12
qilish.
Massaj tarixi: Massaj qadimgi Xitoyda, Hindistonda,
qadimgi Gretsiyada,
Rumda tarqalagan. Ammo, shubhasiz, massaj rivojlanishi tarixida rol Gretsiyaga
tegishli. Birinchilardan bo‘lib massajni nafaqat sog‘liqni
saqlash va tiklash uchun,
balki kasalliklarni davolashning juda yaxshi vositasi sifatida qo‘llashgan.
Ijtimoiy ahamiyati Bizning kunlarimizda massaj nafaqat o‘z ahamiyatini
yo‘qotmadi, balki juda ham keng ommabop bo‘ldi. Masalan,
massaj bemorlarni
operatsilarga (jarrohlik muolajalarga) tayyorlashda yordam beradi, operatsiyadan
(jarrohlik muolajalardan) keyingi davrda
tiklash vositasi hisoblanadi, ko‘rpa-tushak
tartibidan keyingi yuzaga keladigan mushaklar atrofiyasiga qarshi kurashishiga
yordam beradi va boshqalar. Massaj san`atiga balet artistlari, dramatik tetar artistlari
va tsirk xodimlari murojaat qilishadi. Sportsmenlar uchun massaj sport mahoratini
oshirishda, charchash bilan kurashishda yordamchi hisoblanadi,
u ruhiy-jismoniy ish
qobiliyatini tiklash va oshirishning eng yaxshi vositasidir.
Organizm fiziologik funktsiyalariga ta`siri
Massaj muolajalari ta`siri ostida terida biologik faol moddalar paydo bo‘ladi va
qonga tushadi, ular to‘qima gormonlari hisoblanadi va tomir reaktsiyalarida, asab
impulslari uzatilishida va boshqa reaktsiyalarda ishtirok etadi. Masalan, hujayralarda
bog‘langan holda faolsiz joylashgan atsetilxolin massaj ta`siri natijasida eruvchan,
faol holaga o‘tadi. Atsetilxolin asab impulslarini bir
hujayradan boshqa hujayraga
o‘tkazishda muhim rol o‘ynaydi.
Massaj usullari xususiyatlari va qo‘llanilishi
To‘qimalarga mexanik ta`sir qilish-cho‘zish, surish, bosish, ishqalash, burash.
Bu limfa, qon, to‘qimalararo suyuqlik sirkulyatsiyasiga (aylanishiga) yordam beradi,
epidermisning kuchgan hujayralari chiqarilishiga sharoit yaratadi. Mexanik omil
dimlanish hodisalariga jiddiy taxsir ko‘rsatadi, modda
almashinuv va teri nafas
olishiga ta`sir ko‘rsatadi. Massaj ta`siri organizmga turlichadir. U deyarli barcha
kasalliklarda qo‘llaniladi, kapillyar qon aylanishiga, qon tomirlar tonusiga juda yaxshi
ta`sir ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: