Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi


Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi



Yüklə 122,85 Kb.
səhifə4/15
tarix28.09.2023
ölçüsü122,85 Kb.
#150089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi

Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi.
Nazariy tahlil va umumlashtirish, pedagogik kuzatish, suhbat, antropometriya, test, matematik statistika, pedagogik tajriba.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.
5-6 yoshli bolalarning jismoniy tayyorgarligini oshirishda kun tartibidagi sog‘lomlashtirish tadbirlari jarayonida samarali uslublardan foydalanish aniqlandi. Magistrlik dissertatsiyaning xulosalari va tavsiyalaridan 5-6 yoshli bolalarning jismoniy tayyorgarligini oshirishda, jismoniy tarbiya ishlarini rejalashtirishda, harakatli o‘yinlardan foydalanishda, o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishda va jismoniy tarbiya dasturini takomillashtirishda foydalanish mumkin.
Ish tuzilmasining tavsifi. Magistrlik dissertatsiya kirish, uchta bob, xulosalar, amaliy tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.
I bob. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi ijtimoiy pedagogik muammo ekanligi.
1.1Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiyasi.
Insoniyat sog`lig`ining qadrini yosh o`tgan sari bila boshlaydi hamda hech qanday hayotiy muvaffaqiyatlar va iqtisodiy farovonlik sog`likning o`rnini bosa olmaydi. Tabiiyki, sog`liqni saqlash muammosi bolalarni umuman tashvishlantirmaydi. Lekin hali ko`pgina ota-onalar va muallimlar bola sog`lom va jismonan yaxshi rivojlangan bo`lsa, uning shaxsini tarbiyalash, o`qishini va har tomonlama rivojlantirish osonligini tushunadilar yoki tushunmaydilar.
Kichik yoshdagi bolalar tez o`sadilar va rivojlanadilar. Hozirgi zamon ilmiy ma`lumotlari shuni ko`rsatadiki, bog`chalardagi haftasiga 3 marta 20-30 daqiqadan olib boriladigan jismoniy tarbiya mashg`ulotlari bolaning harakat faoliyatidagi talablarni to`liq qanoatlantirmaydi, jismoniy rivojlanishiga yetarlicha samarali ta`sir etmaydi.
Ma`lumki, shahar va yirik qishloqlarda aksariyat bola bog`chada tarbiyalanadi, lekin anchagina bola hali oilada katta bo`lmoqda.
Oilada tarbiyalanayotgan bolaning ham harakat malakalarini takomillashtirib borish zarur. Shunda ham har bir ota-ona, ayniqsa, yosh oilalar bola tarbiyasiga, uning sog`lig`ini mustahkamlashga ko`proq e`tibor berishi kerak.
Keyingi paytlarda ro`znoma sahifalarida tibbiyot xodimlari ishodinamiya, ya`ni jismoniy mashqlar, jismoniy mehnat, faoliyat, faol harakat insoniyat faoliyatida kundan-kunga kamayib borayotganligi haqida tashvishlanib gapirmoqdalar. Bu esa o`z navbatida asr kasalligi – yurak qon-tomir kasalligining yildan-yilga oshishiga sababchi bo`lmoqda.
Shifokorlar yana shuni ta`kidladilarki, bu kasallikning oldini olishning zaruriy vositalaridan biri ko`proq harakat qilish va jismoniy mashqlar bilan shug`ullanishdir.
«Badantarbiya bilan shug`ullangan insonga hech qanday dori-darmonga zaruriyat qolmaydi, buning uchun muayyan bir tartibga rioya qilmoq ham shart»,-deb yozgan ulug` olim Abu Ali Ibn Sino.
Hozirgi texnika taraqqiyoti yuksalgan davrda insondan har bir harakatni to`liq muvofiqlashtirish, tezkorlik, harakat, vaqt va havo, fazo sezgirligi, yuksak jismoniy tayyorgarlik talab qilinadi. Har tomonlama jismoniy tayyorgarlik kichik yoshdan boshlash kerak. Jismoniy tarbiyani maqsadi jamiyatimiz ehtiyojlari bilan belgilanadi. Ulg`oyayotgan avlod har tomonlama rivojlanayotgan, sog`lom, faol, yuksak unumli mehnat va Vatan mudofaasiga tayyor xolda hayotga tayyorlanishi lozim.
Ma`lumki, sog`lom, jismoniy baquvvat, epchil bolalarning har tomonlama rivojlanishi yuqori bo`ladi.
Bu oily maqsadga erishish uchun jismoniy tarbiya vazifalarini to`g`ri hal qila olish zarur. Ayniqsa, hozirgi paytda O`zbekiston mustaqillikka erishgan vaqtda bu muhim vazifalar yanada ravshan qo`yilgandir.
Toshkent shahridagi maktabgacha ta`lim tashkilotlardan olingan ma`lumotlar va kuzatishlar shuni ko`rsatdiki, 2000 bola 23 ming 567 kun kasal bo`lgan, ya`ni har bir bola 12 kundan kasal bo`lgan. Mana shundan bilish mumkinki, qancha oila bolaga qarash tufayli ishdan qolib, uyda o`tirgan.
Ko`pgina olimlarning ko`rsatmasiga binoan, maktabga kelayotgan bolalar yetarlicha jismonan tayyor emas, bog`chada olgan jismoniy tarbiya bo`yicha malaka va ko`nikmalari dastur talablariga javob bera olmaydi, kun tartibidagi jismoniy mashg`ulotlar yetarlicha o`tkazilmagan. Ilmiy o`rganishlar, ota-onalar va tarbiyachilar bilan o`tkazilgan savol-javoblar, suhbatlar va boshqa ishlar maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi ikkinchi darajali masala bo`lib qolganligini ko`rsatdi. Jismoniy tayyorgarlik haqidagi ma`lumotlar maktabgacha tarbiya yoshidagi muassasalarda hech qayerda belgilanmaydi va hech kimni, hatto ota-onalarni ham qiziqtirmaydi.
Tibbiy hujjatlarda bolalarning faqat gavda uzunligi va og`irligi antropometrik ko`rsatkichlar orqali aniqlanadi. Ba`zi bog`chalarda bu ham yo`q.
Bolalarning harakatga bo`lgan talablarini qanoatlantirish uchun maktabgacha ta`lim tashkilotlaridagi jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini uyda ham davom ettirish lozim: ertalabki gimnastika, harakatli o`yinlar, sayrlar, chiniqtirish tadbirlari, oiladagi jismoniy tarbiya va h.k.
Hozirgi kunda har bir oilada o`tkaziladigan jismoniy tarbiya va sog`lomlashtirish tadbirlari qo`yilgan talablariga etaarli darajada javob bermaydi. Shuning uchun ham har bir oilaning pedagogik faoliyati madaniyatini takomillashtirish lozim. Shu munosabat bilan bolani jismonan va har tomonlama rivojlantirishda bolalar bog`chasi va oila hamkorligining mazmuni, shakli va usullarini aniqlash va takomillashtirish zarur. Barcha tarbiyachilar faqat bolalarni emas, ota-onalarning ham tarbiyachilaridir.
Shuning uchun tarbiyachilar oila pedagogikasining nozik tomonlarini bilishlari kerak. Shu munosabat bilan har bir bog`chada ota-onalar uchun maslahat burchagi tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Jismoniy tarbiya va bolalar sog`lig`i bo`yicha turli pedagogik maslahatlar, yo`llanmalar tavsiya etiladi. Ota-onalar uchun ochiq darslar tashkil etish, mashqlar to`plamini tanlash va tuzishda ko`maklashish zarur.
Bolani jismonan har tomonlama rivojlantirish maqsadida ota-onalar uchun bolalar mashg`ulotiga zarur bo`lgan sharoitlar: sport qurollari, jihozlari, mashqlar to`plami va hakazolar yaratish zarur.
Mashg`ulot o`tkaziladigan joy sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi, agar mashqlar xonada o`tkazilsa, xona albatta shamollatilishi zarur, yotgan holda mashqlar bajarish uchun hamma qulayliklarni oldindan ko`rish, sport jihozlari va qurollari joylashihini ko`rib chiqish kerak. Mashqlar bajarib bo`lgandan keyin hamma jihoz va qurollarni maxsus ajratilgan joyga tozalab yig`ib qo`yish zarur.
Jismoniy tarbiyaning pedagogik nuqtai nazardan oqlangan va samaraliroq vositalardan biri uyda «Sog`lomlashtirish shaharchasi» yoki «Sport burchagi»ni tashkil etish hisoblanadi. Oxirgi paytda bunday tavsiyalar chizmalari, rasmlar bilan matbuot, ro`znoma va oynomalar sahifalarida ko`proq ko`rina boshladi. Ota-onalar bolalar bilan qulay shaklda ertalabki gimnastika, turli o`yin, sayr va hokazolarni tashkil etish va o`tkazish bilim, malaka va ko`nikmalarni egallashlari lozim. O`z bolalarining jismoniy rivojlanishlarini nazorat qila olishlarini bilishlari kerak.

Yüklə 122,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin