6+0,43
|
104,3+0,43
|
110,3+0,48
|
116,5+0,61
|
Gavda og`irligi (kg)
|
|
14,0+0,10
|
17,4+0,23
|
18,0+0,14
|
20,3+0,23
|
O`pkaning tiriklik sigimi (ml)
|
|
47,0+0,01
|
73,0+0,01
|
83,0+0,03
|
93,0+0,03
|
Qo`llar kuchi (kg)
|
O`ng
|
3,6+0,18
|
5,0+0,18
|
7,0+0,22
|
8,0+0,23
|
|
Chap
|
3,2+0,18
|
4,9+0,16
|
6,6+0,26
|
6,9+0,23
|
Ko`krak qafasining kengligi (sm)
|
Tinch holatda
|
53,7+0,27
|
55,0+0,34
|
61,8+0,43
|
62,7+0,44
|
|
Nafas olganda
|
55,5+0,29
|
57,6+0,29
|
64,0+0,36
|
66,2+0,39
|
|
Nafas chiqarganda
|
53,1+0,29
|
54,7+0,32
|
59,7+0,31
|
62,5+0,41
|
Shahardagi maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishi
Qiz bolalar
2-jadval
Yoshi
|
|
3 yosh
|
4 yosh
|
5 yosh
|
6 yosh
|
Antropometrik ko`rsatkichlar
|
|
M + m
|
M + m
|
M m
|
M +m
|
Gavda uzunligi (sm)
|
|
97,5+0,52
|
100,2+0,49
|
109,7+0,45
|
113,0+0,47
|
Gavda og`irligi (kg)
|
|
15,0+0,14
|
16,3+0,18
|
18,7+0,2
|
19,6+0,21
|
O`pkaning tiriklik sigimi (ml)
|
|
63,0+0,01
|
830+0,02
|
830+0,02
|
900+0,02
|
Qo`llar kuchi (kg)
|
O`ng
|
2,4+0,09
|
3,1+0,15
|
4,8+0,21
|
6,9+0,16
|
|
Chap
|
2,1+0,09
|
2,7+0,13
|
3,1+0,23
|
4,3+0,19
|
Ko`krak qafasining kengligi (sm)
|
Tinch holatda
|
51,9+0,02
|
53,8+0,02
|
55,0+0,26
|
56,0+0,28
|
|
Nafas olganda
|
53,8+0,22
|
55,4+0,24
|
57,9+0,26
|
59,0+0,3
|
|
Nafas chiqarganda
|
51,0+0,18
|
52,6+0,2
|
54,0+0,27
|
55,7+0,26
|
Dostları ilə paylaş: |